Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/45
Sana07.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#141291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-sinf Ona tili mukammal test va savol javoblar 18880

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov 

  

  



______________________________________________________________________________  

45.Fe’l. Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, harakat-holatni bildiruvchi so’zlarga fe’l deyiladi. 

Fe’llar zamon, shaxs-son, bo’lishli-bo’lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo’shimchalarga ega bo’ladi. 

Masalan: yozmadim so’zida -ma qo’shimchasi bo’lishsizlik, -di qo’shimchasi zamon, -m qo’shimchasi esa shaxs-son 

ma’nolarini bildiradi.  

46.Fe’l zamonlari. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari, 

shunday ma’noni ifodalovchi qo’shimchalar esa zamon qo’shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o’tgan 

zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. Bu uch xil ma’no maxsus qo’shimchalar yordamida ifodalanadi va ular 

zamon qo’shimchalari hisoblanadi.  

47.O’tgan zamon. -di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b),- gan edi, -gan ekan qo’shimchalari bilan kelib, ishharakatning 

va  holatning  nutq  jarayonidan  oldin  sodir  bo’lganini  yoki  bo’lmaganini  bildirgan  fe’llarga  o’tgan  zamon  fe’llari 

deyiladi. O’tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi. Masalan: bordim, bording, bordi; bordik, bordingiz, bordi 

(-lar).  

48.Hozirgi  zamon:  -yap,  -(a)yotir,  -moqda  (kelyapman,  kalayotirman,  kelmoqdaman)  qo’shimchalari  bilan  kelib, 

ish-harakat  va  holatning  nutq  jarayonida  yuz  berayotgani  yoki  bermayotganini  bildirgan  fe’llarga  hozirgi  zamon 

fe’llari deyiladi.  

49.Kelasi  zamon.  -a/-y,  -(a)r,  -ajak,  -moqchi  (boraman,  o’qiyman,  kelarman,  yozajakman,  yozmoqchiman) 

qo’shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan 

fe’llarga kelasi zamon fe’llari deyiladi.  

50.Shaxs-son  qo’shimchalari.  Fe’ldan  anglashilgan  ish-harakat  va  holatning  so’zlovchi,  tinglovchi  yoki  o’zgaga 

tegishli  ekanini  bildurvchi  qo’shimchalarga  shaxs-son  qo’shimchalari  deyiladi.  So’zlovchi  1-shaxs,  tinglovchi 

2shaxs, o’zga 3-shaxs hisoblanadi: men keldim, sen kelding, u keldi; biz keldik, siz keldingiz, ular keldilar.  

51.Ravish.  Qanday?,  qancha?,  qachon?  so’roqlariga  javob  bo’lib,  harakatning  holati,  o’rin,  payt,  sabab, 

darajamiqdorini bildirgan so’zlar ravish sanaladi. Ravish, asosan, fe’lga bog’lanadi va ko’proq hol vazifasida keladi.  

52.Yordamchi  so’zlar.  Biror  so’roqqa  javob  bo’lmay,  gap  yoki  gap  bo’laklarini  bir-birga  bog’lash  yoki  ularga 

qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi. Bog’lovchi, ko’makchi va 

yuklamar yordamchi so’zlardir.  

53.Bog’lovchi.  Uyushiq  bo’laklarni  va  qo’shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarni  bir-birga  bog’lash  uchun  xizmat 

qiladigan yordamchi so’zlar bog’lovchi sanaladi. Bog’lovchi gap bo’lagi vazifasida kelmaydi.  

54.Ko’makchi. Otlarning boshqa so’zlarga tobe bog’lanishi uchun xizmat qiladigan so’zlarga ko’makchilar deyiladi. 

Ko’makchilar ko’pincha otlarni fe’lga bog’lab keladi. Masalan: Shahar tomon ketdi. Daryo bo’ylab yurdi.  

Ba’zan otni ot, sifat va ravishlarga tobelantirib bog’laydi. Masalan: Ona kabi mehribon. Halimdan ko’ra katta.  

55.Yuklama. Ayrim gap bo’lagi yoki butun gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi 

yordamchi  so’zlarga  yuklama  deyiladi.  Yuklamalar  so’z-yuklamar  va  qo’shimcha-yuklamarga  bo’linadi. 

So’zyuklamalar o’zi qo’shilayotgan so’zdan doimo ajratib yoziladi.  Qo’shimcha-yuklamalar esa o’zi qo’shilayotgan 

so’zga  qo’shib  yoki  undan  chiziqcha  bilan  ajratib  yoziladi.  -mi,  -oq  (-yoq),  -gina(-kina,  -qina)  yuklamari  o’zi 

qo’shilayotgan so’zga qo’shib yoziladi. Masalan: Keldimi?, Senmi?, keliboq, kelsayoq, sengina kabi. -chi, -u (-yu),  

-a(-ya), -da yuklamari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Sen-chi? Ayt-chi? Keldi-



yu, ketdi. Borgin-a?  

56.Undov  va  taqlid  so’zlar.  So’zlovchining  his-hayajonini,  shuningdek,  hayvon-parrandalarni  biror  harakatga 

undashni ifodalovchi so’zlarga undov so’zlar deyiladi:  hoy, ey, obbo. Inson, hayvon va narsalarning tovushlariga 

taqlid ifodalovchi so’zlar taqlid so’zlar hisoblanadi: miyov-miyov, qag’-qag’.  

57.So’zlarning  tuzilishiga  ko’ra  turlari.  So’zlar  tuzilishiga  ko’ra  sodda,  qo’shma,  juft  va  takroriy  so’zlarga 

bo’linadi.  

58.Qo’shma so’zlar. Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so’roqqa javob bo’lgan so’zlar qo’shma 

so’zlar deyiladi. Masalan: otquloq, har qachon, muzyorar, sotib olmoq, jigarrang, tamom bo’lmoq, mehnat qilmoq.  





Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish