Aksiadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'G'risida



Download 429 Kb.
bet1/5
Sana01.03.2017
Hajmi429 Kb.
#3583
  1   2   3   4   5
AKSIADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA

 (Ơzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 61-modda; 1997 y., 2-son, 56-modda; 1998 y., 3-son, 38-modda; 9-son, 181-modda; 1999 y., 9-son, 229-modda; 2001 y., 1-2-son, 23-modda; 2003 y., 1-son, 8-modda; 9-10-son, 149-modda; Ơzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tơplami, 2006 y., 14-son, 110-modda; 2007 y., 29-30-son, 297-modda, 50-51-son, 506-modda, 514-modda, 52-son, 533-modda; 2008 y., 39-son, 392-modda)

I BƠLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tơğrisidagi qonun hujjatlari

Aktsiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan boğliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Ơzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.

Qishloq xơjaligi, bank, investitsiya va suğurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish choğida aktsiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining ơziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qơshimcha maъlumot uchun qarang: Ơzbekiston Respublikasi Er kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, Ơzbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tơğrisida»gi, «Suğurta faoliyati tơğrisida»gi, «Banklar va bank faoliyati tơğrisida»gi, «Investitsiya faoliyati tơğrisida»gi, «Qishloq xơjaligi kooperativi (shirkat xơjaligi) tơğrisida»gi qonunlari. Shuningdek qarang: Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 4 martdagi PF-1939-sonli «Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarini qơllab-quvvatlash chora-tadbirlari tơğrisida»gi Farmoni, Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat korxonalarini qayta ơzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalarini rơyxatdan ơtkazish va muomalaga chiqarish tartibi tơğrisida»gi nizom, Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisida nizom va Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli «Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tơğrisida» qarori.

2-modda. Aktsiyadorlik jamiyatining huquqiy holati

Ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xơjalik yurituvchi subъekt aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish choğida huquqlarga ega bơladi va majburiyatlarni ơz zimmasiga oladi.

Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va ơzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bơladi, ơz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daъvogar va javobgar bơlishi mumkin.

Jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qơlga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bơlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.

Jamiyat belgilangan tartibda Ơzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.

Banklar tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibi Ơzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan «Ơzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari tơğrisida»gi yơriqnomada belgilangan (rơyxat № 1080, 10.11.2001 y.).

Jamiyat ơzining firma nomi davlat tilida tơliq yozilgan hamda joylashgan manzili kơrsatilgan yumaloq muhriga ega bơlishi lozim. Muhrda ayni paytning ơzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham kơrsatilishi mumkin.

Jamiyat ơz nomi yozilgan shtampi va blankalariga, ơz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda rơyxatdan ơtkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa ơz belgi-alomatlariga ega bơlishga haqlidir.

Qơshimcha maъlumot uchun qarang: Ơzbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat kơrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari tơğrisida»gi Qonuni.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va taъsis hujjatlarida kơrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shuğullanishi mumkin. Jamiyat muassislari taъsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab ơtishga haqlidir.

(2-modda Ơzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan tơldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 23-modda)

3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili

Jamiyat ơz firma nomiga ega bơladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.

Jamiyat davlat tilida va ayni paytning ơzida jamiyat xohishiga kơra boshqa tillarda ơzining tơliq va qisqartma nomlariga ega bơlishga haqlidir.

Jamiyatning manzili u davlat rơyxatidan ơtkazilgan joyga kơra belgilanadi.

Jamiyat u bilan aloqa ơrnatib turiladigan pochta manziliga ega bơlishi lozim va ơz pochta manzili ơzgarganligi tơğrisida yuridik shaxslarni davlat rơyxatidan ơtkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart.

4-modda. Jamiyatning javobgarligi

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat ơz majburiyatlari yuzasidan ơziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bơladi.

(4-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — 2003 y., 1-son, 8-modda)

Aktsiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bơlmaydilar va uning faoliyati bilan boğliq ziyonlarni ơzlariga tegishli aktsiyalar qiymati doirasida tơlaydilar.

Aktsiyalar haqining hammasini tơlamagan aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan ơzlariga tegishli aktsiyalar qiymatining tơlanmagan qismi doirasida solidar javobgar bơladilar.

Jamiyat ơz aktsiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bơlmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy kơrsatmalarni berish huquqiga ega bơlgan aktsiyador sifatidagi shaxsning ğayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bơlsa, mazkur aktsiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki etarli bơlmagan taqdirda uning majburiyatlari bơyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Aktsiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aktsiyador majburiy kơrsatma berish huquqiga ega bơladi.

Jamiyat uchun majburiy kơrsatmalar berish huquqiga ega bơlgan aktsiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bơlib qolishini oldindan bilib, ơz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini kơzlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aktsiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.

(4-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Ơzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi 357-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va ettinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997 y., 2-son, 56-modda)

Davlat va uning organlari jamiyat ơz zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bơlmaydilar, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari olgan majburiyatlar yuzasidan javobgar bơlmaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

5-modda. Aktsiyadorlik jamiyatlarining shakllari

Aktsiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bơlishi mumkin. Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aktsiyadori bơlishi lozim.

(5-modda Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

6-modda. Ochiq aktsiyadorlik jamiyati

Qatnashchilari ơzlariga tegishli aktsiyalarini ơzga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bơlgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati ơzi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna ơtkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati ơzi chiqarayotgan aktsiyalarga yopiq obuna ơtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani ơtkazish imkoniyati cheklab qơyilgan hollar bundan mustasno.

Qarang: mazkur Qonunning 36-moddasi.

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni chegaralanmaydi.

(6-modda Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

7-modda. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati

Aktsiyalari faqat ơz muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bunday jamiyat ơzi chiqarayotgan aktsiyalarga ochiq obuna ơtkazishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bơlishi mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aktsiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aktsiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aktsiyadorlar reestrida rơyxatga olingan kundan eъtiboran olti oy ichida ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach sud tartibida tugatilishi lozim.

(7-moddaning ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari sotayotgan aktsiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ularning har biriga tegishli aktsiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bơlsa, ega bơladi. Agar aktsiyadorlar aktsiyalarni sotib olishda ơz imtiyozli huquqlaridan foydalanmasalar, jamiyat aktsiyadorlar tomonidan sotiladigan aktsiyalarni sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bơlishi uning ustavida kơzda tutilishi mumkin.

(7-modda uchinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Aktsiyadorlar sotayotgan aktsiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qơyiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aktsiyalar savdoga qơyilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan kơp bơlishi mumkin emas.

(7-modda Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

8-modda. Jamiyatning filiallari va vakolatxonalari

Jamiyat filiallar tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular ơzlarini tashkil etgan jamiyat tomonidan mol-mulk bilan taъminlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar asosida ish kơradi.

Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish kơradi.

Filial hamda vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bơladi.

Jamiyat ustavida uning filiallari hamda vakolatxonalari tơğrisida maъlumotlar berilgan bơlishi kerak. Jamiyatning filiallari hamda vakolatxonalariga doir maъlumotlar ơzgarishi munosabati bilan uning ustaviga kiritilgan ơzgartishlar tơğrisidagi axborot yuridik shaxslarni davlat rơyxatiga oluvchi organga maъlumot tarzida taqdim etiladi. Jamiyat ustavidagi mazkur ơzgartishlar maъlum qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat tomonidan Ơzbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar Ơzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bơlsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan erdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

(8-modda Ơzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 681-I-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan tơldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 9-son, 181-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

9-modda. Shuъba va tobe xơjalik jamiyatlari

Jamiyat yuridik shaxs huquqini olgan shuъba va tobe xơjalik jamiyatlariga ega bơlishi mumkin.

Shuъba xơjalik jamiyati ơzining asosiy jamiyati qarzlari yuzasidan javobgar bơlmaydi.

Shuъba xơjalik jamiyatiga bajarilishi shart bơlgan kơrsatmalarni berishga huquqli asosiy jamiyat ana shunday kơrsatmalarni bajarish uchun shuъba xơjalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shuъba xơjalik jamiyati bilan solidar javobgar bơladi. Asosiy jamiyatning shuъba xơjalik jamiyatiga bajarilishi shart bơlgan kơrsatmalarni berish huquqi shuъba xơjalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shuъba xơjalik jamiyatining ustavida kơzda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.

Shuъba xơjalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) bơlib qolgan hollarda asosiy jamiyat shuъba xơjalik jamiyatining qarzlari yuzasidan subsidiar javobgar bơladi. Asosiy jamiyat shuъba xơjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) bơlib qolishini oldindan bilib, yuqorida aytilgan ơz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuъba xơjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini kơzlab foydalangan hollardagina shuъba xơjalik jamiyatining nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.

Shuъba xơjalik jamiyati aktsiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shuъba xơjalik jamiyatiga keltirilgan ziyonni tơlashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat shuъba xơjalik jamiyatining muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon kơrishini oldindan bilib, ơz huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shuъba xơjalik jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini kơzlab foydalangan holdagina ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi.

Agar jamiyatga qarashli ovoz beruvchi aktsiyalarning yigirma foizidan ziyodroği boshqa ishtirokchi jamiyatga qarashli bơlsa, bu jamiyat tobe xơjalik jamiyati deb tan olinadi.

Ishtirok etuvchi va tobe xơjalik jamiyatlari ơrtasidagi ơzaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Shuningdek qarang: Ơzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-68-moddalari.

(9-modda Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

II BƠLIM. AKTsIYaDORLIK JAMIYaTINI TUZISh

10-modda. Jamiyatni tuzish usullari

Jamiyat yangidan taъsis etish va (yoki) mavjud yuridik shaxsni qayta tashkil etish (qơshib yuborish, birlashtirish, bơlish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yơli bilan tuzilishi mumkin.

11-modda. Jamiyatni taъsis etish

Jamiyatni taъsis etish yơli bilan tuzish muassislarning (muassisning) qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni taъsis etish tơğrisidagi qaror taъsis yiğilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan taъsis etilgan taqdirda jamiyatni taъsis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolğiz ơzi qabul qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat muassislari uni tuzish tơğrisida ơzaro taъsis shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ularning jamiyatni taъsis etish borasida birgalikda faoliyat kơrsatish tartibi, jamiyat ustav fondining miqdori, muassislar ơrtasida joylashtirilishi kerak bơlgan aktsiyalarning turlari, ular uchun tơlanadigan haq miqdori va bu haqni tơlash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va majburiyatlari belgilab qơyiladi.

(11-modda ikkinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Jamiyatni taъsis etish tơğrisidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni taъsis etish, jamiyat ustavini tasdiqlash, jamiyatni boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan ular qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.

Jamiyatni taъsis etish, uning ustavini tasdiqlash tơğrisidagi va muassis tomonidan jamiyat aktsiyalari haqini tơlash uchun topshirilayotgan qimmatli qoğozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash tơğrisidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish Ơzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan «Tadbirkorlik subъektlarini davlat rơyxatidan ơtkazish, hisobga qơyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi tơğrisida»gi nizomga muvofiq xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subъektlarini rơyxatdan ơtkazish inspektsiyalari tomonidan davlat rơyxatidan ơtkaziladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar adliya organlaridan davlat rơyxatidan ơtkaziladi. Korxonani xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona deb hisoblash shartlari Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrdagi PF-1652-son Farmoni bilan belgilangan.

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni taъsis etish tơğrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bơlgan organ tomonidan qabul qilinadi.

12-modda. Jamiyatning muassislari

Aktsiyadorlik jamiyatini tuzish tơğrisidagi taъsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aktsiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bơlsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bơlishi mumkin emas.

Jamiyat muassislari jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgunga qadar uning tuzilishi bilan boğliq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bơladilar. Jamiyat muassislarning uni tuzish bilan boğliq bơlgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning harakatlari keyinchalik aktsiyadorlarning umumiy yiğilishida maъqullangan taqdirdagina javobgar bơladi.

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bơladi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ-335-son qarori bilan tasdiqlangan Ơzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish qơmitasi tơğrisidagi Nizom.

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aktsiyalarni taqsimlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qarang: Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi PF-3202-sonli «Ơzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari tơğrisida»gi Farmoni va Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisida Nizom.

Oldingi tahrirga qarang.

Yopiq aktsiyadorlik jamiyati muassislari ơrtasida aktsiyalarni taqsimlash taъsis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.

(12-moddaning oltinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998 y., 3-son, 38-modda)

13-modda. Taъsis yiğilishi (konferentsiyasi)

Taъsis yiğilishi (konferentsiyasi):

aktsiyadorlik jamiyatini taъsis etish tơğrisida qaror qabul qiladi va uning ustavini tasdiqlaydi;

aktsiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi. Aktsiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda ustav fondi tegishli ravishda kơpaytiriladi;

taъsis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

chiqarilayotgan aktsiyalar turlarini hamda ularning sonini belgilaydi;

(13-modda birinchi qismi beshinchi xatboshi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi;

Oldingi tahrirga qarang.

jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi).

(13-modda birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida ettinchi xatboshi bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Taъsis yiğilishida (konferentsiyasida) ovoz berish muassislar qơshgan hissalarga muvofiq ơtkaziladi.

Taъsis yiğilishi (konferentsiyasi) qarorlarni oddiy kơpchilik ovoz bilan qabul qiladi. Taъsis shartnomasini ơzgartirish tơğrisidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi.

Davlat korxonasi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda taъsis yiğilishi ơtkazilmaydi.

14-modda. Jamiyatning taъsis hujjatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Taъsis yiğilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning taъsis hujjati hisoblanadi.

(14-moddaning matni Ơzbekiston Respublikasining 2003 yil 30 avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 149-modda)

15-modda. Jamiyatning ustavi

Jamiyatning ustavida quyidagi maъlumotlar bơlishi lozim:

Oldingi tahrirga qarang.

firmaning tơliq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan eri (pochta manzili);

(15-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Ơzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi 832-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 9-son, 229-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

faoliyat sohasi (asosiy yơnalishlari), maqsadi va muddatlari;

(15-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi Ơzbekiston Respublikasining 2007 yil 21 dekabrdagi ƠRQ-135-sonli Qonuni tahririda — ƠR QHT, 2007 y., 50-51-son, 514-modda)

ustav fondining miqdori;

ustav fondini kơpaytirish yoki kamaytirish tartibi;

chiqarilayotgan aktsiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aktsiyalarning nisbati;

daromad (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararni qoplash tartibi;

zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;

jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari;

jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari aъzolarining soni, ularni saylash tartibi, bu organlarning vakolatlari;

yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;

jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi.

Oldingi tahrirga qarang.

jamiyatning ijroiya organini tuzadi (saylaydi, tayinlaydi);

(15-moddaning birinchi qismi Ơzbekiston Respublikasining 2008 yil 26 sentyabrdagi ƠRQ-183-sonli Qonuni asosida ơn uchinchi xatboshi bilan tơldirilgan — ƠR QHT, 2008 y., 39-son, 392-modda)

Jamiyat ustavida bitta aktsiyadorga tegishli bơlgan aktsiyalar soni va ular nominal qiymatining summasi cheklab qơyilishi mumkin.

Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bơlmagan boshqa qoidalar ham bơlishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat aktsiyador yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga binoan ustavda belgilangan muddatlarda ularga jamiyat ustavi, shu jumladan unga doir ơzgartishlar va qơshimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat aktsiyadorning talabiga binoan jamiyatning amaldagi ustavidan nusxa olib berishi shart.


Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish