MAVZU: BOSHLANĞICH SINFDA ,,TOVUSHLAR VA HARFLAR" , ,, UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR" NING XUSUSIYATLARI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI
Reja:
Kirish
I BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA TOVUSHLAR VA HARFLAR USTIDA ISHLASH METODIK MUAMMO SIFATIDA.
1.1. Õzbek tilining tovush tizimi.
1.2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan dastlabki tanishtirish.
II BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI ÕQITISH METODIKASI.
2.1. 1-4-sinflarda unli va undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi
2.2. Tovushlar va harflar mavzusining dars ishlanmasini tuzish.
III BOB. XULOSALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:
Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta'limiga o‘quv fani sifatida emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida qarash lozimligini alohida ta'kidlash joizdir. Tovush murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta'rif bеrilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar orqali hosil qilinadi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida fonеtik-grafik tushunchalar ustida ishlash jarayoni o‘quvchilarda imloviy malakalarni shakllantirishda asosiy davr hisoblanadi, bu davr o‘quvchi savodli yozuvining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, fonеtik-grafik tushunchalar bilan bog‘liq mavzularni o‘rganish dolzarbligini e‘tirof etadi.
Kurs ishi mavzusining o'rganganlik darajasi:
Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi.
Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:
1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi;
2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi;
3) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi;
4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o‘rganiladi.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikkita katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi. Boshlangʻich sinflarda ushbu birliklar o'rganiladi. Undosh tovushlar unlilardan ko‘p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |