Darsning maqsadlari: Ta`limiy: O’quvchilarni f tovushi va F f harflari bilan tanishtirish,f tovushi va f tovushli so’zlarni o’qishga o’rgatish.
TK1:turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni kitobni sevishga, uni yirtmasdan, varaqlariga chizmasdan avaylab foydalanishga o’rgatish.
TK2: kun tartibiga rioya qilish;o‘zlashtirgan bilimlarini boyita olish. Rivojlantiruvchi: “F” tovushini to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatib, fikrlash qobiliyati, og’zaki nutqini rivojlantirish.“Fidoyilik” xislatlari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.
FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya
Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:Analiz-sintez, suhbat, tushuntirish, ko’rgazmalilik, “Havo shari” , “Gugurt cho’pi”,”Unli,undosh” didaktik o’yinlari,”Uycha quramiz”,”Yelpig’ich”texnologiyalari, AKT dan foydalanish.
Sinfda ___ nafar oq’uvchi bo’ishi kerak,shundan hamma darsga tayyor.
O’qituvchi:Barakalla aziz bolajonlar.Bugungi alifbe sabog’imizni musobaqa tarzida olib boramiz.Har bir to’g’ri javob uchun rag’bat kartochkasi berib boraman.Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi “Oltin toj” sohibi bo’ladi.
1-qator:Qish fasli haqida davomli matn tuzadi.
2-qator:Qish faslida nishonlanadigan muhim sana va bayramlarni aytadi.