Mashg‘ulot ishlanmasi
(Tayyorlov guruh uchun)
Mavzu: “Kk” harflari bilan tanishtirish.
Maqsad:
“Kk” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar:
“K” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,
“K” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.
“K” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish
Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish
Kutilayotgan natijalar:
“K” harflari bilib oladilar.
“K” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.
“K” tovushli so‘zlar ayta oladilar.
“K” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar
Kerakli jihozlar:
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?
Bugun bolalar “Kk” harflari bilan tanishamiz.
Kapalak so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Ka-pa-lak men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz.Yana k tovushidan keladigan so‘zlarni bilasizmi?Masalan:Kabutar,kilogram,kesak,karovat,kakku,kalish.
Tarbiyachi: “K” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “K” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “K” tovushi ka, ko, ke, ku unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari orqali talaffuz qilinadi.
Tarbiyachi: endi men “K” tovushini talaffuz qilaman, “K” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “K” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “K” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd etiladi. “K” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:
“K” tovushi qanday tovush?Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?Kiyik qanday talaffuz qilinadi?
“K” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
“K” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “K” tovushining so‘z boshida kelgani haqida tushuncha beriladi.
Tarbiyachi:
-Bolajonlarim yuqoridagi tovushlarni talaffuz qilish qiyin emas ekanmi?
_”K” tovushini talaffuz qilganimizda to’siqqa uchraydimi?
–Sizning o’yinchog’ingiz “K” harfidan keladigani bormi?
–Ota- onangiz sizga asosan qachon o’yinchoq sovg’a qilishadi?
–Qorbobodan qanday o’yinchoqning so‘rardingiz?
Mashg`ulot yakunida tarbiyachi bolalar bilan o’yinchoqlarning turlari haqida gaplashib,"Har bir narsaning qadriga yeting" va "Kattalar o’giti" ,” kabi ibratli so’zlarni izohlang.
Nazorat savollari
1.Bolalarni “K” tovushi bilan tanishtirishda qaysi metodlar eng qulay deb hisoblaysiz?
2.Nutqni shakllantirishga doir mashg`ulotlarda tovushlarning qanday ahamiyati bor ?
3.Bolalarni monologga o`rgatish “K” tovushining qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega?
4.Bolalarning so`z boyligini qanday rivojlantirish mumkin?
5. Tovushlarni talaffuz qilishda nimalarga ahamiyat berasiz ?
Bolalar “Kapalak” harfi haqida she’r eshiting.
Kapalak misoli uchmoqda umr,
Kurashga chorlaydi meni onajon.
Ortimda qolarsan qo'llaring silkib,
Xayr, ona maktab ,xayr jonajon.
Do'stlaringiz bilan baham: |