3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari Reja



Download 493,67 Kb.
bet1/12
Sana25.02.2023
Hajmi493,67 Kb.
#914455
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-maruza.kunduzgi TT


3-mavzu: Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Reja:
1. Qadimgi turkiy til fonetikasi haqida ma’lumot.
2. Qadimgi turkiy tilda unlilar tizimi.
3. Qadimgi turkiy tilda undoshlar tizimi.
Asosiy tushunchalar: fonema, tovush o‘zgarishlari, unlilar, undoshlar, singarmonizm, jarangli undoshlar, jarangsiz undoshlar, sonorlar, tanglay uyg‘unligi, lab uygunligi, yonma-yon keladigan undoshlar, fonetik hodisalar.
Ma’lumki, fonetika ma’lum bir til unli va undosh tovushlarining turli davrlardagi taraqqiyoti, har bir taraqqiyot davri uchun xos bo‘lgan fonetik sistema, ayrim unli va undosh tovushlarning shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti, asosiy fonetik qonuniyatlar kabi masalalarni o‘rganadi.
Qadimgi turkiy til fonetikasi, undagi unli va undosh tovushlar haqida aniq va qat’iy bir fikr aytish mushkul, chunki ularning bevosita talaffuz me’yorlarini kuzatishdan, tadqiq qilishdan mahrummiz. Bu haqda yodnomalar tilini o‘rganish orqali xulosalar chiqarish mumkin. Ko‘k turk bitiglaridagi harflar soni 38 - 40 ta atrofida. Ayrim matnlarda ularning soni bundan ham ko‘proq.

UNLILAR


Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - a, ï, o, u orqa qator, ä, i, ö, ü old qator unlilaridir. Keng unlilar - a, ä, o, ö; tor unlilar - i, ï, u, ü. Lablanmagan unlilar – a, ä, i, ï; lablangan unlilar – o, ö, u, ü.
Demak, a - lablanmagan, keng va orqa qator; ä - lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy tillarda, shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ (hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan o unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda orqaga tomon kengayib ä ga aylangan. Qadimgi turkiy tillardagi ä unlisi esa hozir torayib, ko‘pgina turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida birinchi bo‘g‘inda e ga aylangan. A.Amanjolov o‘rxun bitiglaridagi i yoki yozuvda har doim ifodalanmaydigan ä harfi o‘rni bilan e tovushini ham anglatganini ta’kidlaydi. Uning xulosasiga ko‘ra e tovushi o‘rxun bitiglari tilida ä ga variant sufatida (ä-e) qo‘llangan1. Misollar:


Download 493,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish