Agar xasmim mening o‘lsa yo'q g‘amim bir zarracha andin,
Ki atrok ichra biri mingga g‘olib o‘lg‘uchi yuz man.
Uning qit’alarida insofsiz, shafqatsiz, xasis, dunyoparast shaxslar satira ostiga olingan. Bunda u Navoiy qit’alaridagi «falon»lar nafratlangan usulni qo‘llaydi. Forma, usul eski, lekin mavzu, unda ifodalangan fikrlar yangi tarixiy sharoit mahsuli, ulaming tili, uslubi ancha sodda, ommabop:
Falon siflaki charxi siflaparvar gardishi birla,
Jahon ganjini oz fursatda jam ’ etdi Faridundek.
Xasosat g‘oyatidin mustahiqg‘a bermagay bir pul,
Bu fe ’lidin ajab yo ‘q gar oni er yutsa Qorundek.
Tuyuqlari. Ogahiy yaratgan tajnisli to‘rtliklar, tuyuqlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra diqqatangiz asarlardir. Ogahiy tuyuqlariga xos bir afzallik shundan iboratki, u bu janr doirasida faqat ishqiy- intim kechinmalami ifodalash bilangina cheklanib qolmaydi, ularda inson kamoloti, tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqi-ma’rifiy g‘oyalami ham tartib etadi, so‘zlaming turli ma’nolarda kelishidan foydalanib tuyuqlar yaratadi.
Uch baland aylab qanoatni qanot,
Kim, yering hirs aylamish qa’ri qanot.
Ilginga olib riyozat toshini,
Kibru naxvat boshin ul toshdin qanot.
Ogahiy bu tuyug‘ida qanot omonimi qanot (qush qanoti), qonatish (buyruq fe’li) ma’nolarida kelib, muhim didaktik tezisni ifodalashga xizmat ettirilgan. Shu so‘zning o‘zi tajnisli qofiyalar silsilasida umuman birinchi bor ko‘zga tashlanadi. Ogahiyning quyidagi tuyug‘i ham shunday xususiyatlaiga ega:
Bo‘Idi chun umring kunining vaqti tush,
Nafsi sargasht otini ko‘b chopma, tush.
Xobgoh etkil qanoat manzilin,
Yo‘qsa hargiz ko'rmagungdir rost tush.
Ogahiyning bu to‘rtlik tuyug‘idagi birinchi «tush» kunning tush paytini, shu orqali kishi umri yarim bo'lganligini, ikkinchi misradagisi oddiy otdan tush, to‘rtinchi misradagi «tush» esa uyquda tush ko'rishni bildiradi. Shu tuyuqda to'plangan oddiy omonim so‘zlar shoir mahorati tufayli turli ma’nonigina emas, balki nafs bandasi bo‘lmasdan, qanoatli bo‘lish kabi chuqur mazmunni ham ifodalab kelgan.
Chistonlari. Xalq og'zaki ijodidagi topishmoqli, sirli she’rlar hamda fors-tojik, ozarboyjon, turk adabiyolarida chiston (u nimadir?), topmacha, bilmacha istilohlari bilan atalgan bunday she’r namunalarining ta’siri tufayli XV asr o‘zbek adabiyotida ham chiston deb atalgan janr paydo bo‘ldi. Uning ilk namunalari hozircha Alisher Navoiy ijodida uchrashi qayd etilgan. Alisher Navoiydan oldin o‘tgan shoirlarimiz tomonidan shunday she’rlar yaratilganligi ma’lum emas. Demak, chiston lug'zlaming o'zbek adabiyoti janrlari tarkibidan o‘rin olishi buyuk ixtirochi shoir Alisher Navoiy ijodi bilan bog‘liqdir, deyish mumkin. Navoiydan so‘ng bu an’ana Shayboniy, Huvaydo, Uvaysiy, Munis, Fano Istaravshaniy, Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy, Ogahiy kabi shoirlarimiz tomonidan davom ettirildi. XVI—XIX asrlar o‘zbek adabiyotida bu janrda alohida mahorat ko‘rsatib, unda muhim ijtimoiy, axloqiy- ta’limiy g‘oyalami ifodalagan shoirlar sifatida, ayniqsa, Jahonotin Uvaysiy, Muhammadrizo Ogahiyni ko‘rsatish mumkin. Shoira Uvaysiy muallima-otincha sifatida yosh qizaloqlarni o‘qitgani uchun ulaming zehnini, topqirligini oshirish uchun juda ko‘p ikki baytli, bir baytli chistonlar yozib, ulardan ta’lim jarayonida foydalandi. Chiston-topishmoqlaming yoshlar tarbiyasidagi katta ahamiyatiga alohida e’tibor berdi. Ogahiy chistonlari ham yoshlar, ham kattalar zehniga kuchli ta’sir ko‘rsata oluvchi asarlar ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. U bu sohada Alisher Navoiy ijodidan, u yaratgan lug‘z-chistonlardan andoza oldi, uning bu sohadagi an’analarini ijodiy davom ettirdi. Ma’lumki, Navoiy o‘zbek tilida o‘nta, fors tilida to‘qqizta, asosan, qit’a shaklidagi lug‘z-chistonlar yozgan edi. Bu chistonlar ichida, ayniqsa, tanga, anor kabi ashyolar nomi yashiringan, abjad yo‘li bilan emas, balki oddiy topqirlik, o‘ylash, fikrlash yo‘li bilan topiluvchi chistonlar mashhur edi.
Biz shoira Uvaysiyning anor, Ogahiyning tanga haqidagi chistoni bevosita Navoiyning shu ashyolar nomi chiqadigan chistonlari ta’sirida yozilgan deb ayta olamiz. Ogahiyning «Ta’viz ul-oshiqin» devonida «tanga», «otashgir», «vafo», «davlat» nomlari chiqadigan to'rtta kit’a shaklidagi chistonlar mavjud.
Shular ichida «Tanga» chistoni bevosita Alisher Navoiyning shu nomdagi chistoni ta’sirida yaratilgani shubhasizdir. U bu mashhur chistonida «jussasi timoq yuzidek kichik bo‘lsa-da, ham ulug‘badavlat odamlaming, ham bechora, muhtoj odamlaming xayolini, es-hushini o‘ziga mahliyo qilib, ulami bezovta etib, ishqini o'ziga qaratgan narsa haqida so‘z ochadi. Tanganing tashqi, sirtqi belgilariga ishora qiladi. Chunonchi, uning ikki yuziga xatlar, raqamlar bitilganligini eslatib o‘tadi. Kimki, shunday narsaga ega bo‘lsa, uning jamiyatdagi mavqei, turmushi baland ekanligini aytadi. Shunday narsaga ega bo‘lmaganlar esa, har qancha dono, bilimli bo‘lmasin, qismati, ahvoli yomondir. Ogahiy bu bilan mol-dunyoga hire qo‘yishni kishilar uchun ham baxt, ham baxtsizlik keltiruvchi ijtimoiy bir ofat ekanligini ta’kidlamoqchi bo'ladi. Shuning uchun ham tanganing sifatlaiini tasvirlash jarayonida uning odamlaiga ko‘rsatayotgan ta’siriga kulgili, hajviy tus berishga o‘tadi. U tangani oshiqlami, sevgi yo‘lida es- hushidan ajralayozgan kimsalarni shaydo qilgan ma’shuqaga o‘xshatadi hamda oshiqlar dilidan izhor etiluvchi visol, hijron, iltifot kabi so‘zlami qo‘llaydi. Shunday o‘xshatish, majoz, qiyoslash kabi tasvir vositalari orqali, xuddi Navoiyga o‘xshab, bujamiyatdapulning. oltinu kumush tangalaming qanchalar nozik, xatarli kuchga ega ekanligini uqtirmoqchi bo‘ladi. Navoiyning barcha chistonlari oddiy topishmoq usuli bilan yaratilgan. Ogahiyning tanga haqidagi chistoni ham shunday. Ogahiy chistonining to‘liq matnini keltirish orqali u Navoiy an’analaridan nechog‘li ijodiy ta’sirlanganligini, bu ikki ulug‘shoir asarlarining har biri original asarlar ekanligini yaqqol anglab olish mumkin.
Ogahiy chistoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |