Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
tillardan so’z olish yo’li bilan ham ifodalanadi. Bunday so’zlar olinma so’zlar hisoblanadi. Shuni bilingki, dunyoda
boshqa tillardan so’z olmaydigan bironta ham til yo’q. Kurash, yonbosh, chala, halol so’zlari dunyoning barcha
tillariga kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni
ifodalovchi olinma so’zlar hisobiga boyib bormoqda.
116.Eskirgan so’zlar. Tilimizning ma’lum davrida qo’llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so’zlarga eskirgan
so’zlar deyiladi. So’zlarning eskirishi ikki xil yo’l bilan amalga oshadi. 1. So’z o’zi ifodalagan tushuncha bilan
birgalikda eskiradi. Bunday so’zlarga tarixiy so’zlar deyiladi. 2. So’z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so’z
bilan nomlanadi. Ularga arxaik so’zlar deyiladi.
117.Yangi so’zlar. Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so’zlarga yangi so’zlar deyiladi.
118.Iboralar. Ma’nosi bir so’zga teng keladigan so’zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Iboralar gap tarkibida
yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap bo’lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali
qiladi. 119.Iboralarning qo’shma so’z va so’z birikmalaridan farqi. Iboralar ikki va undan ortiq so’zlardan tashkil
topgani bois qo’shma so’z va so’z birikmalariga o’xshaydi, lekin ular ko’chma ma’noga ega ekani, ta’sirchanligi
bilan qo’shma so’zlardan; barqarorligi, nutqqa tayyor holda olib kirilishi bilan so’z birikmalaridan farqlanadi.
Solishtiring. Iboralar: tepa sochi tikka bo’lmoq – achchiqlanmoq, qovog’idan qor yog’moq – xafa bo’lmoq, og’zining
tanobi qochmoq – sevinmoq; so’z birikmalari: uzun sochli, qalin qovoq, uyga ketmoq; qo’shma so’zlar: To’ytepa,
laylakqor, bodomqovoq.
120.Tasviriy ifoda. Biror narsa va boshqa bir narsa va hodisaga o’xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda
deyiladi. Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Masalan: o’rmon podshosi – sher.
Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.
121.Atamalar. Illmiy atamalar. Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun
qo’llanilgan so’zlarga atama deyiladi. Atamalar qo’llanilishiga ko’ra ilmiy va kasbiy atamalarga bo’linadi. Ma’lum
bir fan doirasida qo’llaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi. Atamalar ikki yo’l bilan hosil bo’ladi. 1.
Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so’zlar umumxalq
tilida bir ma’noni, fan tilida boshqa ma’noni bildiradi. Masalan: ot, ildiz, hol, fe’l. 2. Boshqa tillardan ilmiy tushuncha
uchun atama olish orqali. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi. Masalan: kasr,
musbat, manfiy.
122.Kasbiy atamalar. Ma’lum kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo’llaniladigan so’zlarga
kasbiy atama deyiladi.
123.Shevaga xos so’zlar. Bir tilning faqat ma’lum hududiga xos bo’lib, boshqa joylarda o’zgacha nom bilan
yuritiladigan so’zlar shevaga xos so’zlar sanaladi. Bu so’zlardan bittasi umuxalq tili bo’lgani adabiy til uchun qabul
qilinadi va ana shu so’z adabiy til uchun me’yor sanaladi. Masalan, do’ppi so’zi adabiy me’yor, kallapo’sh, qalpoq,
takya esa shevaga xos so’zlardir.
124.Olinma so’zlar. Boshqa tillardan o’zbek tiliga kirib o’zlashib qolgan so’zlarga olinma so’zlar deyiladi. Masalan:
radio, televizor, tramvay, kollej, litsey. So’zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o’rtasidagi siyosiy, ijtimoy, madaniy
va boshqa aloqalar natijasida o’zlashadi.
125.Lug’at va lug’atshunoslik. Tilimizdagi so’zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug’at, lug’at tuzish
qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug’atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.
126.Lug’at turlari va ulardan foydalanish. Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi
lug’at izohli lug’at hisoblanadi. Bir tildagi so’z ikkinchi tilda qanday so’zga teng kelishini ko’rsatuvchi lug’at tarjima
lug’at sanaladi. So’zlarning to’g’ri yozilishini ko’rsatuvchi lug’atga imlo deyiladi.
Lug’at oldiga qo’yilgan maqsadiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi: izohli lug’at, tajima lug’ati, imlo lug’ati va
boshqalar.
TESTLAR
1. Til qanday hodisa? A) tabiiy B) tarixiy C) ijtimoiy D) fizik
Do'stlaringiz bilan baham: |