Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
bo’lak, shuningdek, undalma vazifasida keladi. Otlar birlik va ko’plik sonda qo’llaniladi. Ko’pli otlarga lar
qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Masalan: bola – birlik sonda, bolalar – ko’plik sonda.
35.Turdosh va atoqli otlar. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan: qishloq,
choynak, aka, daraxt. Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi.
Kishilarning ismi, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob, tarixiy voqea
kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan: Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, “Gulxan” jurnali, Olapar. Atoqli
otlar doimo bosh harf bilan yoziladi. Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotga qo’yilgan nomlar
qo’shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo’jaligi kishilar nomiga qo’yilgan bo’lsa, qo’shtirnoq
ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so’zlari qo’llaniladi.
36.Kelishik qo’shimchalari. Otlarga qo’shilib, ularni o’zidan keyin kelgan boshqa so’zlarga tobelashtirib bog’lab
keladigan qo’shimchalarga kelishik qo’shimchalari deyiladi. Tilimizda 6 ta kelishik mavjud bo’lib, ulardan
beshtasining qo’shimchasi bor: 1) bosh kelishik (-); 2) qaratqich kelishigi (-ning); 3) tushum kelishigi (-ni); jo’nalish
kelishigi (-ga, -ka, -qa); 5) o’rin-payt kelishigi (-da); 6) chiqish kelishigi (-dan).
37.Egalik qo’shimchalari. Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirgan qo’shimchalarga egalik
qo’shimchalari deyiladi. Egalik qo’shimchasi qo’shilgan ot, albatta, o’zidan oldingi otning qaratqich kelishigida
kelishini talab qiladi: (mening) kitobim, kitobing, kitobi; kitobimiz, kitobingiz, kitoblari.
38.K va q undoshlari bilan tugagan otlarga egalik qo’shimchlari qo’shilganda, qanday eshitilsa, o’shanday yoziladi.
Ya’ni k undoshi g tovushiga, q undoshi g’ tovushiga o’zgaradi. Masalan: tuproq – tuprog’i, terak – teragi. Ayrim
so’zlarda bunday o’zgarish yuz bermaydi. Masalan: huquq – huquqi, idrok – idroki.
39.O’g’il, burun kabi otlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, ikkinchi bo’gindagi i yoki u unlisi tushib qoladi va
o’g’li, burni kabi yoziladi.
40.Sifat. Qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so’zlarga sifat deyiladi.
Belgi deganda, rang-tus, maza-ta’m, shakl-hajm, xil-xususiyat kabilar tushuniladi. Sifat gapda aniqlovchi, hol yoki
kesim bo’lib keladi. Sifat gapda otga bog’lansa, aniqlovchi, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi.
Masalan: Bu ko’rkam bino – kasb-hunar kolleji. Bu gullar xushbo’y.
41.Sifat darajalari. Muayyan bir belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarda to’rtta
daraja bor: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma. Narsalar orasidagi belgi o’zaro taqqoslanmasa
oddiy daraja deyiladi. Masalan: yuksak, uzun, hushyor, kalta. Bir narsadagi belgining boshqalariga nisbatan ortiq
yoki kamligi qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo’shimchasini qo’shish bilan hosil
bo’ladi. Masalan: yuksakroq, uzunroq, hushyorroq, kaltaroq. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan eng ko’p
ekani orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja eng, juda, nihoyat kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: eng yuksak,
juda uzun. Belgining bir narsadan boshqalariga nisbatan bir qadar kam ekani ozaytirma daraja deyiladi. Ozaytirma
daraja sal, biroz, xiyla, nim kabi so’zlar bilan hosil bo’ladi. Masalan: biroz yuksak, sal uzun.
42.Son. Qancha?, necha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lib, narsalarning son-sanog’ini va tartibini bildirgan
so’zlarga son deyiladi. Sonlar ikkiga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so’roqlariga javob
bo’lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so’rog’iga javob bo’lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi. Son gapda otga
bog’lansa, aniqlovchi, fe’lga bog’lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Sinfimizda
yigirma besh o’quvchi bor. U olmadan beshta oldi. O’nning yarmi – besh.
43.Sonlarning yozilishi. Ikki, olti, yetti sonlariga jamlikni bildiruvchi -ov, -ala qo’shimchalari qo’shilsa, asos oxiridagi
i unlisi tushib qoladi: Ikkala, oltov, yettov. Tartib sonlar arab raqam bilan yozilsa, -nchi, -inchi qo’shimchalari o’rniga
chiziqcha qo’yiladi: 2002-yil, 22-dekabr, 5-sinf, 6-qavat. Tartib sonlar rim raqamlari bilan yozilsa, bu qo’shimchalar
o’rniga chiziqcha qo’yilmaydi: IX sinf, XXI asr. Bir so’ziga -ta qo’shimchasi qo’shilsa, bitta deb aytiladi va yoziladi.
44.Olmosh. Ot, sifat, son va boshqa so’zlar o’rnida qo’llanilib, ularga ishora qiluvchi so’zlar olmosh hisoblanadi.
Olmoshlar qaysi so’z o’rnida qo’llanilsa, o’sha so’zning so’rog’iga javob bo’ladi. Men, sen kishilik olmoshlariga
qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari hamda -niki qo’shimchasi qo’shilsa, bir n undoshi tushib qoladi:
Men+ning-mening, sen+niki-seniki. U, bu, shu, o’sha olmoshlariga jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi
qo’shimchalari hamda -ga, -dek, -day qo’shimchalari qo’shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday.
Do'stlaringiz bilan baham: |