Ona tili ona tili, 5-sinf qoidalari


Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana07.08.2021
Hajmi1,06 Mb.
#141291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
5-sinf Ona tili mukammal test va savol javoblar 18880

Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov 

  

  



bo’lak va umumlashtiruvchi so’z o’rtasiga tire qo’yiladi. Masalan: Kutbxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, 

Usmon Azim – barcha taniqli shoirlarning asarlari bor.  

24.Undalmali gaplar. So’zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi so’z va so’zlar birikmasiga 

undalma deyiladi. Masalan: Yurtim, senga she’r bitdim bugun. Undalmalar bir yoki bir nechta so’zdan iborat bo’ladi. 

Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. Qadrli bolalar, kelajak siznikidir.  

25.Undalmali  gaplarda  tinish  belgilari.  Undalmalar  gapning  boshida,  o’rtasida,  oxirida  ishlatiladi.  Masalan: 

Navbahorim,  o’zing  ayt….O’zing,  navbahorim,  ayt…O’zing  ayt,  navbahorim.  Undalmalar  gapning  qayerida 

kelishidan  qat’i  nazar  boshqa  bo’laklardan  vergul  bilan  ajratiladi.  Tahlilda  uning  ostiga  ikkita  to’lqinli  chiziq 

chiziladi. Masalan:  Murod,  nega  indamaysan?  Undalmalar  his-hayajon  bilan  aytilsa,  ulardan  so’ng  undov  belgisi 

qo’yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman, oyijon!...  

26.Kirish so’zlar. So’zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo’shadigan so’zlarga kirish 

so’zlar deyiladi. Kirish so’zlar yozuvda gapning boshqa bo’laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi. Tahlilda kirish 

so’zlar to’g’ri chiziq ostiga to’lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi  

27.Kirish so’zlarning gapdagi o’rni. Kirish so’zlar gapning turli o’rinlarida qo’llanila oladi. Yozuvda gap boshida 

kelsa, kirish so’zdan so’ng, o’rtasida kelsa, kirish so’zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelsa, kirish so’zdan oldin 

vergul qo’yiladi.  

28.Qo’shma  gap.  Ikki  va  undan  ortiq  sodda  gaplarning  birikuvidan  hosil  bo’lgan  gap  qo’shma  gap  hisoblanadi. 

Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va, ammo, lekin, chunki, negaki kabi bog’lovchilar hamda 

ohang yordamida bog’lanadi. Yozuvda ammo,lekin, biroq, chunki, negaki bog’lovchilaridan oldin vergul qo’yiladi. 

Ohang  yordamida  bog’langan  sodda  gaplar  bir-biridan,  asosan,  vergul  yoki  tire  bilan  ajratiladi.  Masalan:  Biz 



baxtiyormiz, chunki yurtimiz ozod. Yurt tinch – sen tinch.  

29.Ko’chirma gaplar. Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo so’zlovchi 

gapi bilan birga keladi. So’zlovchi gapi muallif gapi hisoblanadi. Ko’chirma gap bilan muallif gapi birikib ko’chirma 

gapli qo’shma gapni hosil qiladi. Yozuvda ko’chirma gap qo’shtirnoq ichiga olinadi.  

30.Ko’chirma  gaplarda  tinish  belgilarining  ishlatilishi.  Muallif  gapi  ko’chirma  gapdan  oldin  kelganda,  tinish 

belgilarining  ishlatilishi.  Ko’chirma  gap  muallif  gapidan  oldin,  uning  o’rtasida,  oxirida,  ikki  chekkasida  kelishi 

mumkin. Shunga ko’ra yozuvda ular orasida turlicha tinish belgilari ishlatiladi. Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin 

kelsa,  undan  so’ng  ikki  nuqta  qo’yiladi,  ko’chirma  gap  qo’shtirnoqqa  olinib,  bosh  harf  bilan  yoziladi.  Masalan: 



Xalqimiz  shunday  deydi:  “Hunar  –  zar,  hunarsiz  –  xor”.  Ko’chirma  gap  so’roq  yoki  his-hayajon  gap  bo’lsa, 

qo’shtirnoq  yopilishidan  oldin  so’roq  yoki  undov  belgisi  qo’yiladi.  Masalan:  Men  undan  so’radim:  “Mehringni 



qo’yib,  bunchalar  saralab  gul  terding  kimga?”  Bulbul  der:  “Ochil  g’uncha!”  Ko’chirma  gap  darak  bo’lsa, 

qo’shtirnoqdan so’ng nuqta qo’yiladi. Masalan: Donolar deydi: “Aql boylik bilan o’lchanmas”.  

31.Muallif gapi ko’chirma gapning boshqa o’rinlarida kelganda, tinish belgilarining ishlatilishi. Muallif gapi 

ko’chirma  gapdan  keyin,  uning  o’rtasida  yoki  ko’chirma  gap  muallif  gapining  o’rtasida  kelsa,  tinish  belgilari 

quyidagicha ishlatiladi: Misollar: 1. “Aqlli kishi sabr etar har nafas”, - deydi Sa’diy Sheroziy. 2. “Jaholat – o’lim, - 

deb aytadi Nosir Xisrav, - bilim esa tiriklikdir”. 3. Alisher Navoiy: “Oz-oz o’rganib dono bo’lur, Qatra-qatra yig’ilib 

daryo bo’lur”, - deb aytgan edi. Ko’chirma gapli qo’shma gap  tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin. M: “K”. 

“K”, - m. “K, - m, -k”. M: “K”, -m. M, m belgilari muallif gapini, K,k belgilari ko’chirma gapni ifodalash uchun 

qo’llanilgan.  

32.Dialog va ularda tinish belgilarining ishlatilishi. Ikki kishi o’rtasidagi suhbat dialog sanaladi. Dialogdagi har bir 

gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining nutqi monolog sanaladi.  

______________________________________________________________________________  

33.So’z  turkumlari.  Mustaqil  va  yordamchi  so’zlar.  Biror  so’roqqa  javob  bo’lib,  ko’pincha  atash  ma’nosini 

bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo’lagi yoki undalma vazifasida keladigan so’zlar mustaqil so’zlar sanaladi.  

So’roqqa javob bo’lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so’zlarga yordamchi so’zlar deyiladi.  

34.Ot. Shaxs, narsa-buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zga 

ot  deyiladi.  Otlar son,  egalik  va  kelishik  qo’shimchalari bilan  qo’llaniladi.  Gapda  otlar  bosh  va  ikkinchi darajali 




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish