Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go’zal ona tabiat! Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi.
Agar so’roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so’roq belgisi, undan so’ng undov belgisi qo’yiladi. Masalan:
Chiqmaysizmi?!
12.Gap bo’laklari. Gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi mustaqil so’z yoki so’zlar birikmasi gap
bo’laklari hisoblanadi.
13.Kesim. Shaxs-son ma’nolarini bildirib, nima qil (-di, -yapti va bosh)?, nima bo’l (-di, -yapti va bosh)?, kimdir?,
nimadir?, qayerdir? so’roqlariga javob bo’luvchi mustaqil so’zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning
mazmuniy markazidir. U boshqa bo’laklarsiz gap bo’la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.
14.Fe’l kesim va ot kesim. Kesim qanday mustaqil so’zlar orqali ifodalanishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: fe’l kesim va
ot kesim. Fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar fe’l kesim
hisoblanadi. Masalan: Qushlar sayraydi. Fe’ldan boshqa so’zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib,
kim?, nima?, qanday? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar ot kesim sanaladi. Masalan: Osmonimiz musaffo.
15.Ega. Kesim bilan bog’lanib kim?, nima?, qayer? singari so’roqlarga javob bo’ladigan bo’lak ega deyiladi.
Tahlilda eganing ostiga bir to’g’ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to’g’ri chiziq chiziladi. Masalan: Bulbul sayraydi.
Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo’yiladi. Masalan: Toshkent
– go’zal shahar.
16.Sodda yig’iq va sodda yoyiq gaplar. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo’lgan gap yig’iq gap
hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bo’lgan gap yoyiq
gap deyiladi. Masalan: Men uni ko’rdim.
17.Hol. Fe’lga bog’lanib, qachon?, qayerda (-ga, -dan)?, qanday (qilib)?, nima uchun?, nima maqsadda? singari
so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga hol deyiladi. Hol fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki
bajarilmaslik paytini, o’rnini, tarzini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat
chiziq (……) chiziladi: Maktabga ketdi.
18.To’ldirvchi. Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan?
singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi. Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar
(_ _ _ _ _ ) chiziladi: Bu so’zdan Hamid ajablandi. To’ldiruvchi hokim bo’lakka kelishik qo’shimchalari yoki
ko’makchilar yordamida bog’lanadi.
19.Aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib,
qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi gap bo’lagiga
aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchiar ma’nosiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi.
Tahlilda aniqlovchilar ostiga to’lqinli chiziq (~~~~ ) chiziladi.
20.Sifatlovchi aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?,
qancha? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi: qizil olma.
21.Qaratqich aniqlovchi. Hokim bo’lakdan anglashilgan narsning ikkinchi bir narsaga qarashli ekanini bildirib,
kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’lgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Masalan:
Do’stlikning mehri bor. Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog’lanadi. Anu shu belgisi bilan tushum
kelishigini olgan to’ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishidagi to’ldiruvchi doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga
bog’lanadi. Solishtiring: olmaning bargi – olmani yedim.
_______________________________________________________________________________
22.Uyushiq bo’laklar. Bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil vazifada keladigan so’zlarga uyushiq bo’laklar deyiladi.
Masalan: Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog’iga bordik. Sanash ohangi yordamida bog’langan uyshiq bo’laklar
bir-biridan vergul bilan ajratiladi.
23.Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’zlar va ularda tinish belgisining ishlatilishi. Sanalayotgan
bo’laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so’zga umumlashtiruvchi so’z deyiladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq
bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’z bilan uyushiq bo’laklar o’rtasiga ikki nuqta qo’yiladi. Masalan:
Bog’imizda mevalar: olma, o’rik, shaftolilar bor. Umumlshatiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, uyushiq
Do'stlaringiz bilan baham: |