Maqsad: Ta`limiy : o`quvchilarga q va g` undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shimchalarning qo`shilishi va yoshilshi haqida ma`lumot berish



Download 265,69 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi265,69 Kb.
#16879
Mavzu: Q , G` undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shimchalarning qo`shilishi va ularning imlosi.

Maqsad:



  1. Ta`limiy : o`quvchilarga q va g` undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shimchalarning qo`shilishi va yoshilshi haqida ma`lumot berish;

  2. Tarbiyaviy : o`quvchilar ongiga vatanparvarlik , rostgo`ylik milliy qadryatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi: bolalarning badiiy dunyo qarashini kengaytirish va og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars uslubi : “Aqliy hujm ” , ”Tez yurar ”, “Sizdan ugina, bizda bugina”, “Klaster”, “Ssirli sandiq”, “Kim epchil-u kim chaqqon”, “G`alaba cho`qqisi”, “Ertak darsi”

Dars jihozi : 5-sinf ona tili darsligi , rasmlar, tarqatmalar, sirli sandiq, electron darslik, testlar, diktantlar to`plami.

Dars xili : yangi bilim berish

DTS talabi : q va g` undoshlari bilan tugagan so`larga qo`shimchalar qo`shilishi va ularning imlosini bilish.

Fanlararo bog`lanishi: adabiyot,tarix,matematika, ingliz tili, tabiat.

Darsning borishi :



  1. Tashkiliy qism 5 daqiqa

  1. Salomlashish

  2. Davomatni tekshirish

  3. Guruhlarga ajratish.

2. Kirish :

A) Ma`naviyat daqiqasi

B) O`tilgan mavzularni o`zlashtirganligini tekshirish.

C) Uyga vazifani tekshirish

3. Asosiy qism:

Reja:


  1. Q va g` undoshlari talaffuzi va imlosi

  2. Q va g` undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shimchalarning qo`shilishi va ularning imlosi.

  3. Mustahkamlash.

  4. Uyga vazifa.

Darsning shiori:

“Ilmdan boshqa najot yo`q va bo`lmagay”

Imom al – Buxoriy


  • Assalomu alaykum ,

  • Vaalaykum assalom.

Mustaqil hur diyorda ,

Ochilgan gul lolalar



  • Xush kelibsiz aziz ustoz,

Sizdir qalblarda e`zoz

  • Xushvaqt bo`ling o`quvchim

Sog`misiz , omonmisiz?

Darsimga tayyornisiz



Darsingizga tayyormiz.

  • O`tiring , qiz – o`g`illar

Mushtoq sizga o`rinlar.

  • Tashakkur

  • Ayting, nelar zamonda ,

Ayniqsa siz tomonda.

  • Ko`plab yangiliklar bor,

So`ylamoqqa biz tayyor.

(navbatchi axboroti eshitiladi ingliz tilida)

Yangiliklar aytiladi.


  1. Yurtboshimiz I.A.Karimovning 2015-yil “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari nashr qilindi. Asar 14 ta mavzudan iborat.

  2. Bu yul fasohat mulkining sohibqironi A. Navoiy tavalludining 575 yilligi keng nishonlandi.

  3. Shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludining 533 yilligi keng nishonlandi.

  4. BMT tomonidan 21-fevral xalqaro ona tili kuni deb e`lon qilingan.

  5. 2016-yil E. Vohidov tavalludining 80 yilligi nishonlanadi.

  6. Sohibqiron A. Temurning 680 yilligi nishonlanadi.

  7. Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuyi muallifi M Burhonov bu yil 100 yilligi nishonlanadi.

  8. 2016 – yil “ Sog`lom ona va bola yili” deb e`lon qilindi.

  • Hozir qaysi fan oyligi ?

  • Matematika, informatika.

  • Matematik olimlardan kimlarni bilasiz?

  • Xorazmiy , Beruniy, Mirzo Ulug`bek, Ibn Sino , Farg`oniy.

  • Fevral oyida adabiyotimizning qo`sh ustuni A. Navoiy va M. Ulug`bek tavallud kunlarini nishonladik .Qani, bu ijodkorlar ruboiy, tuyuq, g`azallaridan bilasizlarmi ?

(o`quvchilar ifodali o`qib beradilar , ingilizcha ma`lumot beradilar)

  • Rahmat , bolajonlar. Demak darsimiz ona tili.

  • Til – bu millatning ko`zgusi.

Ona tili – bu millatning ruhidir.

Ming yillarkim bulbul kalomi

O`zgarmaydi yaxlit hamisha

Amma sho`rlik to`tining hohi

O`zgalarga taqlid hamisha

Ona tilim sen borsan shaksiz,

Bulbul kuyin she`rga solaman .

Sen yo`qolgan kuning shubhasiz,

Men ham to`ti bo`lib qolaman .

Guruhlar “G`alaba cho`qqisi” o`yini orqali nomlanadi.

(bunda o`quvchilar ajdodlarimiz nomlarini yozadilar)

Guruhlar:

1-guruh “Qaldirg`och”

2-guruh “Boychechak”

(o`quvchilar guruh nomlarini izohlaydilar, she`r va qo`shiq aytadilar)

Uyga vazifa :

406-mashq so`raladi.

“Ko`chat ekib, bog` yarat “ mavzusida matn tuzing , unda q va g` undoshi qatnashgan so`zlardan foydalaning.

( o`quvchilar vazifani o`qib , izohlaydilar , o`qituvchi baholaydi)

O`tilgan mavzuni so`rash:

Bir bor ekan, bir yo`q ekan , qadim o`tgan zamonda qo`rg`ontpa tomonda 28- maktab bor ekan , kunlarning birida shu maktabning 5- b sinfiga o`rmondan tipratikan va quyoncha mehmonga kelishibdi. Ular o`quvchilarni bilimlarini sinash uchun o`zlari bilan birga tezkor savollar hamda boshqatirma olib kelibdi. Qani o`quvchilar ularni sovg`asini olish uchun savollarga javob berishimiz va boshqatirmalarni yechishimiz lozim.

( guruhdan bittadan o`quvchi boshqatirmani yechadilar , qolgan o`quvchilar esa tezkor savollarga javob berdilar)

Tezkor savollar:


  1. G` jaranglimi - jarangsiz ?

  2. G` ning jarangsiz jufti ?

  3. So`z oxirida g` bilan tugagan so`zga misol ayting.

  4. Jarangsiz jufti yo`q undosh tovushlari ?

  1. Q jaranglimi - jarangsiz ?

  2. G` jaranglimi - jarangsiz ?

  3. Taqsimot so`zining yozilishi

  4. Oxiri q undoshi bilan tugagan so`zlarga misollar keltiring.

Yangi mavzu bayoni :

  • Bugungi yangi mavzuq, g` undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shimchalarning qo`shilishi va ularning imlosi.

Bugungi mavzu bayoni uchun kelishik va egalik shakllarini bilishingiz zarur .

Xo`sh kelishik shakllari deb nimaga aytiladi ?



  • Otlarga qo`shilib , ularni o`zidan keyin kelgan boshqa so`zlarga tobelashtirib bog`lab keladigan qo`shimchalarga kelishik qo`shimchalari deyiladi.

  • Tilimizda nechta kelishik bor ?

  • 6 ta ular:

Har bir kelishikni bittadan qo`shimchasi bor. Jo`nalish kelishigining qo`shimchasi - ga bo`lsada - qa , ka shakllari bor. Demak, o`quvchilar q va g` bilan tugagan so`zlarga jo`nalish kelishigining qaysi shakli qo`shilishini bilishimiz zarur.

Q bilan tugagan so`zlarga:

G` undoshi bilan tugagan so`zlarga - ga tarzida qo`shiladi.




  • Egalik qo`shimchalari deb nimaga aytiladi ?

  • Otlarning uch shaxsdan biriga qarashi ekanini bildirgan qo`shimchalarga egalik qo`shimchalari dyiladi.

im imiz


Kitob ing Kitob ingiz

I(si) ilari



  • Egalik qo`shimchalari q va g` tugagan undoshlarga qo`shilishining o`ziga xos qonun – qoidalari bor .

Buni siz ham doim yodda tutishingiz kerak.

Yangi mavzuni yanada yaxshiroq o`zlashtirish uchun darslikdagi topshiriq va mashqlarni bajaramiz.

Mustahkamlash:

Topshiriq:

( “Kim epchil-u, kim chaqqon” o`yini orqali topshiriq bajariladi.)

Tog`-tog`ga , qishloqqa , buloqqa.

Bog` - bog`ga, o`tloqqa , pishloqqa.

Chopiqqa, dog`ga , buloqqa , yog`ga.

407-mashq

“Bog`da ” mavzusida matn tuzing.

“Sizdan u gina bizdan bugina ” usuli orqali bajariladi.

1 – Guruh . Bog`da

Kuz keldi. Qushlar issiq o`lkalarga uchib ketdilar. Otamning bog`i dalahovlisi oldida joylashgan. U yoqqa oilamiz ham bordi. Bog`da pishgan olmalarni terdik .

2 - Guruh.

Daraxtlarning barglari sarg`ayib to`kila boshladi. O`rtog`im Ahror bilan otamning bog`iga bordik

Bog` qishlog`imizdan uzoq emas . Olmalarni yashiklarga joyladik.

408- mashq. Yozuv taxtasida bajariladi. “Sirli sandiq” dan so`zlar olib yozuv taxtasiga yozadilar

1-guruh 2- guruh

Yarog`ga Bayroqqa

Butoqqa Tog`ga

O`rtoqqa O`choqqa

Dog`ga Uzoqqa

Yarog`imiz Bayrog`ing

Butog`I Tog`i

O`rtog`im O`chog`imiz

Dog`i Uzog`i

Mustahkamlash uchun testlar.


  1. Qishloq , toshloq so`zlariga jo`nalish kelishigining qaysi shakli qo`shiladi.

  1. –ga

  2. –qa

  3. –ka

  4. Barcha shakli

  1. Q bilan tugallanuvchi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, qanday o`zgarish yuz beradi?

  1. Tovushlar almashishi

  2. Tovush tushishi

  3. Tovush orttirilishi

  4. Hech qanday

  1. G` bilan tugallanuvchi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda qanday o`zgarish bo`ladi?

  1. Tovushlar almashishi

  2. Tovush tushishi

  3. Tovush orttirilishi

  4. Hech qanday

  1. Yarog`, butoq, tog` , so`zlaariga jo`nalish kelishigining qaysi shakli qo`shiladi ?

  1. –ga

  2. –qa

  3. –ka

  4. Barcha shakli

  1. G`olib sportchilar bayrog`imizni baland ko`tardilar . Ushbu gapda egalik qo`shimchasini olib , tovush o`zgarishiga uchragan so`zni toping !

  1. Sportchilar

  2. Bayrog`imizni

  3. Baland

  4. Ko`tardilar

  1. G`arq pishgan mevalarni terish uchun bog`… chiqdik .

Nuqtalar o`rniga jo`nalish kelishigi qo`shimchasi shaklidan mosini toping !

  1. – ga

  2. – qa

  3. –ka

  4. A va B

  1. Bug` so`ziga egalik qo`shimchasi qo`shilsa, qanday o`zgarish bo`ladi ?

  1. Tovush o`zgaradi

  2. Tovush orttiriladi

  3. Tovush tushadi

  4. Hech qanday o`zgarish yuz bermaydi.



1. Yarog`

2. Tog`


3. Qishloq

4. O`choq

5.Qatiq

6.Yog`


7. Qaymoq

Yuqoridagi so`zlardan egalik qo`shimchasi qo`shilganda tovush o`zgarishi yuz beruvchi so`zlarni toping !



  1. 1,2,3,5,

  2. 3,4,7,5,

  3. 1,3,7,4,

  4. 2,4,7,6

Lug`at diktant

Bog`imiz, ahmoqqa, arig`i, paypoqqa, dog`ga , tog`I, boshog`I, quloqqa, qulog`i.

Uyga vazifa :

409-mashq

Ajratilgan so`zlarga jo`nalish kelishigi hamda egalik qo`shimchasini qo`shing.

O`choq – o`chog`I – o`choqqa

Bug` - bug`ga

Tig` - tig`imiz – tig`ga

Quloq – quloqqa – qulog`I

Buloq –buloqqa – bulog`i

Dars yakuni.

Faol qatnashgan o`quvchilar va guruhlar rag`batlantiriladi.



Uyga vazifa. 410- mashq
Download 265,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish