Unli va undosh tovushlar



Download 444,5 Kb.
bet9/10
Sana21.04.2022
Hajmi444,5 Kb.
#569260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mohlaroyim Kurs ishi

Bo‘g‘in ustida ishlash
Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi.
O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar. 1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar.
O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni aw al bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.
O'quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
— „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish
ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to ‘g‘ri ko'chirish uchun zarur. O 'quvchilar „So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi" va „Bir harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'Iga ko'chirib bo'lm aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan m ustahkam lashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab etadi.
Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi m urakkabroq so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.
Dasturga ko'ra, tutuq belgili {m a’no, sun’iy kabi) so'zlarni bo'g'inga bo'lish va ko'chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo'g'inda bo'lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so'zlarni bo'g'inga bo'lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo'g'inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo'g'inga o'tishi (kat-la, ik-ki kabi) o'quvchilarga 2-sinfdayoq o'rgatiladi
1.2. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan dastlabki tanishtirish.

O’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm - fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug'bek va boshqa ko'plab allomalar ilmfanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo'lmasin, o’z farzandlarining savodli bo’lishini orzu qilganlar, ularni yoshligidanoq maktabga o’qishga berganla. Savod o`rgatish kelajak avlodhayotida muhim ahamiyatga ega jarayondir. O`quvchilarning savodi asosan “Alifbe” darsligi asosida amalga oshiriladi. Maktabda o`qish va yozish «Alifbe» ga asoslangan holda 2- sentabrdan 1- yanvargacha davom etadi. Bu davrda o`qish va yozuv o`rgatiladi. So`ngra o`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtiriladi. Ana shunday muhim jarayon uchun “Alifbe” darsligi asos bo`ladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi. Darhaqiqat, boshlang'ich sinflarda o’qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarining o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishdir. Lekin ba'zi o'qituvchilar dars jarayonida og'zaki suhbatga berilib ketib, o'quvchilarining o’qishni mashq qilishlariga e'tibor qaratmayapdilar. O'qish quruq o'qish bo'lib, turli topshiriqlar asosida o'qishni qiziqarli mashg'ulotga aylantirmayapdilar. Shu bois, o'qishni mashq qilish orqali o'qish sur'atini oshirishga yordam beradigan ish turlarini, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish dolzarb muammolardan biridir. Ayniqsa, savod o`rgatish jarayoni juda mas'uliyatli davr sanaladi.


Bu davrda o`quvchilarning o`qishlarini nazorat qilish, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish, o`quvchilarda o`qishga havas uyg`otish lozim. Chunki o`qish ko`nikmalarini egallamasdan biror fanga oid ma`lumotlarni o`zlashtirib bo'lmaydi. Bugungi yosh avlod “Alifbe” darsligi asosida tovush va harfning farqini o`rganib boradi. Tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish aqliy faoliyat orqali amalga oshiriladi yoki tovushni harfga, harfni tovushga «tarjima qilish» deb tushunish kerak. O`qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi deyiladi. Tahlil tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan so`z, so`zdan gap, gapdan nutq anglashiladi. Bu metod S.P. Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usgul o`zbek olimlaridan K. Abdullayeva, K.Qosimova, Y.Abdullayevalar tomonidan yoritilgan.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar;
- fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;
-fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;
- fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
-so'zning tovush tomonini bilish uning m a’nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari manosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi.
So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni talaffuzga ko'ra amaliy farqlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta ’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. 1-sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar.Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma’nosi soso'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma’noni ifodalaydi.
So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tomonidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. So'zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay yoki o ‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so‘zni to ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikma-sini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. O'qituvchi ona tili darslarida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli - o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlash-tiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o'rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism (bo'g'in)ga bo'ladilar.
1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash mashqlari har darsda o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini hosil qilish 1-sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi tovushlarning o'zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.
O'quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
— „Vatan" so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga va; ya’ni v, a harflarini yozaman, ikkinchi bo'g'inga tan: ya’ni t, a, n harflarini yozaman. O'quvchi so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish. bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo‘g‘inlarga bo‘lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko'chirish uchun zarur. O'quvchilar„So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'Iga bo'g'inlab ko'chiriladi” va „Bir harfdan iborat bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'Iga ko'chirib bo'lm aydi" degan asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini I sinfdayoq o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan maktab, Ra’no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan mustahkam lashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf singlim, ko‘ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi). Keyingi qoida esa aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada ko'proq mashq bilan o'rgatish va mustahkamlashni talab etadi.Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.
Boshlang'ich sinflarnda tovush va harlarni o'rganib bolganda keyin o'quvchilarga chet el ertaklarini ham o'qib berish mumkin. Chet el ertaklarini o'qitishda o'qituvchi biror ertakni tanlaydi va u asosida tarqatma material tayyorlaydi. Tarqatma materilda o'sha ertakning aynan ingliz tilidagi shaklini keltirib,uning mohiyatini ochib beradigan parchalar o'rin oladi.Bunday shakldagi darslardan asosan 3-4-sinflardan foydalangan maqul.
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilarida tovush va harflarni farqlashga unli va undoshlarning qator va yonma yon kelishini o'rgatish ularda yuzaga keladigan yozma va nutqiy xatolarini oldini olishga yordam beradi va ularning bilim saviyasini oshirishga ko'maklashadi.

II BOB. BOSHLANĞICH SINFLARDA UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI ÕQITISH METODIKASI.


2.1. 1-4-sinflarda unli va undosh tovushlar ustida ishlash metodikasi
2.2. Tovushlar va harflar mavzusining dars ishlanmasini tuzish.

III BOB. XULOSALAR.


Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017. 484 b.


2.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston”, 2016. - 56 b.
3.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. - T.: “O’zbekiston”, 2017. - 104b.
4.Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T:. O`zbekiston, 2010. - B. 440.
5.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi – T:. O`zbekiston, 1997. – B. 382.
6.Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T:. O`zbekiston, 1998, -B. 63.
7.Adizov B.R. Ijodiy ta`lim jarayoniga tizimli yondashuv // Xalq ta`limi, 2008, 4-son, 102-104 b.
8. Siddiqova Sh. Boshlang’ich ta'limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar (an'anaviy) mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materialidan.
9. Abdullayеva Q. va boshqalar. Savod o`rgatish darslari. -T.:O`qituvchi , 2012. B 124. Gʻafforova R., Nazarov Q., Yo’ldoshev Sh. 1-sinf savod darslari Toshkent, 1997. B 19.
10. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva. Savod o'rgatish darslari. —Т.: „O'qituvchi", 1996.134-bet
11. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.211-bet
12. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.

13. Gʻafforova R, Nazarov Q, Yo’ldoshev Sh “1-sinf savod darslari”Toshkent 1997


14.Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva. Savod o'rgatish darslari. — Т.: „O'qituvchi", 1996. Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o'stirish. — Т.: 1980.





Download 444,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish