Farzona. Ziyoli ziyokorlar ziyosi. Nasriddin Rahmonov
A) sirg‘aluvchilik va jaranglilik xususiyatiga ko‘ra B) portlovchi va jarangliligiga
ko‘ra С) portlovchi va sirg‘aluvchilik xususiyatiga ko‘ra D) jarangliligi va
jarangsizligiga ko‘ra
21. Quyidagilardan ng undoshi ishtirok etgan so‘zlarni keltiring.
A) ong, bong, tong, hang-mang, ko‘ngil, singil, dengiz, kelingiz, tungi
B) shtanga, kongress, singil, dengiz, kelingiz
C) tonggi, tungi, shtanga, kongress, miting D) ong, bong, tong, hang-mang, ko‘ngil, singil, dengiz, kelingiz 22. U
bizning jonajon Vatanimizdir. Ushbu gapdagi «vatanimiz» so‘zi nima sababdan bosh harf bilan yozilgan?
A) undalma bo‘lganligi uchun B) mantiqiy urg‘u olganligi, asosiy fikr qaratilgani uchun
С) gapning mazmunini tashkil etganligi uchun D) kuchli hayajon bilan aytilgani uchun
23. A.Qahhorning bolaligi o‘tgan qishloqlarni sanang.
A) Yaypan, Qudash, Nursux, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on
B) Yaypan, Yakkaqurt, Nursux, Buvayda, Tolliq, Qo‘shbozor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on
С) Yaypan, Qudash, Nursux, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Chimyon
D) Qudash, Nursux, Buvamat, Vodil, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on
24. 30-yillarning o‘rtalarida bolaligimni o‘ylaganimda chalakam-chatti tush ko‘rgan edim () dumli yulduz chiqqan
edi () Babar (Bobur bo‘lsa kerak) degan yigitni otqorovul miltiq bilan otganda o‘lmagan edi... Ushbu gapdagi
tegishli o‘rinlarda qanday tinish belgilar ishlatiladi? A) nuqtali vergul (;), nuqta (.) B) ikki nuqta (:), vergul (,)
С) ikki nuqta (:), nuqtali vergul (;) D) nuqta (.), ikki nuqta (:)
25. Fonema yordamida farqlanmaydigan paronim so‘zlarga misol keltiring.
A) sa’va – sava, da’vo – davo B) san’at – sanat, she’r – sher C) ta’na – tana, urush – urish D) A va B
26. Unli fonema yordamida farqlanadigan bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga misol keltiring.
A) odim – odam, barmoq – bormoq, urush – urish B) azim – azm, xalos – xolos, paxta – puxta
C) ahl – ahil, kaft – kift, chap – chop D) barchasi
27. Jarangli va jarangsiz undosh ta’sirida paronimik qatorni yuzaga keltiradigan so‘zlarga misol keltiring.
A) odim – odam, barmoq – bormoq, urush – urish B) san’at – sanat, she’r – sher
C) sud – sut, dars – darz, yod – yot, mard – mart, qars – qarz D) barchasi
28. Urush, noming o‘chsin jahonda,
Hamon bitmas sen solgan alam... Satrlar muallifi kim?
A) Zulfiya B) Saida Zunnunova С) M.Yusuf D) Oybek
29. Besh asirkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir she’r. Misralarda qaysi so‘zlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy xato bor?
A) zanjirband, asir B) she’r, zanjirband С) asir, she’r D) asir, nazmiy
30. Urish, noming o‘chsin jahonda. Gapda qaysi so‘zni qo‘llash bo‘yicha uslubiy xato bor?
A) jahonda B) urish С) o‘chsin D) bu gapda uslubiy xato mavjud emas
31. Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. Gapdagi qaysi so‘z noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) konsert B) sanat С) tomosha D) saroy
32. Qo‘sh undoshlarning biri tushib qolgan taqdirda paronimik xususiyat hosil qiladigan so‘zlarga misol keltiring.
A) karra, zarra B) tilla, qattiq С) hamma, ikki D) arra, chaqqon
33. Osmon so‘zining ma’nodoshini keltiring.
A) oftob, tepa B) samo, quyosh С) ko‘k, oftob D) ko‘k, samo
34. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ko‘kka yetguncha. Ushbu
maqolda so‘zlarning shakl va ma’nosiga ko‘ra qanday turlari qatnashgan?
A) zid ma’noli so‘z, shakldosh so‘z B) sinonim va omonim С) zid ma’noli va paronim D) shakldosh va paronim 35.
Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ko‘kka yetguncha. Ushbu gapda qanday
so‘z o‘yini bor? A) singarmonizm B) epitet C) alliteratsiya D) elliziya 36. Shaxsga nisbatan qo‘llanadigan «to‘g‘ri»
so‘zining ma’nodoshlarni keltiring.
A) iymonli, diyonatli B) halol, odobli С) insofli, tarbiyali D) vijdonli, insofli
37. «Dushman» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring. A) do‘st, yor B) yov, g‘anim С) hamroh, o‘rtoq D) qarshi,
yov 38. «Sanoqli» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.
A) o‘lchovli, hisobli B) hisoblangan, sanalgan С) tartiblangan, tizimli D) barchasi
39. «Tayyor» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.
A) muhayyo, shay B) hozir-u nozir, shaylangan С) tayyor, hozir D) barchasi
40. «Ozodlik» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.
A) erkinlik, istiqlol B) erkinlik, mustaqillik C) hurlik, mustaqillik D) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |