Ogahiy hayoti va ijodi



Download 59,11 Kb.
bet1/11
Sana26.09.2021
Hajmi59,11 Kb.
#186441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-ma'ruza


12-ma’ruza: Ogahiy hayoti va ijodi

REJA:


  1. Hayoti va faoliyati. Ogahiyshunoslik.

  2. Poetik merosi. «Ta’viz ul-oshiqin» devoni.

  3. Ogahiyning muxammas va masnaviylari.

  4. Ogahiyning kichik va sirli she’riy janrlardagi asarlari.

  5. Ogahiy—taijimon va tarixchi.


Tayanch so‘z va iboralar: Ogahiyshunoslik, tarjima va tarixiy asarlar, poetik meros, badiiylik, majoziy ishq, ishqi haqiqiy, istihroj san’ati, takrir san’ati, tablig‘, ig‘roq, g'uluv, husni ta’lil, qofiya san’ati, zulqofiyatayn, tazmin muxammas.

Hayoti va faoliyati. Ogahiyshunoslik. Yorqin iste’dodlarga boy mumtoz adabiyotimiz, madaniyatimiz tarixida Ogahiyning o‘mi o‘ta salmoqlidir. U talantli lirik shoir, iste’dodli taijimon, zabardast tarixchi sifatida juda boy meros qoldiigan. Shu sababli Ogahiy zamondoshlaridan Muhammadrahim Feruz, Ahmad Tabibiy, Muhammadyusuf Bayoniy, Komil Xorazmiy kabi davrining taniqli ilm-madaniyat arboblari, shoirlari uning ta’rifida ajoyib fikrlar bayon etganlar. Jumladan, Komil Xorazmiyning quyidagi misralarida Ogahiy shaxsi va shuhratiga xos jihatlar juda haqqoniy ifodalangan:



Ulki ogahlaming ogahidir,

Fahmu donish sipehrining mahidur.

So ‘zi ortiqdurur guhardin ham,

Fazlu donishda olam ichra olam.

Ogahiy zamonidan boshlab uning ko‘pqinali ijodiga, tarjima va tarixiy asarlariga qiziqish so'nmay davom yetib keldi. Mashhur sharqshunos olimlardan Bartold, Samoylovich, Yakubovskiy, Yahyo G‘ulomov, Q.Munirov kabilaming tarixshunoslikka; V.Zohidov, V.Abdullayev, G‘.Karimov, S.Dolimov, R.Majidiy, F.G‘anixo‘jayev, B.Valixo‘jayev, N.Jumaxo‘ja kabilaming adabiyot tarixiga; G‘aybulla as-Salom, J.Sharipov, N.Komilovning tarjimashunoslikka oid asarlarida Ogahiy ilmiy-adabiy faoliyatining muhim jihatlariga fikrlar bayon qilingan.

1960 yili uning «Ta’viz ul-oshiqin» devoni nashr etildi. 1971— 1980 yillar ichida «Ta’viz ul-oshiqin» devoni, taijima va tarixiy asarlaridan namunalami o‘z ichiga olgan 6 jildlik asarlari chop etildi.

1989 yili bu ulug‘ shoir va madaniyat arbobining 180 yilligi, 1999 yili esa, 190 yilligi keng nishonlandi. 0‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining maxsus qarori asosida shoir nomini abadiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi.

Adabiyotshunos F.G‘anixo‘jayev «Ta’viz ul-oshiqin»ning tanqidiy matnini tayyorladi. Nusratullo Jumaxo‘ja va Abdurashid Abdug‘afurov kabi olimlarimiz Ogahiyning shoir, muharrir, taijimon sifatidagi faoliyatini chuqurroq o‘iganishga bag'ishlangan ilmiy asarlar e’lon qildilar.

Juda muhim bir yangilik shundan iborat bo‘ldiki, Qiyot qishlog‘ida yashovchi adabiyot muxlislaridan Ogahiy yoshligida o‘zi tartib beigan majmua-bayoz topildi.

Muhammadrizo emiyozbek o‘g‘li Ogahiy 1809 yili Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida dunyoga keladi. Uning otasi ham, bobosi ham (Avazbiy mirob) xonlikdagi obro'li mansablardan biri — miroblik xizmatida bo‘lib kelgan. Bu xizmat o‘z navbatida uning amakisi mashhur shoir, tarixchi va taijimon Shermuhammadga (1778—1829), so‘ng ancha muddat Muhammadrizoga o‘tgan. Demak, Ogahiy miroblar sulolasining vakillaridan biridir. Biroq u bu xizmatda ishlagan bo‘lsa-da molu mulk to‘plashga intilmagan, xokisor, kamtarona yashash yo'lini tanlagan. 1829 yildan 1857 yilgacha miroblik mansabida bo‘lgan Ogahiy otdan yiqilib, qattiq shikastlanadi va iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi. Umrining oxirigacha (1874) butunlay ijodiy ish bilan mashg'ul bo‘ladi. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» devonidan boshlab hamma asarlari saroydan, mansabdan forig‘bo‘lgan yillardagi ijodi mevalaridir.

Yosh Muhammadrizo uch yoshida otadan etim qolib, zamonasining eng nodir kishilaridan tog‘asi Shermuhammad Munis qo‘lida tarbiyalanadi, undan adabiy ta’lim oladi. Tinmay o‘qiydi, mehnat qiladi, tevarak-atrofda, oilada, jamoat o'rtasida, ibtidoiy maktabda nimaiki ibratli ko‘rinsa, ulami o‘zlashtirishga harakat qiladi. Yaxshilaiga yaqinlashib, ulardek bo‘lishga intiladi:

Qadam aylabon ilm yo ‘lida bosh,

Hunar kasbida aylar edim talosh.

Ne tunlar myenga xobi rohat edi,

Ne kunlar zamoni farog‘at edi.

Eturdim har jamoatqa o ‘zimni,

Ochib ibrat bila haryon ko‘zimni.

Borining holidin bo'ldim xabardor,

Ayon ko‘nglimda bo‘lg‘ay barcha asror.

Poetik merosi. «Ta’viz ul-oshiqin» devoni. Ogahiyning o‘z zamonasining mumtoz lirik shoiri sifatidagi xilma-xil mavzu va janrlardagi she’rlari 1852 yili tartib berilgan «Ta’viz ul-oshiqin» devonida jamlangan. Agar biz Ogahiyning 1874 yilgacha hayot bo‘lganligi hamda saroydagi miroblik xizmatidan forig‘bo‘lib, asosan ijodiy ish bilan shug'ullanganligini e’tiborga olsak, shoir 20 yillar davomida yana qanchadan-qancha lirik she’rlar yozganligi, binobarin, Navoiydan keyingi o‘zbek adabiyotida eng sermahsul lirik shoir sifatida namoyon boiganiga ishonch hosil qila olamiz. «Ta’viz ul-oshiqin» qo‘lyozmalari 1882 va 1905 yillari litografik usulda bosmadan chiqarilgan. Bizning davrimizda esa, biroz qisqartirilgan holda 1960 yili nashr etildi. Devondagi she’rlar Ogahiy liiikasining hammasi bo‘lmasa ham hajman salmoqli, janr jihatidan boydir. Unda 500 ga yaqin g‘azal, ruboiylar, 89 muxammas, mustazodlar, 19 qasida, 5 musaddas, 4 musamman, 4 masnaviy, 8 qit’a, 10 tuyuq, 4 chiston, 20 ta’rix she’r, 4 taijiband kabi 13 xil lirik janrdagi asarlar jamlangan. Devon adog'ida «Ash’ori forsiy» nomi bilan keltirilgan 1300 misra she’r ham bor. Shoir o'zining bir musammanida (uning bir sakkizlik bandida) lirik she’rlarining etakchi janrlarini sanab o‘tadi:

Ish manga bo ‘Imish ul oy ko ‘yida maskan aylamak, Dardlig ‘abyot o‘qub, holimg ‘a shevan aylamak,

Husni vasfini g'azal birla mubayyan aylamak,

Masnaviy ichra g‘ami, ishqin mubarhan aylamak,

Ogahiy yanglig'ruboiy san’atin fan aylamak,

Fikr ila dilkash muxammaslar muzayyan aylamak,

Lek emas erdi hadim naz/ni musamman aylamak,

Bo‘ldi bu jur’atg‘a bois hukmi sulton, ey ko'ngil.

Ogahiy devon tartib berish va uni nomlashda ham Shermuhammad Munis yo‘lidan bordi. Munis va Ogahiy oralaridagi ustodu shogirdlik ko‘p qirralidir. Ulaming munosabatlari tog‘a- jiyanlikdan, oilaviy yaqinlikdan ijodiy yaqinlik tomon o‘sib boigan. Munis va Ogahiy adabiy merosiga nazar tashlasak, dastawal ulaming devonlari orasidagi o‘xshashlik e’tiborimizni o‘ziga tortadi. Munis ijodidan navoiyona tartibda devon tuzish va uni maxsus nomlash an’anasining ikkinchi umri boshlangan bo‘lsa, Ogahiy «Ta’viz ul- oshiqin» devonini tuzib, bu an’anani yana yuksak pog'onaga ko'taradi. Ogahiyning parokanda va tarqoq holdagi lirik asarlarini shoh va shoir, Ogahiyning muxlisi Muhammad Rahim Feruz taklifi bilan devon holiga keltirilgan. Ogahiy o‘z lirik she’rlarining oshiqlar qalbiga yaqin, ular bilan tumordek doirao hamroh bo‘lishini, ishq ahlini dard- alamlardan xalos qiluvchi fazilatlaiga ega bo'lishini istadi va devonini «Ta’viz ul-oshiqin» (Oshiqlar tumori) deb atadi.

Devondagi she’rlaming umumiy adadi 600ga yaqin, shulardan 500ga yaqini g'azallardir. Ko‘rinadiki, Ogahiy Alisher Navoiy va Munisdan so‘ng eng ko‘p g‘azal yozgan va bu janr taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan shoirdir. Ogahiy g'azaliyoti o‘zbek g‘azaliyotining Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Huvaydo, Munis g'azallaridagi eng yaxshi an’analaming go'zal va ijodiy davomidir. Unda oshiqona mavzuda yozilganlari asosiy o‘rin tutadi. Buni devon tarkibida uchrovchi mana bu bayt ham tasdiqlaydi:


Download 59,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish