Hayot tushunchasi hayotning kelib chiqishi haqidagi biokimyoviy nazariya



Download 2,83 Mb.
bet1/2
Sana11.01.2022
Hajmi2,83 Mb.
#339671
  1   2
Bog'liq
Hayot tusviy nazariya

Hayot tushunchasi. hayotning kelib chiqishi haqidagi biokimyoviy nazariya


Reja:

Hayotning ta’rifi.

Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi to‘g‘risidagi nazariya

Hayotning ta’rifi. Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan biridir. Hayotni to‘g‘ri ta’riflash tirik organizmlar uchun umumiy bo‘lgan va ularni o‘lik tabiatdan ajratib turuvchi xususiyatlarni bilish zarur.

Hozirgi zamon biologiyasining qo‘lga kiritgan yutuqlariga asoslanib, hayotning eng muhim fundamental xususiyatlari deb quyidagilarni e’tirof etish mumkin:



  1. O‘z-o‘zini yangilash (moddalar va energiya almashinuviga bog‘liq).

  2. O‘z-o‘zini hosil qilish (bir-birining o‘rnini egallovchibiologik sistemalarning almashinishi, axborot oqimiga bog‘liq).

  3. O‘z-o‘zini idora qilish (moddalar, energiya va axborotoqimiga bog‘liq).

Hayotning hozirgi zamon ta’riflarini yaratishda fizika, matematika, kimyo, kibernetika kabi fanlarning yutuqlaridan ham foydalanilmoqda.

Akademik M.V. Volkenshteyn tomonidan yaratilgan quyidagi ta’rifda hayotning xususiyatlari to‘laroq yoritilgan: «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora qila oladigan va yarata oladigan ochiq sistemalardir».

XVII asrning ikkinchi yarmigacha organizmlar o‘z ajdodla ridan biogenez yo‘li bilan hosil bo‘lishidan tashqari qulay sharoitda anorganik moddalardan abiogenez yo‘li bilan ham paydo bo‘la oladi, degan tasavvurlar mavjud edi.

1688-yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘zo‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi. F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘zo‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi (68-rasm).

Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo



68-rasm. Redi tajribasi.

bo‘ldi. F. Redi hayotning hozirgi zamonda faqat mavjud hayot shakllaridan biogenez yo‘li bilan rivojlanishi mumkinligini tajribada tasdiqladi.



  1. asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster kolbadamikroorganizmlar ko‘payadigan ozuqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi (unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida). Keyingi tajribasida L. Paster suyuqlikka mikroorganizmlar va uning sporalari kirmasligi uchun kolbaning og‘ziga S simon shakldagi shisha naychani biriktirib qo‘ydi (69-rasm).

Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.

Shunday qilib hayotning har xil shakllarining hozirgi zamonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘la olmasligi F. Redi va L. Paster tadqiqotlarida uzil-kesil tasdiqlandi.




Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish