Ahillik- ulug` baxt (Qirg`iz xalq ertagi)
Опубликовано 13.04.2015 автором mursurayromitan
3-sinf
O`qish
Mavzu: Ahillik- ulug` baxt (Qirg`iz xalq ertagi)
Maqsad:
Тa’limiy maqsad: O`quvchilarning to`g`ri, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish; asar mazmunini tushunsh va tahlil qila olishga o`rgatish;ertaklar haqidagi tasavvurlarini boyitish; lug`at boyligini oshirish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda ahillik, birodarlik tuyg`ularini shakllantirish
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning o`zaro hurmat, yordam, birgalikda ishlash malakalrini tarkib toptirish; o`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: Tushuntirish, savol-javob, izlanish, suhbat.
Dars jihozi: Rangli rasmlar, ko`rgazma qurollar, tarqatma materiallar.
Dars tarkibi
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, navbatchilar axboroti, yo`qlama qilish.
Galim keldi bugun mening
Navbatchilik qilaman
Ushbu kunning hisobini
O`zim aytib beraman.
Doska , latta, bo`r tayyor
28 o`quvchi darsga tayyor
-Hozirgi darsimiz qanday dars?
-O`qish darsi.
-O`qish darsida nimalarni o`rganamiz?
-Ifodali o`qishni, maqollarni, topishmoqlarni,she`r va tez aytishlarni o`rganamiz.
-O`lkamizda qanday fasl hukm surmoqda?
-Ol`kamizda kuz fasli hukm surmoqda. Kuz fasli uch oydan iborat: sentabr, oktabr, noyabr.
-Okatbr oyi qanday fanlar oyligi?
-Oktabr oyi filologiya fanlar yo`nalishidagi fanlar oyidir.
-Oktabr oyida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
-1-oktabr- Ustozlar va murabbiylar kuni.
-21 –oktabr o`zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun.
-Kuni kecha “Ustozlar va murabbiylar kuni”ni nishonladik. Kim ustozlar haqida she`r aytib beradi? (o`quvchilar she`rlar aytadilar)
-O`zbek tiliga qachon Davlat maqomi berildi?
-1989 yil 21 oktabr kuni o`zbek tiliga Davlat maqomi berildi.
-Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida o`zbek tili haqida yozilgan?
-“O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari , urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.”
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 4- modda.
O`tilgan mavzuni takrorlash:
-O`tgan darsda qanday mavzuni o`rgangan edik?
O`tgan darsda “Oltmish gaz arqon” ertagini o`rgangan edik.
Mavzu asosida savol-javoblar o`tkaziladi. Mavzu 3 qismga bo`linib o`qitiladi va qayta hikoyalatiladi har bir qismga sarlavha qo`yiladi.
-Xalq og`zaki ijodi deganda nimani tushunasiz?
-Xalq og`zaki ijodi xalqimizning ma`naviy mulkidir.Xalqimizning orzu-umidlarini aks ettiruvchi qo`shiqlar, o`tmish voqealaridan hikoya qiluvchi ertaklar, ibratli masallar, xalq donoligi ifoda etuvchi maqollar, izlanishga, topqirlikka undaydigan topishmoqlar, nutqimizni o`stirishga yordam beradigan tez aytishlar, latifalar xalq og`zaki ijodidir.
-Xalq og`zaki ijodiga qanday janrlar kiradi?
-Ertaklar nima?
-Ertak- hayot haqiqatiga asoslangan, xayolan va fontastika xususiyatlari bilan yo`g`irilgan, odamlarga ibrat-o`git beruvchi og`zaki hikoyalar hisoblanadi. Ertakni xalqimiz o`zi yaratadi. Ular og`izdan og`izga ko`chib yuradi.
-Qanday ertaklar bo`ladi?
-1. Hayvonlar haqidagi ertaklar. 2. Sehrli-fantastik ertaklar.3.Hayotiy- maishiy ertaklar.
-Masal nima?
-Kishilarga o`git bo`lfigan xulosali kichik hikoya.
O`tgan mavzu mustahkamlshva o`quvchilarni baholash.
Yangi mavzu:
-Biz “Xalq og`zaki ijodi” bo`limini davom etmoqdamiz.Bugungi darsimizda Ahillik- ulug` baxt qirg`iz xalq ertaklaridan biri “ Ahillik- ulug` baxt” ertagini o`qib o`rganamiz.
-Bolalar, ahillik deganda nimani tushunasiz?
-Nima uchun ahillikni ulug` baxt deymiz?
O`quvchilar fikri tinglanadi va umumlashtiriladi.
“ Ahillik- ulug` baxt” ertagini o`qib berish. Mazmunini tahlil qilish. Savol-javoblar o`tkazish.
1.Ertakning boshida cholning o`gillari haqida nima deyilgan?
2. Chol novdalarni o`g`illariga nima uchun dastalab berdi?
3.Ertakdan qanday xulosa qildingiz?
Topshiriq bilan o`qish:
Ertakni qismlar bo`lib o`qittirish va qayta hikoyalatish. Rollarga bo`lib o`qittirish.
“ Ahillik- ulug` baxt” ertagi asosida sahna ko`rinishi tayyorlash.
Qissadan hissa shuki birlikda gap ko`p ekan. Bekorga dono xalqimiz “Ayrilgan ayiq yer” demaydi. Agar birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib ahil yashasak bizni hech qanday dushman yehga olmaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
-Bugun darsda nimalarni o`rgandik?
-Cholning bolalari qanday o`sishibdi?
-Chol qanday yo`l bilan o`g`illarini ahil yashashga o`rgatibdi?
O`quvchilarning fikrini tinglab to`ldirish va umumlashtirish.
O`quvchilarni baholash
Uyga vazifa: “ Ahillik- ulug` baxt” ertagini o`qib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |