Mavzu: r tovushini nutqga qo’yish (postanovka) Ta’limiy maqsad: r tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish Tarbiyaviy maqsad: Gavdani to’g’ri tutush va mashg’ulotni
Korreksion maqsad: Artikulyatsion nutq apparatining harakatchanligini oshirish, fonematik idrokini rivojlantirish, lug’at boyligini o’stirish
Mashg’ulotning borishi
I qism tashkiliy qism Salomlashish bola diqqatini mashg’ulotga qaratish. Fasl, oy, kun, haqida so’rash
IIqism artikulyatsion mashqlar -Hozir biz sen bilan turli o’yinlar o’ynaymiz, buning uchun sen oynaga qarab to’g’ri o’tirib ol va meni ortimdan takrorla.
Lab mashqlari
-lablarimizni kulgu holatiga keltiramiz
-lablarimizni cho’chchaytiramiz
-lablarimizni doira shakliga keltiramiz
Til mashqlari
-ot mashqi
-qo’ziqorin mashqi
-bo’yoqchi mashqi
Nafas mashqlari
-burundan olib burundan chiqarish
-burundan olib og’izdan chiqarish
-og’izdan olib burundan chiqarish
-og’izdan olib og’izdan chiqarish
IIIqism R tovushini nutqga qo’yish Biz sen bilan o’tgan mashg’ulotlarda gulzorlarga hayvonot bog’larga sayr qilgani chiqqan edik. Bugun sen bilan tabiat qo’yniga sayrga chiqamz. Qara kochada qarg’alar ko’p ekana? qarg’alar qanday sayraydi?
-qayy qayyy qayyy
-qarrr qarrr qarrr etib sayraydi. Kel hozir sen bilan birga r tovushini talafuz qilishni o’rganamiz. Oldin men qilaman so’ng sen takrorlaysan.
Agar bola taqlid asosida talaffuz eta olmasa mexanik usuldan foydalaniladi.
Logoped oyna oldida o’tirgan bolaga og’zini kata ochishini va tilning uchini yuqoriga tish orqasiga ko’tarib, z tovushini talaffuz etishni taklif etadi.
Logoped esa maxsus zont yordamida til yuganchasini tebratib r tovushiga o’xshash tovushni hosil qiladi.
-kel endi sen bilan o’yin o’ynaymiz . mana bu o’yinchoq mashinachani qara bu mashinacha faqat r tovushi ishtirok etgan o’yinchoqlarni olib yurar ekan. Sen bu yo’llardan mashinachani r tovushini aytgan holda manziliga yetkazishing kerak. R tovushini talaffuz qilganimizda til uchi yuqori tishlar tomon ko’tariladi, buning natijasida biroz chuqurcha paydo bo’ladi. Shu chuqurchadan chiqqan xavo oqimi til uchini titratib o’tadi
IV Jismoniy daqiqa Men terakman, terakman
Men hammaga kerakman.
Osmon mening yelkamda,
Men olamga tirgakman.
V Fonematik idrokini rivojlantirish Logoped bolaga bir qancha tovushlar aytadi va boladan esa tovushlarni diqqat bilan tinglashi r tovushini eshitganda o’yinchoqni bosishi soraladi. S r t g l j r t j r s y r
VI Lug’at ustida ishlash Bolaga r tovushi ishtirok etgan rasmlar ko’rsatiladi va logoped tomonidan nomlanadi. Boladan esa r tovushi ishtirok etgan rasmlarni ajratib olishi so’raladi. Kapalak, raketa, ruchka, qurbaqa, gul, qoshiq, zebra
VII Mustahkamlash Qani aychi bugun sen bilan qanday tovushni to’g’ri talaffuz etishga o’rgandik. Qarg’a qanday tovush chiqarar ekan? R tovushini talaffuz qilgan paytimiz tilimiz qayerda turar ekan?
VIII Yakunlash Mashgulotda qatnashganligiga qarab izohli baholanadi
IX Uyga vazifa R tovushi ishtirok etgan rasm chizish va she’r yodlash