Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
59.Qo’shma so’zlar imlosi. Qo’shma fe’l va qo’shma sonlar ajratib yoziladi. Qo’shma so’zlar yozilishiga ko’ra ikki
xil bo’ladi: 1) qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar; 2) ajartib yoziladigan qo’shma so’zlar. Birinchi so’zi bir, har,
hech olmoshlari bo’lgan qo’shma sonlar doimo ajratib yoziladi. Birpas, biroz kabi ayrim so’zlar bundan mustasno.
Qo’shma so’zlarning katta qismi qo’shib yoziladi.
60.Juft so’zlar va ularning imlosi. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki asosning qo’shiluvidan
tashkil topgan so’zlarga juft so’zlar deyiladi. Juft so’zlar asoslari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Agar juft so’zlar -
u, -yu yuklamari bilan bog’lansa, birinchi so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: kecha-yu kunduz, past-
u baland, osh-u non.
61.Takror so’zlar va ularning imlosi. Bir asosning ikki marta takrorlanishidan hosil bo’lgan so’zlarga takroriy
so’zlar deyiladi: gurs-gurs, tez-tez, uzun-uzun, katta-katta.
_______________________________________________________________________________
62.Tilshunoslik va uning bo’limlari. Til o’z ichki tuzilishiga ega. Tilning shu ichki tuzilishidan qaysisini
o’rganishga ko’ra tilshunoslik fani ham bir necha bo’limlarga bo’linadi. Tilning tovush tuzilishi fonetika bo’limida,
harflar tizimi esa grafika bo’limida o’rganiladi. So’z va uning ma’nolari leksikologiya bo’limida, so’z turkumlari
morfologiya bo’limida, gap va gapda so’zlarning bog’lanishi sintaksis bo’limida o’rganiladi. Shunday qilib,
tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo’limlarining uzviy bog’liqligidan iboratdir.
63.Fonetika va grafika. Og’zaki nuqtning tovush tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi fonetika, yozma
nuqtning harflar tizimini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi esa grafika deyiladi. Fikrimizni boshqalarga tovushlar
vositasida so’zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So’zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon
qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutq ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq
og’zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.
64.Nutq tovushi va harf. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan qismi nutq tovushi
deyiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Bir tovush bir harf bilan ham, ikki harf bilan ham ifodalanishi
mumkin: v, a, d, o harflari bir tovushni ifodalasa, sh, ch, ng singarilarda ikki harf bir tovushni ifodalaydi. 65.Unli
Do'stlaringiz bilan baham: |