Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana07.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#141291
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-sinf Ona tili mukammal test va savol javoblar 18880



Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov 

  

  



 

ONA TILI 

 

Ona tili, 5-sinf qoidalari  

1.Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u 



ijtimoiy hodisa sanaladi.  

 1989  –  yilning  21  –  oktabr  kuni  o’zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berildi.  Shundan  boshlab  ta’lim-tarbiya  ishlari, 

majlislar, ish qog’ozlari, asosan, o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi.  

 Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so’zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog’lab, gap tuzamiz. 

So’zlarni bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limiga sintaksis, tinish belgilari 

va  ularni  yozma  nutqda  to’g’ri  qo’llash  yo’l-yo’riqlarini  o’rgatuvchi  tilshunoslik  bo’limiga  esa  punktuatsiya 

deyiladi.  

2.1.Baliqchi chol oltin baliq ushlab oldi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so’zdan, 

ikkinchisi esa faqat bitta so’zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimlarning mavjudligi

tugallangan  ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir. Ana shu belgisi bilan gap so’z va so’z birikmasidan farq 

qiladi.  

3.Ohang  va  fikr  tugalligiga  ega  bo’lib,  kesimlik  shakllari  orqali  ifodalanuvchi so’z  va  so’zlar qo’shilmasiga  gap 

deyiladi. Masalan: Vohid o’rnidan turdi. Yozuvda gap oxiriga nuqta, so’roq yoki undov belgilaridan biri qo’yiladi 

va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.  

4.Gapda so’zlarning bog’lanishi: so’zlarning bog’lanishi ikki xil bo’ladi: teng bog’lanish va tobe bog’lanish. Olma 

va o’rik shaklidagi bog’lanish teng bog’lanish, olmani yemoq shaklidagi bog’lanish esa tobe bog’lanish sanaladi.  

5.So’z  birikmasi.  Ikki  so’zning  biri  tobe,  ikkinchisi  hokim  tarzidagi  bog’lanishi  tobe  bog’lanish  deyiladi.  Tobe 

bog’lanishda doimo  ikkita  qism:  tobe  va  hokim  so’z  bo’ladi. Tobe  so’z  hokim  so’zga  bog’lanadi.  So’roq hokim 

so’zga  qarab  beriladi.  So’roqqa  javob  so’z  tobe  qism  sanaladi.  Masalan:  Ozod,  obod,  maftunkor,  beqiyos    tobe 



o’lkam   hokim.  

6.Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra to’rt xil shakli bor: a) darak gap; 2) so’roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap.  

7.Darak gap. Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuning uchun darak gaplarning kesimi darak-

xabar ma’nosini bildiruvchi so’zlar yordamida ifodalanadi. Masalan: Vatanimizning har bir qarich yerini qadrlaymiz. 

Darak,  xabar  ma’nosini  bildiruvchi  gaplarga  darak  gaplar  deyiladi.  Darak  gaplar  oxiriga  yozuvda  doimo  nuqta 

qo’yiladi.  

8.So’roq gap. So’roq ma’nosini bildirgan gaplar so’roq gaplar hisoblanadi. So’roq gaplar so’roq olmoshlari  (kim, 

nima, qancha kabi), so’roq yuklamalari ( -mi, -a (ya), -chi) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: 

Tunda yo’lga chiqamiz. – Tunda? Yozuvda so’roq gap oxiriga so’roq (?) belgisi qo’yiladi.  

 So’roq  olmoshlari  yordamida  ifodalangan  so’roq  gaplar  so’roqqa  javob  bo’luvchi  so’zni  talab  qiladi.  Masalan:  



Ko’chatlarga kim suv quydi? - Salim.  

 So’roq  yuklamalari  yordamida  ifodalangan  so’roq  gaplar  ha  yoki  yo’q  javoblarini  talab  qiladi.  Yozuvda  -mi 

yuklamasi qo’shib yoziladi: senmi?; -chi va -a (ya)  yuklamlari esa o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib 

yoziladi: sen-chi?  

 

9.Buyruq gap. Buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gaplar buyruq gap hisoblanadi. Masalan: Chiroyli yoz. 



Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi.  

10.Istak  gaplar.  Kesimi  -sa  shaklidagi  fe’llar  orqali  ifodalangan  gaplar  istak  gap  hisoblanadi.  Masalan:  Xorijiy 



tillarni yaxshi o’rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Istak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi.  

11.His-hayajon  gap.  Gaplar  so’zlovchining  his-hayajon  qo’shilishi  yoki  qo’shilmasligiga  ko’ra  his-hayajonsiz 

gaplar va his-hayajon gaplarga bo’linadi. His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so’roq, buyruq shaklidagi gaplar 

his-hayajon  gaplar sanaladi.  Masalan:  Ey  Vatan!  Polvonlaring  bor  bo’lsin!  Uyg’oq  bo’lsin!  His-hayajon  gaplarda 

ko’pincha  qancha,  naqadar,  shunchalar,  qanday  so’zlar  hamda  undov  so’zlar  ishtirok  etadi  yoki  kesim  gapning 




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish