Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod ustina...
Qilg'il tamosho qomati zebosi birla orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo'lg'onin payvand shamshod ustina
baytlarini o‘z ichiga oluvchi g‘azali hatto hozirgacha shoirlarimizning e’tiborini o‘ziga tortib kelayotganligi ma’lum. Bu g‘azal Ogahiydan keyingi ko‘pIab shoirlarga ilhom bag'ishlagan. Ogahiy shu g‘azaliga o‘zi ham mahliyo bo'lib, undagi fikr, his va badiiyatni yanada yaproq yozdirishga tutinib, tazmin muxammas bog‘lagan edi. Ogahiyning shu «Ustina» radifli g‘azalga qo'shgan uchliklari ham o'ziga xos tarovati, yangi detallari, tashbehlari yoqimliligi bilan ajralib turadi. G‘azalda ham, unga bog'langan muxammasda ham insonga bo‘Igan muhabbat, sevgi-sadoqat, ezgulik his-tuyg‘ulari madh etiladi. Aruzning «rajazi musammani solim» bahrida yozilgan bu she’ming Ogahiy qalamidagi g'azal va tazmin muxammas variantlari hassos shoir uslubi va mahoratini yaqqol ko' rsatuvchi toza asarlardir. Ogahiy g'azali ilohiy va dunyoviy ishq kechinmalari sintezi, yorning nurli jilvasi go'zalligi, jabru jafosi haqidagi tuyg'ular bilan boshlanadi-yu, sekin-asta ijtimoiy ohanglar bilan ulanib ketadi, baytlardagi fikr tadriji orqali g‘azal so'nggi kuchli ijtimoiy-falsafiy va didaktik fikrlar bilan yakunlanadi.
G‘azaldagi:
Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko ‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav ’i faryod ustina —
beshinchi baytida hamda
Ey shah, karam aylar chog'i teng tut yomonu yaxshini,
Kim, mehr nuri teng tushar vayronu, obod ustina —
ettinchi baytda mutafakkir shoir yaratuvchiga yalvorib, unga e’tiqodda shomu sahar nola qilib, shafqat va adolat umidida riyozat chekayotganini ifodalaydi. G‘azalgabog‘langan muxammasda ham oshiq, orif shaxs siymosidagi shunday botiniy va zohiriy jihatlar izchil davom ettiriladi. Shu o'rinda taassuf bilan aytish lozim bo‘ladiki, so‘nggi yillargacha Ogahiy lirikasi haqida so‘z boigan ilmiy-tadqiqot asarlarida, maqolalarda Ogahiyning «Ustina» radifidagi g'azali va tazmin muxammasining asl mohiyati, g‘oyaviy yo‘nalishi biryoqlama izohlandi, ular ishqiy-dunyoviy she’rlar sifatida tahlil yetib kelindi. G‘azalga xos xuddi ana shu ikki yo‘nalishli xususiyatni, bosh pafosni Ogahiy yurakdan his qilib, unga bog‘langan muxammasida shu jihatlami yanada takmilga erishtiradi. 0‘z g'azalining birinchi baytidayoq shoir yor qoshu ko‘zining nihoyatda chiroyliligi va uning oshiq qalbiga larza solishini kuchli tashbehlar va harf—tasmiya san’ati vositasida ifodalab, «nun» va «sod» harflarining islomiy ko'chma ma’nolaridan foydalanib, detallami yangi misralar hisobiga go‘zallashtirib, asar mazmunini chuqurlashtirib boradi. Birinchi matla’ baytning o‘zidayoq nechog‘li kuchli ramziy-majoziy fikr hamda badiiylik, ijodiylik qo‘ri bor. Shoir tasavvufiy ishq jilvasini gavdalantirish uchun ramziy ma’nolarga ham ega «nun» hamda «sod» harflaridan foydalanadi. Ikkinchi misradagi «nun» birinchi misradagi qoshga, ikkinchi misradagi «sod» esa, birinchi misradagi chashm (ko‘zga) o‘xshatiIgan. Shuning bilan birga, «nun» va «sod» harflari biriksa, ya’ni «nun eltibon sod ustina» «nas» so‘zi paydo bo'ladi. Uning ma’nosi biror narsani bajarishga berilgan hukm, buyruqdir. Bu buyruqning oqibati «Sening jallod ko‘zlaring ustidagi timqora va chiroyli qoshlaring harakatga kelsa, uchirilsa, uning tagidagi jallod ko‘zlaring mening qatlimga shaylanadir. Ya’ni go‘zal yorning ko‘zi jalloddek jon olg‘uvchi bo‘lib, mushkdek qop-qora qoshi ko‘zini himoya qilish uchun saf tortgan posbonlar — qo‘riqchilar hay’atidir». Ogahiy shunday san’at orqali go‘zalning qoshu ko‘zini ta’rif etadi. Keyingi baytlarda go‘zalga xos shu ajoyib tasvir baytma- bayt tadrij asosida rivojlantirib boriladi. Shunday san’atkorlik biz yuqorida keltirganimiz ikkinchi baytda yana o'zgacharoq namoyon bo‘ladi. Agar sen shamshod daraxtiga gul payvand qilinganini va uning ochilib, yashnab ketganligini payqamagan bo‘lsang, go‘zal yor qomatini va oydek yuzini tomosho qilaver, chunki uning qomati shamshoddektikvaxipchabo‘lib, yuzi shamshod qadi ustida ochilgan qizil guldekdir. Ogahiyning shu radifdagi g‘azali ham, unga o‘zi yozgan tazmin muxammasi ham bejiz «peshravi Feruz» yo‘li bilan maqomlar tarkibidan mustahkam o‘rin olib ijro etilmaydi. Iste’dodli shoirimiz Omon Matjonning «Muxammasi muloqot» asarining yaratilishi ham bu asarlarga xos bo‘lgan chuqur tafakkur, fikriy teranlik va go'zal badiiyatdir.
Ogahiy «Yolg‘uz» radifli g‘azalini tazmin uchun bekoiga tanlagan emas. Bu g‘azalda u yashagan davrda hukm suigan haqsizliklar ostida ezilib, azob tortayotgan ilg'or kishilaming ruhiy ahvoli yoritilgan. Shoiming o‘zi ham shulardan biri edi. Shoir shu ichki azobni aks ettirish uchun bu mavzuga yana qaytadi, uni yanada chuqurroq, hayajonliroq qilib ifodalashni istaydi. Yolg‘izlikni ifodalovchi bu muxammasda, darhaqiqat, uning g‘azal variantiga nisbatan bunday hayotga qarshi isyon yana kengroq ko'lamda, yanada chuqurroq tasvirlangan (g‘azal 11 bayt, muxammas ham 11 band).
Ogahiyning «Arzimas» radifli g‘azal va muxammasida ta’magirlik qoralanadi. «Mol-dunyo orttiraman deb o'zingni xarob etma, qanoat rasmini tut, boriga shukur qil, halol yasha» degan g‘oya ilgari suriladi.
Ogahiy o‘zining ishqiy, ilohiy, ijtimoiy-ta’limiy fikrlaiga to‘la quyidagi matlali g‘azallarini ham, yuqoridagi poetik maqsadlami ko‘zda tutgan holda, beshlamalaiga aylantiigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |