О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/110
Sana01.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#725635
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

uyushtirishga 
yordam berishi lozim edi.
Tabiiy boyliklari, madaniy merosi g`oyat boy bo`lgan va kam 
tekshirilgan ushbu o`
lka 
rus ziyolilarining ta
raqqiyparvar qismini 
juda qiziqtirardi. Mashhur rus zoologi, 
zoogeografi 
va sayyohi, darvinizmning e`tiqodli 
tarafdorlaridan 
bo`lgan N.A. Severtsov (1827 — 1886) 
Turkistonning ko`p
joylarini fizik-geografik jihatdan o`rganishda, jumladan, Pomir tizma 
tog`larining orografiyasini o`rganishda ko`p mehnat va kuch sarf qildi. N. A. Severtsov sayohati 
vaqtida zoologiya, botanika, mineralogiya va paleontologiyaga oid juda qimmatli kollektsiyalar 
to`pladi.
Mashhur rus geografi P. P. Semyonov-Tyan’shanskiy (1827—1914) O`rta Osiyo, ayniqsa 
Tyanshan’ tizma tog`larining geografik o`rganilishiga asos soldi. Uning to`plagan ma`lumotlari 
asosida Tyanshanda Al’p muzliklari mavjudligi masalasi ijobiy hal qilindi, nemis geografi 
Gumbol’dtning Tyanshandagi vulqon hodisalari h,aqidagi fikrlari rad qilindi. Tyanshanni 
tekshirish rus geografiya fanining eng muhim xizmatlaridan biridir.
Rus tabiatshunosi va sayyohi A. P. Fedchenqo (1844—1873) Turkiston tabiatini 
o`rganishda katta rol’ o`ynadi. U Farg`ona vodiysi bilan Oloyni birinchi marta tekshirib chiqdi; 
Oloy orqasidagi tizma tog`lar va uning eng baland cho`qqioini ochish sharafi ham unga nasib 
bo`lgan, u Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni ham tekshirib chiqqan»:
Geolog va geograf I. V. Mushketovning (1850 — 1902) ilmiy xizmatlari x.am katta. 
SHimoliy Tyanshan tizma tog`i orografiyasining. geologik asoslarini dastlab u ko`rsatib berdi. U 
Turkistondagi ko`pgina foydali qazilma konlarini ta`riflab, Turkiston minerallarining dastlabki 
ro`yxatini tuzib chiqdi. 1877—1879 yillarda Mushketov geologik tekshirish ishlarini bajarish 
maqsadida Oloy, Pomir, Buxoro, Hisorga, Amudaryo bo`ylab va Qizilqumga sayohat qildi. 1880 
yilda esa Zarafshon muzligiga ilmiy safar uyushtirdi. Mushketov 1881 yilda (G. D. 
Romanovskiy bilan birgalikda) Turkistonning birinchi geologiya xaritasini tuzdi. U O`rta Osiyo 
geologiya tuzilishining birinchi ilmiy kontseptsiyasini taklif qildi, uni o`rganish bosqichlarini 
ko`rsatib berdi. I. V. Mushketov o`z tadqiqotlarini va Turkistonni o`rgangan boshqa olimlarning 
ilmiy ishlarini o`zining mashhur «Turkistonning geologiya va orografiya ta`rifi» 
monografiyasida umumlashtirgan. Bu monografiyaga yozilgan katta muqaddima tarixshunoslik 
nuqtai nazaridan yondoshilgan «O`rta Osiyoni o`rganish tarixi»ga ilova qilingan.
O`rta Osiyo tuprog`ini o`rganishda h,am rus tadqiqotchilari ko`p mehnat sarf qilishgan. 
Mashhur rus olimi, hozirgi zamon ilmiy tuproqshunosligiga asos solgan V. V. Dokuchaev 
(1846—1903) o`zining ko`pgina asarlarida bu sohada dastlabki (1898 yilda) ma`lumotlarni 
bergan.
Harbiy topograflar ham qunt bilan unumli ishlar qilganlar, Turkiston harbiy topografiya 
bo`limi tuzilganga qadar (1867 yil) o`lka topografiya jixdtidan qariyb butunlay o`rganilmagan 
edi. Faqat Kaspiy va Orol dengizi sohillarida, Sirdaryo va Amudaryoning etak tomonlari, 
Balxash ko`li sohillari va boshqa ba`zi joylarda bir qadar aniq yarim instrumental va ko`z bilan 
o`lchangan tasvirga olishlar o`tkazilgan edi, xolos. Harbiy topografiya bo`limi oldida tabiiy 
kontrastlari bir-biridan keskin farq qiladigan juda katta hududni keng ko`lamda suratga 
tushirishdek mashaqqatli vazifa turardi. Bo`lim «xizmat yuzasidan lozim bo`lgan» ba`zi bir zarur 



xo`jalik va harbiy ehtiyojlarni ta`minlash bilan cheklanib qolmasdan, O`rta Osiyoning bosh 
xaritasini tuzish ishiga kirishib ketdi.
Turkiston bosib olingandan keyin o`lkani xaritaga tushirish va iqlimini o`rganish uchun 
ilmiy baza yaratish masalasi tug`ildi. 1867 yilda Toshkent meteorologik markazi tuzildi, bir oz 
vaqtdan keyin shunday markazlardan bir qanchasi boshqa erlarda ham vujudga keldi.
Toshkentda falakiyotshunoslik rasadxonasi yaratish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib 
borildi va 1874 yilda Russiyadagi eng qadimgi Pulkovo rasadxonasi xodimlarining yordami 
bilan shunday rasadxona ochildi. SHart-sharoitning qiyinligiga qaramay, bu sohada katta 
yutuqlar qo`lga kiritildi. Rasadxonaxodimlari hozirgi O`rta Osiyo respublikalari hududida qariyb 
870 falakiyot manzillarini aniqladilar. Rasadxona xodimlari o`z tashabbuslari bilan ilmiy-
tekshirish ishlari olib bordilar. I. I. Pomerantsevning Farg`ona vodiysida geoid shakli ustida olib 
borgan tekshiriolari (1896 yilda), D. D. Gedeonovning Toshkent kengligining o`zgarishi 
haqidagi dadqiqotlari (1895 — 1896 yillarda) diqqatga sazopordir. Biroq kadrlar etishmasligi va 
ajratilgai 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish