Mavzu: Bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va yozish. Sana : 16.03.2022
2-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: bir mavzuga oid rasmlar yordamida hikoya tuzish va ma’lum tayyorgarlikdan so`ng uni yozish ko`nikmasini shakllantirish. Nutqiy, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalar
b) tarbiyaviy: so`zlarning ma`nosini anglas, ularda to`g`ri va chiroyli, xatosiz, talaffuz qilish tushunchasini hosil qilish;
d) rivojlantiruvchi: mavzu asosida olgan bilimlarni mustaqil qo`llay bilish qobiliyatini shakillantirish va rivojlantirish.
Dars uslubi: Ko`rgazmali, amaliy, aralash.
Dars jihozlari: Ona tili, odobnoma kitoblari, , rasm va boshqotirmalar, magnit taxtasi, aql mashqlari, “Sehrli parda” didaktik o`yini, magnit tasmasi.
Darsning borishi: I-BOSQICH: Darsni tashkil qilish jarayoni .
Tashkiliy qismda O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.
O`qituvchi: Aziz bolajonlar, bilimga tashna qalblar. Qani ayting-chi, hozirgi darsimiz qanday dars?
O`quvchilar: Hozirgi darsimiz bizga ko`p bilim beruvchi ona tili darsidir.
O`qituvchi: Ona tili darsida nimalarni O`rganasiz?
O`quvchilar: Ona tilim, jonu dilim,
O`rgatadi O`z tilim.
Chiroyli va xatosiz,
Yoz deydi ona tlim.
II-BOSQICH: O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash, takrorlash jarayoni O`qituvchi: Keling, tabiat taqvimi haqida suhbat o`tgazaylik. Hozirgi faslimiz bahor fasli. bahor kunlari haqida nimalarni bilasiz?
Bu haqdagi javoblar eshitiladi. O`quvchilar tabiat taqvimini mustaqil belgilaydi. “Aytilishida tushib qoladigan undoshlar” mavsusi bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Uyga vazifa didaktik materiallar orqali so`rab baholanadi. Sinf 3 ta guruhga bo`linadi. Guruhlarga nom berilib, savol yozilgan bittadan bayroqcha rasmi tarqatiladi. D, T undoshlari haqida og`zaki savol-javob O`tkaziladi, kichik rebus to`ldiriladi.
Quyidagi rebusda tushib qolgan tovushlarni o`rniga qo`ying:
O’quvchilar javobi tinglanadi.
O’qituvchi hikoya tuzish jarayoni haqida tushuncha beradi.
IV-BOSQICH: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
Rasm asosida har bir rasmga reja tuziladi. Og’zaki hikoya qilinadi.
“ Ko’chat”.
1-rasm boyicha topshiriq
A) Rasmda kimlar tasvirlangan?
B) Ular nima ish qilyapti?
D) Bu qaysi fasl?
2-rasm boyicha topshiriq
A) Kim ko’chatni ushlab turibdi?
B) Kim suv olib kelayapdi?
D) Nimaga ko’chatga suv quyiladi?
3-rasm boyicha topshiriq
A) Nega ko’chat atrofi o’ralyapdi?
B) Ko’chat qaysi faslda ekil
O’quvchilar fikri umumlashtirilib daftarga reja asosida hikoya yoziladi.
V-BOSQICH: Darsga yakun yasash, baholash .O`qituvchi: Aziz bolajonlar. Inson dunyoga kelar ekan u Vatan va ona bag`rida voyaga yetadi. Shuning uchun onani sevgandek Vatanimizni, Ona tabiatni ham sevamiz.Ko’chat eksak tabiatga bo’lgan mehrimiz yanada ortadi.Vatanimizni yanada go’zal bo’lishiga hissa qo’shaylik.
Dars yakunida guruhlarning ishtirokiga izoh berilib, faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
VI-BOSQICH: Uyga vazifa berish 278-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |