Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
87.F, g undoshining talaffuzi va imlosi. F undoshi fil, futbol singari so’zlarda p holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi.
Afzal, afg’on kabi so’zlarda f undoshi, p yoki v holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi.
88.Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari. Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar
birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng
harflar birikmasi bir bo’g’in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo’g’inlar tarkibida keladi. Solishtiring:
shudring, ko’-ngil, si-ngil, ko’rdin-giz, men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga.
_______________________________________________________________________________
89.Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg’aluvchi,
jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq
belgisi (‘) qo’yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
90.Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh undoshli
so’zlardir. Ikki, chaqqon kabi so’zlarda qo’sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million,
artilleriya kabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Gramm, metall kabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda
hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo’shimchalar
qo’shilganda, qo’sh undoshning biri yozilmaydi.
91.Tutuq belgisining ishlatilishi. Tutuq belgisi a’lo, ra’no kabi so’zlarda unlidan keyin kelib uning cho’ziqroq
aytilishini ifodalaydi. San’at, in’om singari so’zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo’yiladi va unlini undoshdan ajratib
talaffuz etilishini ifodalaydi. Mo’jiza, mo’tadil kabi so’zlarda o’ unlisi cho’ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq belgisi
qo’yilmaydi.
92.Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi. Bir bo’g’inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator undoshli
so’zlardir. So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham, bu qisqa
unli yozilmaydi. Go’sht, barg, do’st kabi so’z oxirida kelgan qo’sh indoshlardan biri talaffuzda tushib qolsa ham,
yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin bu undoshlar
bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi.
93.Bo’g’in. Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo’g’in deyiladi. Bo’g’in unli tovushlar
asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha
bo’g’in bo’ladi. So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’shtni, barg-ga
so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sht-i, bar-gi so’zlarida teng emas.
Bo’g’inlar ikki turli bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in. Unli bilan tugagan bo’gin ochiq, undosh bilan tugagan
bo’g’in esa yopiq bo’g’in hisoblanadi. Masalan: o-na, no-la so’zlaridagi har ikki bo’g’in ochiq, toshlar so’zidagi har
ikki bo’g’in yopiq bo’g’indir.
94..Bo’g’in ko’chirish qoidalari. So’zlar qatorga sig’may qolganda, bo’g’in ko’chirish qoidalari asosida keyingi
qatorga olib o’tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo’g’in bir tovushdan iborat bo’lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi.
Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko’chiriladi. Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko’chiriladi:
peshona, Chir-chiq, ko’-ngil kabi. 2005, XXI 5-“B” sinfi, “Navro’z – 2015”, BMT kabi so’zlar qatordan qatorga
bo’lib ko’chirilmaydi.
95.Urg’u va uning turlari. So’z urg’usi. So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining
boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi. Urg’u ikki xil bo’ladi: 1) so’z urg’usi; 2) gap
urg’usi. So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi. Tilimizda so’z
urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi
bo’g’inga ko’chib boradi. Yozuvda urg’u tushgan bo’g’in tepasiga (‘) belgisini qo’yish bilan ifodalash mumkin.
Masalan: dalá, dalalár, dalalargá.
102.Gap urg’usi. Gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga
gap urg’usi yoki mantiqiy urg’u deyiladi. Masalan: Buvijonim so’zlarini kutaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |