O’qituvchi:Fil fontanda cho’mildi,
Faqat yarmi ko’mildi
She’r o’rgatiladi
Bo’g’in nima,bo’ginni qaysi tovush hosil qiladi?
Hozir sizlar bilan bo’g’inlar o’qiymiz.
Shu bo’g’inlar bilan boshlanadigan so’zlar so’rash.
Kitobdagi har bir so’zlar o’qitiladi va ma’nosi slayddagi rasmlar yordamida ochiladi.
Fil qaysi harf bilan boshlanadi?
Fil haqida qiziqarli ma’lumot beriladi
Fil — quruqlikda yashaydigan eng ulkan hayvon. Fil tashqi ko’rinishi, g`alati tabiati bilan boshqa hayvonlardan keskin ajralib turadi.
Fil ko’rinishidan beg`am, qo’pol va beso’naqay bo’lsada, aslida ziyrak, hushyor va tabiati nozik hayvondir. Fil gavdasining balandligi 3,5 metrgacha, og`irligi 4,5 tonnagacha boradi. Xartumi — filning hidlash, sezish va ushlash a’zosidir.
U xartumi yordamida besh kilometr naridagi hidni seza oladi. Fil og`ziga ozuqani xartumi bilan uzatadi. U xartumiga 10—20 litr suvni tortib oladi-da, keyin og`ziga quyib ichadi, xartumiga suv olib o’zini cho’miltiradi.
Fil xartumida yo’g`on-yo’g`on xodalarni o’yinchoqday ko’taradi. Xartum ichida barmoqlarga o’xshash tarmoqchalar horki, fil ular yordamida yerdan juda mayda narsalarni, hatto o’tlar orasidan ignani ham topib oladi.
Fil xartumi bilan urib odamni oldirishi, yo’lbarsni esa mayib qilishi mumkin.
Fillar 70-80 yil umr ko’radi.
Fil ko’rinishidan qo’pol bo’lsada, daraxtlar orasidan epchillik bilan o’tadi. Fil yurganda changalzorda na barglarning shitirlashi va na shox-shabbalarning ovozi eshitilmaydi. Fil yurgan yo’ldan ohu yurganda ham ovoz chiqishi mumkin. Fil shunday ehtiyotkor hayvon.
Bitta fil kuniga 100—200 litr chamasi suv ichadi. Suvni ko’rdimi, o’tib ketolmaydi. Darhol suv ichadi, yuvinadi, cho’miladi. Fil suvda rohatlanib, miriqib cho’milishni yoqtiradi. Beso’naqayligiga qaramay, suvda yaxshi suzadi, ustidagi yuklari bilan ham daryodan suzib o’ta oladi.
Fil ahamiyatli hayvon hisoblanadi. Biron falokat ro’y bergudek bo’lsa, ular bir-birlariga ko’maklashadilar. Fil jarohatlansa yoki xastalansa, sheriklari uni xartumi va tishlari bilan oyoqqa turg`izib, suyab, xavf-xatarsiz joygacha eltib qo’yadilar.
Fillarning xotirasi juda yaxshi. Ular o’zini qiziqtirgan yoki kuchli taassurot qoldirgan narsalarni, voqealarni bir necha yilgacha eslaridan chiqarmaydilar. Filni jabrlasangiz, u buni aslo unutmaydi. Ko’p marta ozor bergan kishidan fil qasos olishi ham mumkin.
Fil biron kimsaga mehr qo’ysa, uni hech yodidan chiqarmaydi. Ichib mast bo’lgan egasini uyiga eson-omon eltib qo’yadigan, bola boqadigan fillar ham bor.
Fil, umuman, yuvosh hayvon. Ammo jazavasi qo’zisa… qilg`ilikni qiladi.
Yer sharida fillarning ikki turi mavjud, bulardan biri hind fili. Ikkinchisi — Afrika fili
“So’z boyligimizni oshiramiz” o’yini
Fazogir,sharaf,shafqat
“Harflarni toping” o’yini
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
qator.”Xotira” mashqi
qator:”Ortiqchasini top” metodi
qator:”Ha yoki yo’q”o’yini
V.O’quvchilarni baholash
G’olib o’quvchi aniqlanadi va “Oltin toj” kiydiriladi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarning ota-onasiga tashakkurnomalar beriladi.
VI.Uyga vazifa:
O ’quvchilarga rasmlar tarqatiladi va f harfi bilan boshlanadigan rasmni bo’yashlari so’raladi.f harfli so’zlar topib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |