Immunitet [lot. immunitas – biron narsadan xalos, ozod boʻlish, qutulish] – tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi “yot” omillardan himoyalanishi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi.
“Yot” omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz hujayralari (masalan, oʻsmasimon hujayralar) va boshqa(lar) kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar – antigenlar tutadi.
Organizmni infeksion agentlar va boshqa(lar) yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi:
1. Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgilar bilan taʼminlanib, nasdan-naslga oʻtadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi boʻlib aloqa qiladi,, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarga chidamlilik taʼminlanadi.
2. Tugʻma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi boʻlib, nasldan-naslga oʻtadi. Masalan, it, qoramol, tovuqlarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida, odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos immunitet uzoq yillar davomida evolyutsiya natijasida makrorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan.
3. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun tizimining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan-naslga oʻtmaydi. Orttirilgan immunitet tabiiy va sunʼiy boʻladi.
Tabiiy immunitet, oʻz navbatida, yana ikkiga boʻlinadi: 1) tabiiy faol immunitet – yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust – onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi. Sunʼiy immunitet ham ikki xil boʻladi: 1) sunʼiy faol, vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi; 2) sunʼiy sust – zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan soʻng yuzaga keladi.
Orttirilgan immunitet mikrobga qarshi (antibakterial immunitet) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik immunitet) vujudga keladi. Antibakterial immunitet, oʻz navbatida, steril va nosteril turlarga boʻlinadi. Steril immunitetda kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos).
Nosteril turida kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (masalan, sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari kuzatilmaydi, ammo immunitet maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanshi (retsidiv) mumkin.
Adaptiv immunitet bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Masalan, oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi.
Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan himoya transplantatsion immunitet deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.
Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun tizim aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi.
Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil Mikroorganizmlar va boshqa “yot” omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydik-tanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy killerlar faolligi, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqa(lar) Nomaxsus chidamlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda taʼminlab turadi.
Organizm limfoid toʻqimalarining “oʻzinikini begonadan” ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar tizimi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qon-limfoid aʼzolarda (immun tizim) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.
IMMUNITET TURLARI 1.Tug'ma immunitet 2.Orttirilgan
Tug'ma immunitet — bu berilmaslik xossasining mustahkam va zamonaviy shakli bo'lib, chidamlilik omillari bilan nasldan-naslga o’tishga asoslangan. Ma'lumki, odam yirik shoxli hayvonlar va it tounga sezuvchan emas, hayvonlar esa vabo va bo'g'ma bilan kasallanmaydi.Lekin tug’ma immunitet mutlaq emas, ya'ni mikroorganizm uchun qulay sharoit yaratish bilan uning yuqtirmaslik xosasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, ortiqcha issiqlash, sovqotish, avitaminoz,garmonlarning ta'siri odam yoki hayvon uchun tegishli bo'lmagan kasalliklarni yuzaga keltiradi. Paster tovuqlarni sovqottirish yo'li bilan sun'iy ravishda kuyidirgi qo'zg'atuvchisini yuborgan va kasallikni yuzaga keltirgan, tovuqlar tabiiy sharoitda kuydirgi kasalligi bilan kasallanmaydi.
Orttirilgan immunitet odamda hayoti davomida orttiriladi, nasldan-naslga o'tmaydi.
Tabiiy immunitet. Tabiiy faol immunitet kasallik bilan og'rib o'tgandan keyin yuzaga keladi (u postinfeksiya deyiladi). Ko'pgina hollarda u uzoq vaqt saqlanadi, qizamiq, suvchechak, toun va boshqa kasalliklardan so'ng yuzaga keladi. Shuningdek, ayrim kasalliklarda immunitetning muddati 1 yildan oshmaydi (gripp, dizenteriya va boshqalar). Ayrim hollarda tabiiy faol immunitet kasallik yuzaga chiqmasidan ilgari hosil bo'ladi. U yashirin (latent) infeksiya yoki qo'zg'atuvchining kichik dozada qayta-qayta yuqtirish natijasida hosil bo'ladi (maishiy, turmish immunizatsiyasi).
Tabiiy passiv immunitet — bu chaqaloqlar (platsenta) immuniteti bo'lib homila ona qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi mumkin. Immunitetning bu turi uzoq davom etmaydi, 6—8 oydan so'ng yo'qolib ketadi. Lekin tabiiy passiv immunitetning ahamiyati katta, u chaqaloqlarni yuqumli kasalliklarga chalinmasligini ta'minlaydi.
Sun'iy immunitet (faol immunitet) odamda immunizatsiya (emlash) fctijasida orttiriladi. Immunitetning bu turi organizmga kuchsizlantirilgan yoki turli usulda o'ldirilgan bakteriya, ularning zaharlari, viruslar yuborilgaridan so'ng hosil bo'ladi. Masalan, ko'kyo'tal, bo'g'ma,chechak kasalliklariga qarshi immunitet shular jumlasidan. Bunda organizmda faol qayta qurilish yuzaga keladi.Qo’zg’atuvchi va toksinlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi modda (antitelo) hosil bo'ladi. Shuningdek, hujayra xossasining o'zgarishi mikroorganizmiar va ular ishiab chiqaradigan moddalarga ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy faol immunitet sekin-asta, 3—4 hafta ichida hosil bo'ladi va 1 yildan 3 oygacha saqlanadi.
Sun'iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelo yuborisi, natijasida yuzaga keladi. Immunitetning bu turi organizmga antitelo zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil bo'ladi va faqat 15—20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib ketadi. Mahailiy immunitet tushunchasini fanga A.M. Bezredko kiritgan. U organizm to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya qo'zg'atuvchilari kiritish uchun to'siq hosil qiladi. Hozirgi vaqtda umumiy va mahalliy immunitetning birligi isbotlangan. Lekin alohida to'qima va a'zolarning mikroorganizmlarni yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega.Antimikrob immunitet turli xil mikroorganizmiar keltirib chiqaradigan kasalliklardan so'ng yoki vaksinat (kuchsizlantirilgan tirik yoki o'ldirilgan mikroorganizmlardan tayyorlangan vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi.
Antitoksik immunitet — bakteriyalarning zaharli (toksinlari)ga nisbatan hosil bo'ladi.
Antivirus immunitet — virusli kasalliklardan so'ng hosil bo'ladi. Immunitetning bu turi uzoq davom etadi va mustahkam (qizamiq, chechak va boshqalar) bo'ladi. Shuningdek, faol virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. Bundan tashqari organizmni kasallik qo'zg'atuvchisidan tozalanish davriga ko'ra ham bo'lishimiz mumkin.
Steril immunitet — ko'pgina qo'zg'atuvchilar bemor tuzalganda organizmdan yo'qoladi. Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar).
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida bo'lgan davrdagina saqlanib turiladi. Bunday immunitet sterillanmagan yoki infeksion immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi.
Odamning yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi spetsifik va nospetsifik himoya omillarida o'z aksini topadi. Nospetsifiklik deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam tanasi yuzasidagi va organize ichidagi turli xil mikroorganizmlarni yo'qotishga imkon beradi.
Spetsifik himoya omili organizm qo'zg'atuvchisi yoki toksinlaf bilan to'qnashganda hosil bo'ladi, bu omillarning ta'siri faqat qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'ladi . Organizmning nospetsifik himoya omili. Organizmni turli xil mikroorganizmlarning zaharlari ta'siridan himoya qiluvchi mexanik, kimyoviy va biologik omillari mavjud.
Teri. Jarohatlanmagan teri mikroorganizmlarning kirishi uchun to’siq bo'lib hisoblanadi. Bunda mexanik omillardan teri va yog' bezlari ajratmalari teridagi mikroorganizmni yo'qotishga yordam beradi. Kimyoviy omillarda ham ter (yog' va ter) bezlari ajratmalari himoya rolini bajaradi. Ular o'zida bakteriotsid (bakteriyalarni o'ldirish) xossasiga ega bo'lgan yog' va sut kislotalarini saqlaydi. Biologik himoya omillari teri normal mikroflorasining patogen mikroorganizmlarga o'ldiruvchan ta'siriga asoslangan.
Shilliq qavatlari. Turli a'zolarning shilliq qavatlari mikroorganizm kirishi uchun to'siq boiib hisoblanadi. Nafas yo'lining mexanik himoyasi tebranuvchi kiprikchalari bor epiteliylar yordamida amalga oshiriladi. Yuqori nafas yoii epiteliy kiprikchalarining harakati og'iz va burun bo'shlig'i yo'nalishi bo'yicha mikroorganizmlarni harakatla-nishiga to'sqinlik qiladi. Burun bo'shlig'idagi tukchalar ham bakte-riyalarga shunday ta'sir ko'rsatadi. Aksirish va yo'talish mikroor¬ganizmlarning chiqib ketishiga yordam beradi va aspiratsiya (nafas orqali organizmga kirishi)ning oldini oladi. Ko'z yoshi, so'lak, ona suti va organizmdagi boshqa suyuqliklar o'zida lizotsim moddasini saqlaydi. U mikroorganizmlarga o'ldiruvchi (kimyoviy) ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, shilliq qavatlarning normal mikrofiorasi biologik himoya omili sifatida patogen mikroorganizmlarga antagonist bo'lib hisoblanadi.
Yallig'lanish — mikroorganimning begona zarrachalarga nisbatan reaksiyasidir. Yallig'lanishning sabablaridan biri organizmga infeksiya qo'zg'atuvchilarining kirishidir. Yallig'lanishning yuzaga kelishi mikroorganizmni o'ldirishga yoki ulardan ozod bo'lishga olib keladi. Yallig'lanish shikastlanish o'chog'ida qon va limfa bezlarining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu haroratning ko'tarilishi, shish, qizarish vaog'riq bilan kechadi.
Nospetsifik himoyaniag hujayraviy omillari — fagotsitoz. Yallig'lanish mexanizmining asoslaridan biri fagotsitoz — bak¬teriyalarni yutish jarayoni hisoblanadi. Fagotsitoz jarayonini birinchi bo'lib, 1.1. Mechnikov ta'riflagan. U fagotsitozni bir hujayrali amyoba-terda o'rganishdan boshlagan, amyobalar uchun fagotsitoz jarayoni oziq-ovqatlarni hazm qilish tarzi hisoblanadi. Hayvonot dunyosi nvojlanishida bu jarayonning turli bosqichi kuzatilgan. I. I. Mechnikov odamda fagotsitozni maxsus hujayralarini aniqlagan. Ular yordamida bakteriyalar yo'qotiladi, qon quyilish o'chog'ida o'luk hujayralar shimiladi va hokazo.
Organizmdagi turli xil hujayralar (leykotsitlar, qon tomirlanv,endoteliy hujayralari) fagotsitar faollikka ega. Bunday faollik harakatchan pohmorf yadroli leykotsitlarda, qondagi monotsitlar va makrofag to’qimalarda, suyak ko'migida namoyon bo'ladi. Barcha bitta yadroli fagotsit hujayralar monokular fagotsit sistemasiga kiritildi.
Fagotsitoz hujayra lizosomalarida 25 dan ortiq gidrolitik fermentlar va oqsillar mavjud. Ular antibakterial xususiyatga ega.
Fagotsitoz bosqichlari
1-bosqich. Yaqinlashish bosqichi. Fagotsit obyektiga (begona moddaga) oxirgi kimyoviy ta'sirot hisobiga yaqinlashadi. Bunda harakat musbat xemotaksis deb ataladi. 2-bosqich- yopishish bosqichi mikroorganizmlar fagotsitga yopishadi.
3-bosqich.Yutish bosqichi. Mikroorganizmlar hujayrasi begona moddalarni yutadi, fagosomalarni hosil qiladi
4-bosqich. Nobud bo'lisfi bosqichi. Fagolizosomalar hosil bo'lishi ,fermentlar va bakteriotsid oqsillar ularga tushishi natijasida qo'zg'afuvchilar nobud bo'iadi va hazm qilinadi
Mikroorganizmlaning nobud bo’lishi bilan tugallanadigan jarayon tugallangan fagasitoz deyiladi.Lekin ayrim mikroorganizmlar fagosit ichida nobud bo'lmaydi, balki ular bo'linib ko'payadi . Bularga gonokokklar, sil mikobakteriyalari, brutsellalar kiradi. Bunday jarayon tugallanmagan fegotsitoz deyiladi. Fagotsitoz ning faolligi organizmning u yoki bu qo'zg'atuvchiga irnaslik darajasi bilan aniqlanadi. Ayrim kasalliklarda fagotsitoz asosiy omil, boshqa kasalliklarda esa yordamchi bo'lib hisoblanadi,barcha hollarda hujayraning fagotsitoz xossasi yo'qligi kasallikning kechishi va oqibatini keskin yomonlashtiradi. Infeksion jarayonning rivojlanishi va immunitetning shakllanishi hujayraning qo'zg'atuvchiga birlamchi sezuvchanligiga bog'liq. Tug'ma turi bir turdagi hayvon hujayrasining boshqa patogen mikroorga-nizmlarga sezuvchanligi yo'qolishidir. Bu hodisaning mexanizmi to'liq o'rganilmagan. Ma'lumki, hujayra reaktivligi turli xil omillar ta'siriga (fizikaviy, kimyoviy, biologik) va yoshga qarab o'zgaradi.
Nospetsifik himoyaning gumoral omillari Fagotsitlardan tashqari, qonda eruvchi nospetsifik moddalar ham mavjud, ular mikroorganizmlarga o'ldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ularga komplement properdin, B-lizinlar, X-lizinlar, eritrin leykinlar, plakinlar, lizotsim va boshqalar kiradi.
Komplement (lotincha complemantum — qo'shimcha) mikroor¬ganizmlar va boshqa begona hujayralarni eritish xossasiga ega bo'lgan murakkab oqsil fraksiyali sistemadir. Masalan, eritrotsitlar. Komple-mentlarning bir qancha komponentlari tafovut etiladi. C,, C2, C3 va boshqalar. Komplementlar 55°C haroratda 30 daqiqa davomida parchalanadi. Uning bunday xossasi termolabillik deyiladi. Shuningdek, u chayqat- ganda, ultrabinafsha nurlar va boshqalar ta'sirida parcha¬lanadi. Komplementlar qon zardobidan tashqari organizmdagi turli xil suqyuliklarda va yallig'Ianish suyuqligida ham aniqlangan, lekin 0rqa miya suyuqligida va ko'zning oldingi kamerasida uchramaydi.
Properdin (lotincha properdi — tayyorlash) magniy ioni ishtirokida komplementni faollashtiruvchi normal qon zardobi komponentlari guruhidir. U fermentlarga o'xshash va organizmni infeksiyaga chidamliligida katta rol o'ynaydi. Qon zardobida properdin miqdorining kamayishi immunitet jarayoni faol emasligidan dalolat beradi.
B-lizinlar — odam qon zardobidagi termostabil (harorat ta'siriga chidamli) modda bo'lib, mikroblarga, asosan Gram musbat bakteriyalarga antogonistik (o'ldiruvchi) ta'sir ko'rsatadi. 63°C va UBI (ultrabinafsha nurlar) ta'sirida parchalanadi . X-lizin — harorati ko'tarilgan bemorlarning qonidan ajratib olingan termostabil modda. Komplement ishtirokisiz bakteriyaW asosan Gram manfiy bakteriyalarni lizislash xossasiga ega. 70— 100°C harorat ta'siriga chidamli.
Eritrin — hayvon eritrotsitlaridan ajratib olingan, bo'g'ma qo'zqatuvchisi va boshqa mikroorganizmlarga bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.
Leykinlar —leykotsitlardan ajratib olingan bakteriotsid modda Issiqqa chidamli. 75—80°C harorat ta'sirida parchalanadi. Qondajud, oz miqdorda uchraydi.
Plakinlar — leykinlarga o'xshash modda, trombotsitlardan ajratib olinadi.
Lizotsim — ferment, mikrob hujayrasi qobig'ini parchalaydi,u ko'z yoshida, so'lak, qon suyuqligida uchraydi. Ko'z konyunktiyj (ko'z jildi), og'iz, burun shilliq pardalarida lizotsim modda bo'lganligj sababli ulardagi jarohatlar ma'lum darajada tez tuzaladi. Shuningdek siydik, prostata suyuqligi, turli xil to'qimalarning suyuqliklari ham bakteriotsid xossaga ega. Yuqorida aytib o'tilgan komponentlar himoya omillarining barchasi emas. Ular orasida asosiysi antiteio — immunoglobullin hisoblanadi.
Antigenlar — genetik jihatdan organizm uchun begona modda (oqsillar, nukleoproteidlar), polisaxaridlar va boshqalar, antigen ta'sirida hosil bo'ladi. Ular organizmga kirganda maxsus immunologic reaksiya bilan javob qaytaradi. Shunday reaksiyalardan biri antiteio hosil bo'lishidir. Antigenlar ikkita asosiy xossaga ega: 1) immunogenlik, ya'ni antiteio va immunologik limfotsitlarni hosil qilish xossasi, 2) maxsus antiteio va immunologik limfotsitlar bilan o'zaro ta'sirotga o'tisf xossasi. Bu immunologik reaksiyalar ta'sirida (neytralizatsiya, lizis vi boshqa) namoyon bo'ladi. Bu ikki xossaga ega bo'lgan antigenlar tola qimmatli antigenlar deyiladi. Ularga begona oqsillar, zardoblar, hujayra elementlari, toksinlar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar kiradi. Immunologik reaksiyalar antiteio hosil qilmaydigan moddalarga boy bo'lmagan antigenlar deyiladi, ular organizmdagi tayyor anti-telolar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi, ular gaptenlar deb ham ataladi. Gaptenlar yirik molekular — oqsil, polisaxaridlar bilan to'la qimmatli antigenlarga aylanadi.
Begonalik, yirik molekularlik, kolloidlik parchalanish xossalaridir. Turli xil moddalar- ning antigenlik xususiyatini aniqlovchi shartlardan biridir. Bu begona moddalar organizmning ichki muhitiga tushganda va immunologik sistema hujayralari bilan ushrashganda antigenlik xossasi namoyon bo'ladi. Antitelo — antigenlar ta'sirida hosil bo'ladigan immunoglobulin modda, qonning spetsifik oqsilidir.
Odam qon zardobida ikki xil oqsil mavjud: albuminlar va globulinlar. Antitelolar, asosan, antigenlar ta'sirida o'zgargan globu-finlar bilan bog'lanadi va ular immunoglobulin deyiladi (Iq). Clobulinlar bir xil emas. Ular elektr toki o'tkazilganda gelda harakat-lanish tezligiga ko'ra uch fraksiyaga bo'linadi. Antitelolar elobulinga taalluqli. Globulinning bu fraksiyasi elektr maydonida eng katta tezlikda harakatlanish kuchiga ega.
Immunoglobulinlar molekular massasi, ultrasentrafiguralangan-dagi cho'kish tezligi va boshqa xossalariga ko'ra farqlanadi. Bu xossalari bo'yicha 5 sinfga bo'linadi. LqG, LqM, LqA, LqE, LqD. Ularning barchasi infeksion kasalliklarga qarshi hosil bo'ladigan immunitetda katta rol o'ynaydi.
G — immunoglobulin (qG) barcha odam immunoglobulinining 75 %ni tashkil etadi. Ular immunitet hosil bo'lishida faol ishtirok etadi. Immunoglobulinlar orasida yolg'iz u homila orqali o'tib, homilada passiv immunitet hosil qiladi. Molekular massasi va ultrasentrifuga¬langandagi cho'kish tezligi katta emas.
M — immunoglobulin (LqM) homila organizmi zararlanganda yoki immunizatsiya qilingandabirinchi bo'lib hosil bo'ladi. Bu sinfga odamning hayoti davomida, klinik belgilari namoyon bo'lmaydigan infeksiya yoki ko'p marotaba infeksiya yuqqanda hosil bo'lgan normal antitelolar kiradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalan- gandagi cho'kish tezligi yuqori.
A — immunoglobulin (LqA) shilliq sekretlari (moloziva so'lak va boshqalar)ga kirish xossasiga ega. Ular mikroorganizmlarni nafas, me'da-ichak shilliq qavatlariga kirishidan himoya qilish vazifasini bajaradi. Molekular massasi va ultrasentrifugalangandagi cho'kish tezligi IqG ga yaqin.
E — immunoglobulin! (LqE) allergik reaksiyalarga javobgar hisoblanadi. Mahalliy immunitet hosil bo'lishida katta ahamiyatga ega.
D — immunoglobulin! (LqD) qon zardobida oz miqdorda aniq-kngan. To'liq o'rganilmagan.
Immunoglobulinning tuzilishi. Immunoglobulin sinfi a'zolarining barchasi bir xilda tuzilgan. LqG molekulasi soddaroq bo'lib, ikki juft peptid zanjiridan tuzilgan. Har bir jufti molekular massasiga ko'ra farqlanuvchi og'ir va yengil zanjirlardan iborat. Har qaysi zanjir antigenlar ta'sirida hosil bo'ladigan o'zgarishlar va genetik jihatdan aniqlangan doimiy qismdan iborat.
Antiteloning bunday spetsifik qismlari faol markaz deb ataladi. Ular antitelolani hosil qilgan antigenlar bilan o'zaro reaksiyaga kirishadi. Antitelo molekulasidagi faol markazlar miqdori valentlikni ko'rsatadi — antitelo bog'lanishi mumkin bo'lgan antigen molekula soni LqG va LqA — ikki valentli, LqM — besh valentlidir.
Immunogenez — antitelo hosil bo'lishi antigenlarning dozasj qisqaligi va yuborish usuliga bog'liq. Antigenlarga nisbatan birlamchi imrnUtj javobning ikkita bosqichi farq qiladi: induktiv — antigen organizing» tushganidan to antelo hujayralari hosil bo'lgunicha bo'lgan davrni (20 soatgacha) va produktiv antigen yuborilgandan keyingi kunning oxirj va qon zardobida antitelo hosil bo'lishi davrini o'z ichiga oladi. Antitelo miqdori sekin-asta ortib boradi (4 kun), 7—10-kunlari maksimal darajaga yetadi va birinchi oyning oxiriga borib kamayadi.
Ikkilamchi immun javob antigen qayta yuborilganda hosil bo'ladi. Bunda induktiv bosqich qisqa — antitelo tez va shiddat bilan ishlab chiqariladi.
Immun javobning hujayraviy mexanizmi Organizmning limfa hujayralari faqatgina mikroorganizmlardagina eraas, balki barcha genetik jihatdan begona hujayralarda immunitet hosil bo'lishida asosiy funJksiyani bajaradi. Masalan, to'qima ko'chirib o'tkazilganda limfa hujayralari o'zinikini begonadan farqlash va bego-nani yo'qotish xossasiga ega.
Barcha hujayralar immunologik sistemasining boshlanishi — qon yuradigan tanaga oid hujayralar hisoblanadi. Keyinchalik ikki turdagi limfotsitlar hosil bo'ladi. T- va B- (timustobi va bursatobi). Bu hujayralarning nomlanishi ularning kelib chiqishiga bog'liq. T-hujayralar timusda (qalqonsimon yoki ayrisimon bezda) va perifirik limfa to'qimalarida timusni ajratadigan moddalar ta'sirida hosil bo'ladi.
B-limfotsitlarning nomlanishi (bursatobe) „bursa" — sumka so'zidan olingan. Fabritsius qush sumkasida va odam B- limfotsitida hosil bo'ladigan hujayralar bir-biriga o'xshash. Lekin makrofaglar tomonidan fagotsitozga uchraydi. Makrofaglar o'z yuzasida antigenlarni qayta ishlab va jamg'arib, u haqda T-hujayralarga ma'lumot beradi.Ular yetila boshlaydi, bolinib ko'payadi va B-limfotsitlar plazma hujayrasida yetiladi va rivojlanadi, mos antitelolarni sintezlaydi.Makrofaglar, T- va B-limfotsitlarning birlashgan kuchlari orga-
nizmning immunologik funksiyasini bajaradi — begona genetik moddlardan, shu qatori yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaridan himoya qiladi. Antitelo yordamida himoya shunday bajariladi: antigenga sintezlangan immunoglobulinlar antigenlar bilan birikadi.
B-limfotsitlaf bir necha bosqichlardan o'tib, plazma hujayralarini hosil qiladigan limfotsitlarga aylanadi. Plazma hujayralari antitelolarru hosil qiladi va shu antitelo yuzasida uchta immunoglobulinlar sinfi joylashadi: LqG, LqM, LqA.
Antigen va antilelolarning ta'sir etish mexanizmi — turli xil izohlarga ega. Erlix ularni kuchli kislota va kuchli ishqorlar birikishi natijasida yangi modda — tuz hosil bo'lish reaksiyasiga o'xshatgan.
Borde antigen va antitelolar bo'yoq hamda filtr qog'oz yoki yod va kraxmalga o'xshash o'z-o'zini o'zaro adsorbsiyalaydi deb hisoblaydi. Lekin bu nazariyani maxsus immunologik reaksiyalar asosida tushuntira olmaydi.
Antigen va antiteloning birikish mexanizmini Marrek (panjara nazariyasi) va Polinglar (ferma nazariyasi) gipotezalarida to'liqroq tushuntirib beradilar. Marrek antigen va antitelo birikishini panjaraga °'xshatadi, antigen antitelo bilan almashib konglomerat (aralash-quralash) panjarani hosil qiladi. Poling gipotezasiga ko'ra, antitelolar Jkki valentlikka ega (ikki spetsifik determinat), antigen esa polivalent to'lib bir qancha valentlikka ega. Antigen va antitelo birikkanda „ferma" 4urilishini eslatuvchi aglomeratni hosil qiladi. Antigen va antitelo optimal nisbatda qurollanmagan, ko'z bilan ko’rib bo'ladigan mustahkam kompleksni hosil qiladi. Antigen ko'p bо ‘lsa, har qaysi antiteloning faol markazi antigen molekulasi bilan birikaadi, boshqa antigenlar molekulasi bilan birikishi uchun antitelo etishmaydi va amalda, qurollanmagan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan kompleksni hosil qiladi. Antitelo ko'p bo'lganda panjara hosil qilish uchun antigen yetishmaydi, antitelo determinantlari va narnoy bo'ladigan reaksiya ham bo'lmaydi.
Bayon qilingan nazariyaga ko'ra, antigen va antitelolar spetsifik reaksiyalari bugunda antigen va antitelolarning faol markaz determinant guruhi o'zaro ta'sir etuvchi sifatida tanildi, chunk antitelolar antigenlar ta'sirida hosil bo'ladi, ularning tuzilishi щ-gen determinant guruhiga mosdir. Antigen determinant guruhi v antitelo faol markaz boiagi qarama-qarshi elektr zaryadiga ega va ular birikib kompleks hosil qiladi. Bu kompleksning mustahkamlm ularga ta'sir etuvchi muhit va komponentlar nisbatiga bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |