Ogahiy hayoti va ijodi


Ogahiyning kichik va sirli she’riy janrlardagi asarlari



Download 59,11 Kb.
bet8/11
Sana26.09.2021
Hajmi59,11 Kb.
#186441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-ma'ruza

Ogahiyning kichik va sirli she’riy janrlardagi asarlari.

Ogahiy—taijimon va tarixchi

Ruboiylari. Ogahiyning bir qancha barkamol mboiylari bor. Ular «Ta’viz ul-oshiqin» devoniga kiritilgan. Ilmiy-tarixiy asarlar tartib berish qoidasi, an’anasiga ko‘ra shoiming ko‘p to‘rtliklari uning boshqa asarlarida ham bor. Ulaming hammasi jamlansa, xuddi Navoiydek Ogahiy mahsuldor ruboiynavis shoir sifatida namoyon bo‘la oladi.

Ogahiy ruboiylarining mavzu doirasi, g'oyaviy mundarijasi keng. U ko‘proq Navoiy, Bobur va amakisi Munis tajribalariga suyanadi, ular ijodi, jumladan, ruboiylaridan ilhom olib, so‘z qudrati, maoniy hikmati, davr jarohati, himmat, adolat, sadoqat, ma’rifat haqida quyma misralar bitadi. Ogahiy ruboiylari bu janr talablariga to‘la javob bera oladigan, ma’nosi teran, kompozitsiyasi, shakily-texnik jihatlari mukammal asarlardir. Mana, ayrim misollar:

To kajlik ila kirdi falak davrong‘a,

Dono hama non gadosidur nodong‘a,

Tuzluk bila aylansa erdi gar gardun,

Nodon ko‘zi tushmagay erdi bir nong‘a.
Qilmoq bila parvarish tikan gul bo ‘Imas,

Ham tarbiyat ila zog‘bulbul bo‘Imas,

Gar asli yomong‘a yaxshiliq ming qilsang,

Yaxshiliq oning niyati bilkull bo Imas.

Ogahiy ruboiylarining ko‘pi sevgi, hayotiy-maishiy mavzularda. Shu bois, realistik elementlar kuchli, ular o‘sha davr fuqarosi Ogahiyga o‘xshagan fozil kishilar tortayotgan qiyinchiliklar haqida tasawur beradi. Ular orasida qish, sovuq turkumidagi ruboiylar ham bor.

Qit’alari. Ogahiy kit’alari donishmandlik mevalaridir. Ulami mavzu va mundarijasiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘lib o'rganish mumkin. Birinchi xillarida tanqid, satiraga xos bo'yoqlar ustun turadi. Ularda turli toifadagi shaxslar — shuhratparastlar,

xushomadgo‘ylar, xasislar, poraxo‘rlar, diyonatsiz, nopok kishilar fosh etiladi. Ikkinchi xillarida odob, axloq, ulug‘lanadi. Bu she’rlaming ahamiyati hozir ham katta.

Eng ko‘ngu.1, kimsakim seni sevmas,

Qoch, oning tegrasiga aylanma.

Ki nasihat qilurda o‘tkanlar Dedilar: «Sevmaganga suykanma».

Ogahiy qit’alari ichida siyosiy ohangdagi, hukmdorlarni, o‘ylamay ish tutib xalq g‘azabiga yo‘liquvchilami hushyorlikka da’vat etuvchi namunalar bor. U 1842 yili qoraqalpoqlaming Oydo‘st rahbarligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonining shafqatsizlarcha bostirilishi munosabati bilan mana bu qit’ani yaratadi. Qit’a siyosiy-aforistik asar darajasidadir:

Agar jam’ o‘lsa uchqun bir makong‘a,

Bo'lur, albatta, otashgoh paydo.

Va gar har soridin yig ‘nalsa qatra,

Bo‘lur tadrij ila to fon huvaydo.

Uning qit’alari ichida 6 misrali, qofiyalarida tajnislar ishlatilganlari ham bor. Shunday bir qit’asida «yuzman» tajnisi — «yuk, botmon, suzmayman, yuz o‘girmayman, qavmdanman» ma’nolarida qo'llanadi. Uni uch baytli qit’a-tuyuq deb atash ham mumkin. 0‘zbek adabiyotida tajnisli g‘azal namunalari borligini hisobga olgan holda, Ogahiyning bu she’rini tajnisli qit’a deb atash ma’qulroqdir. Uning vazni ham shuni taqozo etadi:

Agar ishq ichra tushsa boshim uzra g'am yuki yuz man. (botmon) Uyurmasman oni chekmakda aslo yolqibon yuz man.

Rizoyi yor ila yuz yil balo to'fonida qolsam,

Chiqay deb amnu rohat sohiliga bir nafas yuz man. (suzmayman)


Download 59,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish