Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
A) Qudrat Hikmat B) Shavkat Rahmon С) Oybek D) G‘afur G‘ulom
118. Istak gaplarning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) maqsad mayli shaklida B) xabar mayli shaklida С) shart mayli shaklida D) buyruq shaklidagi fe’l bilan
119. Shart mayli shaklini keltiring. A) -y B) -ay С) -sin D) -sa
120. Istak gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) so‘roq (?) B) nuqta (.) C) undov (!) D) ikki nuqta
(:) 121. Kimning qaysi she’ri boshdan oyoq istak gap shaklida?
A) G‘afur G‘ulom «Vaqt» B) Po‘lat Mo‘min «Qanday yaxshi»
С) Mirtemir «Onaginam» D) Asqad Muxtor «Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi»
122. Shaharda ko‘kalamzorlashtirish oyligi bo‘lib o‘tdi. Bu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) darak gap B) buyruq gap C) istak gap D) his-hayajon gap
123. Yer yuzida barcha xalqlar tinch va totuv yashasa. Bu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) istak gap B) buyruq gap С) so‘roq gap D) his-hayajonli gap
124. Millatning dardiga darmon bo‘linglar. Bu gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) istak gap B) buyruq gap С) so‘roq gap D) darak gap
125. Gapning his-hayajonli va his-hayajonsiz turlari ularning qaysi xususiyatiga ko‘ra turlari sanaladi?
A) gapda 2-darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra
B) so‘zlovchi his-hayajonini qo‘shilish va qo‘shilmasligiga ko‘ra
С) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra D) gapning tuzilishiga ko‘ra
126. His-hayajonli gaplar necha xil yo‘llar bilan hosil qilinadi? A) 2 xil B) 4 xil С) 3 xil D) 6
xil 127. His-hayajonli gaplar qaysi yo‘llar bilan hosil qilinadi?
1. Naqadar, qanchalar, shunchalar, qancha, qanday kabi so‘zlar bilan. 2. Undov so‘zlar bilan. 3. Kesimni gapning
oldiga keltirish bilan. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) faqat 2
128. His-hayajon gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? A) nuqta B) undov С) so‘roq D) ikki nuqta
129. Bahor () Barqut kiyib bezandi bog‘lar. Ushbu gapda qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?
A) undov B) nuqta С) so‘roq D) ko‘p nuqta
130. Ipak qurticha g‘ayrating yo‘qmi () Ushbu gapda qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?
A) ikki nuqta, nuqta B) so‘roq, undov С) undov, nuqta D) so‘roq, undov
131. Gap tarkibida ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi mustaqil so‘z va so‘z birikmasi nima deyiladi?
A) gap bo‘laklari B) so‘z turkumlari С) undalmalar D) kirish so‘zlar
132. Bir kuni bog‘ga shamol kiribdi-da, bir joyga berkinib olib gullarni tomosha qila boshlabdi. Ushbu gap qanday
gap bo‘laklaridan tashkil topgan?
A) hol, hol, ega, kesim, hol, to‘ldiruvchi, to‘ldiruvchi, kesim B) hol, hol, ega, kesim, hol, hol, hol, kesim
C) hol, hol, ega, kesim, hol, hol, to‘ldiruvchi, kesim D) to‘ldiruvchi, hol, ega, kesim, hol, hol, to‘ldiruvchi, kesim
133. Unga gullar juda yoqibdi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan?
A) to‘ldiruvchi, ega, hol, kesim B) to‘ldiruvchi, hol, kesim С) to‘ldiruvchi, ega, kesim D) hol, ega,
kesim 134. Shovullab gullarning oldiga kelibdi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan? A)
hol, hol, kesim B) hol, to‘ldiruvchi kesim С) hol, ega, kesim D) to‘ldiruvchi, hol, kesim 135. Gullar
undan qo‘rqishmabdi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan? A) ega, hol, kesim B) ega,
kesim С) to‘ldiruchi, hol, kesim D) ega, to‘ldiruvchi, kesim 136. Shaxs-son ma’nolarini qaysi bo‘lak
ifodalaydi? A) to‘ldiruvchi B) kesim С) ega D) aniqlovchi
137. Kesim qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A) kim, nima, qayer? B) nima qil (-di, moqchi...), nima bo‘l (-gan, -yapti...)?
C) nima qil (-di, yapti...), nima bo‘l (-di, -yapti...), kimdir, nimadir, qandaydir, qachondir?
D) qachon, kimni, kim, nima, nega?
138. Gapning mazmuniy markazi qaysi bo‘lak? A) ega B) to‘ldiruvchi С) hol D) kesim
139. Qaysi bo‘lak boshqa bo‘laklarsiz gap bo‘la oladi? A) kesim B) to‘ldiruvchi С) hol D) aniqlovchi 140.
Kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. Ot kesim. 2. Fe’l kesim B) 2 turga: 1. Sodda kesim. 2. Fe’l kesim
С) 2 turga: 1. Sodda kesim. 2. Murakkab kesim D) 2 turga: 1. Mustaqil kesim. 2. Nomustaqil kesim
141. Fe’l kesim va ot kesim kesimning qaysi xususiyatiga ko‘ra turi?
A) kesimning mustaqil qo‘llana olish-olmasligiga ko‘ra
B) kesimning gapda qaysi bo’lak bilan aloqaga kirishuviga ko‘ra
C) qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra
D) kesim bir yoki bir nechta so‘z bilan birikmali kelishiga ko‘ra 142. Fe’l kesim nimalar bilan ifodalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |