Sxm -202 Xurramov Sodiq Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib chiqadigan muammolar. Reja



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#556178
  1   2   3
Bog'liq
Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib chiqadigan muammolar



 
SXM -202 
Xurramov Sodiq 
 
Ozbekistonda yer resuslaridan foydalanishda kelib 
chiqadigan muammolar . 
REJA: 
1.
 
Ozbekistonda yer resuslari. 
2.
 
QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI 
FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
3.
 
Adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
Iqlim o‘zgarishi sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish 
masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminarida bu 
haqida gapirildi. Ushbu tadbir jahon hamjamiyati tomonidan har yili 
22 aprelda nishonlanadigan Umumjahon Yer kuni bayramiga 
bag‘ishlandi. 
Osiyoning ikkita buyuk daryolari oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston, 
haqiqatdan ham boy tabiiy landshaftlarga, yer osti boyliklari va 
resurslariga ega. Raqamlar ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston 
yer fondining umumiy maydoni 44,9 mln. gektarga teng. Hozirgi 
paytda O‘zbekiston yer fondining 9,7 % (4315,7 ming gektar) 
sug‘oriladigan dehqonchilik bilan band, 2 % ga yaqini (756,3 ming 
gektar) tog‘ oldi lalmikor yerlari, 47 % (21128 ming gektar) dasht va 
yarim dasht yaylovlari, 8 % ga yaqini (3434 ming gektar) 
o‘rmonzorlar. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faoliyatining jiddiy 
intensifikatsiyasi bilan birga tabiiy resurslarni saqlash va ulardan 
oqilona foydalanishda muammolar yuzaga keladi. 
Ushbu masalalarning muhokamasi va hal qilinishi o‘tkazilgan 
seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi. BMT Rivojlanish dasturi, Global 
Ekologik Fond va O‘zbekiston Respublikasining Davlat yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi 
(Davergeodezkadastr qo‘mitasining) «O‘zbekistonning tog‘li, yarim 
dasht va dasht landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil 
yerlardan raqobatlashuv tarzida foydalanish natijasida tabiiy 
resurslardan foydalanishga bosimni kamaytirish» qo‘shma 
loyihasining mutaxassislari va milliy sheriklari yer resurslarini oqil ona 
boshqarish va muhofaza qilishning huquqiy, iqtisodiy va ekologik 
jihatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqishdi. 


Ma’ruzachilarning taqdimotlarida quyidagi dolzarb mavzular tilga 
olindi: O‘zbekistondagi qurg‘oqchil yerlarni boshqarishni 
takomillashtirish yo‘llarini aniqlash; yaylov va lalmi yerlarning 
unumdorligini yaxshilash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish 
usullari; yer resurslari sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalari; 
yer resurslaridan barqaror foydalanish va toza q/x (organik) 
mahsulotlarini olishning asoslari. 
Uchrashuv doirasida so‘zga chiquvchilar O‘zbekistonda yerlarning 
hisobini yuritish va inventarizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy usullarni 
ishlab chiqish va joriy etish masalalari, jumladan tuproq yuzasini 
o‘rganishda raqamli tuproq xaritashunosligi, tuproq-geografik 
ma’lumotlar bazasi, geografik axborot tizimlari (GAT texnologiyalari) 
va yerlarni masofali zondlash (YeMZ) texnologiyalari mavzularini 
yoritishdi. 
Ushbu majlis zamonaviy yerdan foydalanish, tabiiy resurslardan 
foydalanish, ekotizimlar va agroekolandshaftlar xizmatlariga oid 
dolzarb muammolarni va ularning kesimida kelib chiqadigan 
muammolar va tahdidlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi. 
Seminar ishtirokchilari shuni qayd qilishdiki, tabiiy resurslarni, 
xususan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarni 
boshqarishni takomillashtirish uchun davlat tomonidan yordami bilan 
birga mahalliy aholining faol ishtiroki zarur. Shuningdek, barqaror, 
ekologik maqbul qishloq xo‘jaligi tamoyillariga asoslangan yerdan 
foydalanish tamoyillarini kelgusida ko‘rib chiqish, to‘plangan 
mahalliy va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari muhokama 
qilindi. 
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari 
qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik Harakati va «UZGIPROZEM» 
GNIIP bilan hamkorlikda tashkil qilindi. 
*** 
«O‘zbekistonning tog‘li, yarim dasht va dasht landshaftlaridagi 
sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlardan raqobatlashuv tarzida 
foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanishga bosimni 


kamaytirish» qo‘shma loyihasi haydaladigan lalmi yerlar, yaylovlar va 
o‘rmonlarni kompleks va barqaror boshqarishni amalga oshirish uchun 
strategiya, qonunchilik va institutsiyaviy bazani ishlab chiqilishi va 
takomillashtirishga qaratilgan.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish