III BOB. “CHIMYON MASHTEXSERVIS” MCHJNING BOZOR QIYMATINI PUL OQIMLARINI DISKONTLASH USULI YORDAMIDA BAHOLASH AMALIYOTI.
3.1. Retrospektiv tahlil va pul oqimlari miqdorini hisoblash.
Pul oqimi qiymatlarini to'g'ri hisoblash uchun xarajatlar, investitsiyalar va yalpi sotishdan tushgan tushumni tahlil qilish zarur.
Yalpi daromadni bashorat qilishda quyidagilar hisobga olinadi: mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish hajmi va narxi, mahsulotga talab, ishlab chiqarish quvvati, iqtisodiy vaziyat mamlakatda va umuman sanoatda raqobat, shuningdek kompaniya rahbariyatining rejalari.
Axborotlarni yigish va tahlil etish. Ushbu ishni amalga oshirish uchun axborotlarni izlash va yig’ish turli maʼnbalar manbaini jalb qilgan holda har xil tarmoqlar orqali amalga oshirildi.
Ushbu ishda foydalanilgan, axborot maʼnbalarini quydagi kategoriyalarga jamlash mumkin:
Balansda saklovchidan obʼektda olingan, xujjatlar;
Bozorning turli suʼektlaridan olingan bozordagi muxit haqida axborot.
jadval.
Buyurtmachidan olingan va baholash protsessida foydalanilgan maʼlumotlar.
T/r
|
Nomlanishi
|
Izoh
|
1
|
Farg’ona tumani yer tuzish va ko’chmas mulk xizmati tomonidan tayyorlangan kadastr hujjatlari to’plami.
|
02.03.2016 yil. № 2062.
|
2
|
Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis” MChJ Nizomi
|
Farg’ona tumani Hoqimligi huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarni ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyasi 2016 yil 14 oktabr kungi №259-sonli reyestr raqami hamda taʼsischilarni umumiy yig’ilishi qarori bilan tasdiqlangan.
|
3
|
Yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi davlat akti
|
Kadastr hujjati
|
4
|
Ro’yxatga olinganligi haqida Farg’ona tumani hoqimligi tadbirkorlik subʼektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish inspeksiyasi tomonidan berilgan guvohnoma.
|
14.10.2016 yildagi № 259-sonli .
|
|
Buxgalteriya hisoboti (Forma№1,2)
|
01. 01. 2016
|
|
Buxgalteriya hisoboti (Forma№1,2)
|
01. 01. 2017
|
|
Buxgalteriya hisoboti (Forma№1,2)
|
01. 01. 2018
|
|
Buxgalteriya hisoboti (Forma№1,2)
|
01. 10. 2018
|
|
Biznes reja
|
2018- yilga.
|
|
Asosiy vositalar ro’yxati
|
01.10. 2018 yil.
|
|
Asosiy vositalarini texnik holati haqida dalolatnoma.
|
01.10. 2018 yil.
|
|
MChJning haqida maʼlumot
|
01.10. 2018 yil.
|
|
Debitor va kreditorlik qarzlari haqida maʼlumot
|
01.10. 2018 yil.
|
|
Ro’yxatdan o’tkazish hujjatlari
|
|
Bozordagi muhit haqidagi axborotni quydagilar tashkil etadi:
• O’zimizdagi qiymatlar va ommoviy axborot vositalarida eʼlon qilingan axboroti, savdo axboroti ustqo’ymalarini hisobga olgan holda reklama nashiriyotlarining listinglari, ijara shartnomalari yoki ijara stavkalari haqida maʼlumotlar.
• Baholash kampaniyasidagi ilmiy-texnik va adabiyotlardan, shuningdek Internet tarmog’idan (www.glotr.uz, httr://besthome.uz, www.makler.uz , www.rasprodaja.uz.) olingan maʼlumotlar, maxsus nashirlar, analitik tahlillar va boshqalar)
• Umum iqtisodiy va tarmoq axboroti(O’zR statistika DK maʼlumotlari, pul kredit siyosati Markazining moliya bozori tahlilini har choraklik analitik byulleteni, maxsus nashirlar, anlitik tahlillar va boshqalar)
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» masʼuliyati cheklangan jamiyati o’zoq yillardan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda, Farg’ona tumani xoqimligining tadbirkorlik subʼektlarini ro’yxatga olish inispektsiyasi tomonidan 14. 10. 2016 yilda berilgan № 259-sonli qayta ro’yxatdan o’tganligini tasdaqlovchi guvohnomaga ega bo’lib, o’zini mablag’ bilan taʼminlash asosida foyda olish uchun mamlakat bozorini turli mahsulotlar, ishlar va xizmatlar bilan to’ldirishni o’z oldiga maqsad qilib, tashkilot, fermer va shirkat xo’jaliklari qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarga va boshqa o’zaro aloqalar o’rnatilgan korxona va tashkilotlarga, mulkchilikdan qatʼiy nazar modiy texnikaviy resurslarni kelishilgan narxda erkin savdo yo’li bilan yetkazib berish, transport vositalarini qayta rekonstruktsiya qilish va qishloq xo’jalik texnikalarini saqlash va sozlash va taʼmirlashdan iboratdir.
Korxonaning va uning mulkiy kompleksini qiymati ko’pincha uning moliyaviy –iqtisodiy holati va uning kelajakdagi rivojlanishi, tarmoqqa mansubligi, ishlab chiqarish – texnik patensiali, afzalliklarga egaligi va uning geografik joylanishidagi kamchiliklari, transport magestrallarining yaqinligi, raqobot muhiti, xududning afzalligi, undagi ishchanlikni darajasi, injenerlik – kammunikatsiya infratuzilmasining holati va o’ziga xosligi, faoliyatiga qonuniy chegaralar va boshqalar bilan aniqlanadi.
Jamiyatni tashkil etishdan maqsad: O’zbekiston iqtisodiyotiga yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tadbiq etish, ichki bozorni xalq isteʼmoli tovarlari bilan to’ldirish, shuningdek turli xil tijorat xizmatlarini ko’rsatish, natijasida taʼsischilar manfatlari uchun foyda olish.
Baxolash kuniga Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» MChJini 15:13:02:04:01:0082-sonli va 02.03.2016 yilda tayyorlangan №2062 sonli kadastr hujjatlari asosan umumiy yer maydoni 24400 m2 ni tashkil etadi. Shundan bino va inshoatlar egallagan maydon 10039,49 m2 ni, asfalt bilan qoplangan qismi 2868,20 m2 ni tashkil etadi.
Kadastr xujjatlariga asosan Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» MChJni injnerlik kamunikatsiyalari quydagini tashkil etadi:
• Elektr taʼminoti mavjud.
• Gaz taʼminoti mavjud.
• Kanalizatsiya mahalliy
• Telefon mavjud emas
• Lift mavjud emas.
• Аvtotransport kirishi uchun yo’l mavjud.
• Temir yo’l mavjud emas.
• Suv taʼminoti mavjud.
• Isitish tarmog’i mavjud emas.
Ishchi komissiyasi tomonidan berilgan maʼlumotlarda Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida infratuzilma obʼektlari, tugallanmagan qurilish, yangi o’rnatilmagan dastgohlar va tabiiy boyliklar mavjud emas.
Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» masʼuliyati cheklangan jamiyati yagona soliq tizimida soliqqa tortilishi sababli soliq organlariga har yilning oxirgi holatiga ya’ni yangi yilning boshiga buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar hisobotlarini topshiradi.
Farg’ona tumani «Chimyon mashtexservis» MChJ uzoq muddatli aktivlari ko’chmas mulklarni, va boshqa asosiy vositalarni oladi. Korxonaning barcha mulklari Farg’ona viloyati Farg’ona tumani Mustaqllik ko’chasi hududida joylashgan.
2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |