Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
103.Tovsuhlarning orttirilishi va tushib qolishi. Rost (ros), g’isht (g’ish) kabi so’zlarning oxiridagi tovush
talaffuzda tushib qoladi, ammo ular yozuvda saqlanadi. Oid, shoir so’zlarida esa ikki unli orasida talaffuzda y undoshi
orttiriladi, lekin yozuvda asl holati saqlanadi. O’rni, singlisi, pasay kabi so’zlarda o’zgarish abadiy me’yor sanaladi.
104.Leksikologiya yunoncha lexikos – “lug’at”, logos – “ta’limot” so’zlaridan olingan bo’lib, so’z haqidagi,
to’g’rirog’i, so’z ma’nolari haqidagi ta’limotdir.
105.So’zning atash ma’nosi. So’zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni
bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi. Faqat mustaqil so’zlargina atash ma’nosiga ega bo’ladi. Olmoshlar bundan
mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiladi.
106.Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. So’zlar bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarga bo’linadi. O’n, Toshkent,
Mirzacho’i singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llanilgan so’z bir ma’noli so’zlar sanaladi. Nutqiy jarayonda
ikki va undan ortiq ma’noda qo’llaniluvchi so’zlarga ko’p ma’noli so’zlar deyiladi. Masalan: bosh farzand, suvning
boshi, bir bosh uzum, boshi og’rimoq, boshi ishlamoq.
107.So’zning o’z va ko’chma ma’nolari. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi o’z ma’no
sanaladi. So’zning nutqdan boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondosh ma’no ko’chma ma’no hisoblanadi.
Masalan: Odamning qulog’i – o’z ma’no, qozonning qulog’i – ko’chma ma’noda.. O’z va ko’chma ma’no birikib,
ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi.
_______________________________________________________________________________
108.Shakldosh so’zlar. Aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlarga shakldosh
so’zlar deyiladi. Shakldosh so’zlar bir qarashda ko’p ma’noli so’zlarga o’xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash
kerak. Ko’p ma’noli so’zlar bir so’zni o’z va ko’chma ma’nolarida qo’llanilishidan hosil bo’ladi. Shakldosh so’zlar
esa shakli o’xshash ikki va undan ortiq so’zlardir.
109.Uyadosh so’zlar. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo’lgan so’zlar uyadosh so’zlar deyiladi. Tilimizdagi
barcha so’zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so’zlarning xotirada oson
saqlanishi va nutqiy jarayonda ulardan qiynalmasdan foydalanish imkonini beradi.
110.Paronimlar. Talaffuzi va yozilishi bir-birga juda yaqin, lekin ma’nolari bir-birdan butunlay farq qiladigan
so’zlarga paronimlar deyiladi. Talaffuzi yaqin bo’lgani uchun bunday so’zlarni bir-biri bilan almashtirib qo’yish
ehtimoli bor. 111.Ma’nodosh so’zlar. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlarga ma’nodosh
so’zlar deyiladi. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda,
so’z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
112.Ma’nodosh so’zlarda umumiy va xususiy ma’nolar. Ma’nodosh so’zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham,
shu umumiy ma’noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-birdan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq,
baqirmoq, bo’kirmoq so’zlari so’zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo’lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga
ko’ra farq qiladi. Shuningdek, to’ng’illamoq, ming’irlamoq, vaysamoq, javramoq so’zlari ham so’zlash umumiy
ma’nosiga ko’ra yuqoridagi so’zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi.
113.Ma’nodosh so’zlar qatorida bosh so’z. Ma’nodosh so’zlarning bir qatorga tizilib kelishiga ma’nodoshlik qatori
deyiladi. Boshqalariga nisbatan nutqda keng qo’llaniladigan va ma’nosi barchaga tushunarli bo’lgan so’z bosh so’z
deb yuritiladi. Masalan, kulmoq, jilmaymoq, iljaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq, hiringlamoq ma’nodoshlik
qatoridagi kulmoq so’zi boshqalariga nisbatan nutqda ko’proq qo’llaniladi va uning ma’nosi barchaga tushunarli
bo’ladi. Shunga ko’ra, bu so’z bosh so’z sanaladi. Ma’nodosh so’zlarda ijobiy va salniy ma’nolar bo’lishi mumkin.
Kulmoq, jilmaymoq, qah-qah urmoq, xanda otmoq so’zlarida ijobiy ma’no kuzatilsa, hiringlamoq, iljaymoq,
tirjaymoq so’zlarida salbiy ma’no mavjud. Ammo bosh so’zda bunday ma’nolar bo’lmaydi.
114.Zid ma’noli so’zlar. Qarama-qarshi ma’noli so’zlarga zid ma’noli so’zlar deyiladi. Zid ma’noli so’zlar doimo
ikki qarama-qarshi a’zodan iborat bo’ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan: achchiq deyishimiz
bilan shirin esimizga tushadi. Zid ma’noli so’zlar birgalikda qo’llanilib, yangi so’z hosil qilishi mumkin. Masalan:
yosh-u qari – bari, achchiq – chuchuk – ovqat turi, uzoq – yaqindan – hamma yoqdan kabi.
115.O’zbek leksikasining boyish manablari. Yangi tushunchalar ko’proq tilning ichki imkoniyatlari: a) shevalardan
so’z olish; b) so’z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba’zan yangi tushunchalar boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |