Ogahiy hayoti va ijodi



Download 59,11 Kb.
bet5/11
Sana26.09.2021
Hajmi59,11 Kb.
#186441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-ma'ruza

Ogahiy, kim topg'ay erdi sozi nazmingdin navo,

Bahra gar yo ‘qsa Navoiyning navosidin sango,

deb faxrlanmadi. Ogahiyning Navoiy g'azallariga ko‘p muxammaslar bog‘lashi, shubhasiz, uning ulug‘shoir ijodiga bo'lgan hurmati, mehr-muhabbatidan dalolatdir. Bu hurmat sababi Navoiy lirikasidagi insonparvarlik g‘oyalari, chuqur fikriy xazina va hayratomuz mahoratdir. Shu jihatlar Ogahiy qalbiga, didi va maqsadlariga yaqin bo‘lgan. Shoir Navoiy g‘azallariga qo'shgan satrlarida, har bir baytni beshlik bandlarga aylantirganida Navoiy ijodida kuylangan ezgu niyatlami o‘zi yashagan davr, jamiyatdagi keng xalq ommasiga etkazishni, o‘z xalqini shu ezgu niyatlar asosida tarbiyalashni ko‘zda tutdi. Navoiy g'azallari ichida she’rga sho‘x, o'ynoqi, hazilomuz ruh bag'ishlovchi «Qildila» radifli g'azal bor. Ogahiy Navoiyning shu radifdagi g‘azaliga muxammas bog'lashdan tashqari, shu shevada «Ettilo», «Ayladilo», «Bo‘ldilo» radifli yangi g‘azallar ham bitdi. Ba’zi misollarga murojaat etamiz.

Ogahiy:

Faqr eliga kulbasi mulki jahondin yaxshikim,

Onda eski bo'ryo taxti Kayondin yaxshikim,

Tinchlik birla atola no ‘shi jondin yaxshikim.

Navoiy:

Zahmi o‘z komi birla ichsa ondin yaxshikim,

Obi hayvon sharbatin nokomligj'omi bila.

Navoiyning bu g‘azali mazmunida shaxs erkini yoqlash g‘oyasi ifodalangan. Uning har bir baytida shu tushuncha bilan bogcliq fikrlar keltiriladi. Ogahiy muxammasidagi g‘azalga qo‘shilgan misralar ko‘p bo'lganligi uchun maqsadni ifodalash imkoniyati ham kengaygan. Masalan, yuqorida Navoiy baytiga qo'shilgan Ogahiy misralari tufayli Navoiy baytlaridagi fikrlar quwatlanibgina qolmay, ular yangi fikrlar bilan boyitilgan. Ularda vazn, qofiya ham o‘xshash, yaqin. Ogahiyning Navoiy g‘azali baytlariga uch misradan qo‘shib borgan satrlarida ham g‘azaldagi asosiy g‘oya — erkinlik, faqirlik — boylik, eski bo‘ryo — taxti Kayon, atola — aziz taom kabi qarama- qarshi narsa va sifatlar o‘xshatish bo‘lib keladi.

Ogahiyning Navoiy g‘azaliga bog‘lagan mana bu ikkinchi muxammasida ham tazmin muxammaschilik qoida va talablariga to‘la rioya qilinganligini ko‘ramiz:

Ogahiy:

Ey ko ‘ngul, bo‘lsang agar xushu xiraddin bahra yob,

Charxdin ko‘z tutma bo'Imoq dahr aro izzat maob,

Nogahon aylab sango bir mehr qilmoq irtikob.

Navoiy:

Sochsa anjumdin falak boshingg‘a yuz ming durri nob,

Jolai g‘am bilki yog‘durgay bir ofatlig'sahob.

Ogahiy:

Yo'q hadaf bu jolag'a ahli jahondin o'zgakim,

Etkach o‘q majruh qilmas jismu jondin o'zgakim,

Yozmoqidin sud yo‘q elga ziyondin o'zgakim.

Navoiy:

Ne g'araz bu jolani yog'dursa ondin o'zgakim,

Umr nahlin sindurub tan gulbanin qilgay xarob.

Keltirilgan bandlarda fikrlar bir-biriga shu qadar bog‘langanki, ulaming ikki muallif — Ogahiy va Navoiy misralari ekanligi mutlaqo sezilmaydi. Agar muxammas oxiridagi taxalluslarga qarab ulaming Ogahiy va Navoiy misralari ekanligi bilinib turmasa, ulami bir shoir qalamidan chiqqan deb o‘ylash mumkin.

Ogahiy tazmin muxammaslarining lOtasi uning o‘z g‘azallariga yozilgan.


Download 59,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish