Ogahiy hayoti va ijodi



Download 59,11 Kb.
bet7/11
Sana26.09.2021
Hajmi59,11 Kb.
#186441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-ma'ruza

Bog'u bahor aro netong bo'lmasa gar qarorimiz,

Kim, sari ko‘yingiz erur bog'imizu bahorimiz...

Dahr bazmu ayshi anduhi g'amiga arzimas,

Sharbatu jonparvari muxlik samiga arzimas...

Bo ‘Idi la’li jonbaxshing uzra to namoyon xat,

Ey pari, Xizr yanglig'topti jovidon jon xat...

Ko ‘nglum g'amini do'stlarim, yorima ayting,

Jonim alamin la ’li shakarborima ayting...

Bu kim charx oftobi evrilur har lahza boshingdin,

Taraddud birla tinmay kasbi nur aylar quyoshingdin...

Bog'i jahonki xushturur gulshani aysh xonasi,

Rohati jismu jonparvar bazmu tarab nishonasi.

Bu an’ana rivojida yangi sahifa ochgan Ogahiy yo‘lini uning farg‘onalik izdoshi Mavlono Muqimiy davom ettirdi. U ham o‘zining bir qancha oshiqona g‘azallaridan tashqari, hatto hajviy g'azallariga ham yana o‘zi tazmin muxammaslar bog‘ladiki, bu hoi o‘rta asrlar fors adabiyotida awal tasmit nomi bilan halqasimon she’r yaratish usuli sifatida paydo bo‘lib, so‘ng musammat she’r shakllari sifatida rivojlana boshlagan, dastlabki turkiy namunalari asosan Navoiy, Husayniy va boshqalar orqali XVII asrlarda Turdi Farog‘iy, Mashrab, Sayido Nasafiy, Mirzo Bedil ijodida ijtimoiy, hatto isyonkor ohanglarni ifodalovchi janrlardan biriga aylanganini ko‘rsatadi. Bunda, shubhasiz, Ogahiyning bu janr takomili va rivojidagi mavqei nihoyatda katta bo'ldi.

Biz Ogahiyning g‘azallaridagi kabi, mustaqil hamda tazmin muxammaslarida ham, badiiyatning ko‘rkam va betakror namunalariga duch kelamiz. Ogahiy she’r mazmuni talabi bilan aruz bahrlari va vaznlaridan, qofiya va radif san’atidan yuksak mahorat bilan foydalanadi, ma’naviy va lafziy san’atlar nozik did bilan ishlatilgan go‘zal baytlar, to‘rtlamalar, beshlamalar ijod qiladi. «Ustina» radifli g‘azal va muxammasga xos poetik unsurlarning o‘ziyoq Ogahiyning mumtoz adabiyotimizning tom ma’nodagi iste’dodli vakillaridan biri ekanligini isbotlab turadi. Shu bois, Ogahiyning o‘zi ham Yaratuvchi unga in’om etgan shoirlik ne’matidan, uning samaralari xalq va ma’naviyat manfaatlari uchun xizmat qilayotganligidan faxrlanib:

Tong emas, Ogahiy ahli jahon she’ringga mayl etsa,

Nedinkim, har so ‘zing nazm ichra bir gavharga o ‘xshaydur—

aforistik baytni bitgan edi.

Masnaviylari. Ogahiy anchagina masnaviylar yozgan. «Ta’viz ul- oshiqin»da 450 baytdan iborat to‘rtta mustaqil masnaviy bor. Shu devonga Ogahiy yozgan debochada ham kichik-kichik sakkizta masnaviy parcha mavjud bo‘lib, ular 88 baytni tashkil etadi. Masnaviylar shoir tarixiy asarlari tarkibida turli munosabatlar bilan keltiriladi. Masalan, uning «Riyoz ud-davla» asarida 2 baytdan 278 baytgacha bo‘lgan 91 masnaviy, «Zubdat ut-tavorix» asarida 2 baytdan 52 baytgacha bo‘lgan 51 masnaviy; «Jome’ ul- voqeati sultoniy» asarida 2 baytdan 37 baytgacha bo'lgan 65 masnaviy va masnaviy parchalar; «Gulshani davlat» asarida 2 baytdan 138 baytgacha bo‘lgan 96 masnaviy va masnaviy parchalar, jami 355 bayt; «Shohidi iqbol» asarida va amakisi Munis vafotidan so‘ng yozib to'ldirilgan «Firdavs ul-iqbol»ning Ogahiy qalamiga mansub qismida talay masnaviy parchalar uchraydi. Ogahiyning yigirmaga yaqin tarjima asarlari tarkibida ham masnaviylar keltiriladi. Masalan, Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari taijimasida undagi hikoyatlar ruhiga mos bayt va qit’alardan tashqari, umumiy hajmi 63 baytdan iborat ikki baytdan etti baytgacha bo‘lgan 20 kichik-kichik masnaviy parchalar mavjud. Yuqoridagi kuzatishlardan ma’lum bo‘ladiki, Ogahiyning badiiy, tarixiy va taijima asarlarida masnaviylar ancha salmoqli o‘rin tutadi. Demak, Ogahiy bu janrdan foydalanishda ikki xil usuldan foydalangan ekan:

  1. Masnaviy she’r shaklida alohida-alohida asarlar yozish («Ta’viz ul-oshiqin»dagi masnaviylar);

  2. Turli voqea-hodisalar, sabablar munosabati bilan shu voqea-hodisa mazmuni va mohiyatini badiiy sharhlash, izohlash maqsadida shu voqea-hodisalarga bog‘lab masnaviy parchalar keltirish. Buni Ogahiy tomonidan shunday masnaviylarga qo‘ygan nomlar ham tasdiqlaydi. Masalan, u «Imorati oliy» («Jomi’ ul- voqeati sultoniy»)da Xiva shahrida «Ichan qal’a» ichida qurilgan bir katta binoni tasvirlaydi.

Ogahiyning uchinchi guruh masnaviylari ijtimoiy-axloqiy mavzulaiga bag‘ishlanganlaridir. Shunday asarlardan eng xarakterlisi Ogahiyga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlarda «Qasidai nasihat» nomi bilan atalib kehnuvchi ancha katta hajmdagi asar hisoblanadi. Ogahiyning Feruzga bag‘ishlab yozgan asarlari ancha. Biroq, bitta masnaviysi katta ijtimoiy-axloqiy qimmatga ega. Bu masnaviy Muhammad Rahimxoni Soniyning 1863 yili otasi Muhammad Rahim I vafotidan so‘ng Xorazm taxtiga chiqishi munosabati bilan yozilgan. Asar tuzilishi va mazmuniga ko‘ra, Alisher Navoiyning Husayn Boyqaroning Xuroson taxtiga kelishi munosabati bilan yozilgan «Hiloliya» qasidasiga o'xshab ketadi. Biroq davr, mavzu, undagi tarixiy shaxslar obrazlari, badiiy tasvirlar tamomila o‘zgacha. Masnaviy Ogahiyning o'z ijodiy yo‘lidan boruvchi shoir ekanligini namoyon yetib turadi. Ogahiyning ta’kidlashicha, yangi hukmdor Feruz Xorazmdagi saltanatning barqarorligini ta’minlamoq uchun quyidagi omillaiga izchil amal qilmog‘i lozim. Bu omillami u masnaviy yo‘li bilan shunday ifodalaydi:

Ki, himmat biridur, shijoat biri,

Adolat biridur, siyosat biri.

Jalodat biri, biri g‘ayrat durur,

Saxovat biri, biri iffat durur.

Biri hilm keldi, birisi hayo,

Biri va 'dag‘a aylamaklik vafo.

Shundan so‘ng shoir birin-ketin saltanat rivojiga va adolatning qaror topishiga xizmat qiluvchi yana bir qancha boshqa sabablarni sanab o‘tadiki, ular: futuwat (oliyjanoblik), sof niyat, muruwat, hamiyyat (intilish, jahd), shariat, kufrning oldini olish, raiyatnavozlik (xalqparvarlik), chorasozlik, tarbiyat, sipohlarga e’tibor, karam va boshqalar. Mutafakkir shoir davlatni mustahkamlash, uning tinchligi va osoyishtaligini saqlash uchun yuqoridagi masalalaiga qattiq e’tibor berish bilan birga, uning barqarorligiga, hukmdoming mavqei va obro‘siga zarar etkazuvchi axloq-odob mezonlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Shoir yosh hukmdor Feruzni ogohlantirib, davlat boshlig‘i, umuman, aqlli inson uchun o‘ta zararli bo'lgan quyidagi g'ayriinsoniy odatlami sanab o‘tadi, podshohni har doim bunday yomon odatlardan o‘zini saqlab yurishga chaqiradi:

Ki, g ‘aflat biri keldi, sharkat biri,

Kaholat biri-yu, kasolat biri...
Biri jahl sahbosidin mastlik.

Biri domi shahvatg'a pobastlik...

Shoir nazdida, saltanat ravnaqiga futur etkazuvchi yana bir qancha yaramas illatlar mavjud. Kimki shu illatlardan chetda turmasa, uni falokat bosadi, ishi yurishmaydi, obro‘si tubanlashib ketadi. Bu ayniqsa hukmdorlarga, xalq taqdiri topshirib qo'yilgan shaxslarga ko‘proq aloqadordir. Fisqu bid’at, jabr, molparastlik, ayshu ishrat, mayxo‘rlik, qimorbozlik, mulkdan bexabarlik, izzat ahlini xor qilish, bezori, beshafqat avbosh odamlarga mansab berish, ularga iltifot ko‘rsatish, hasadgo'ylik, chaqimchilik, sotqinlik shunday yaramas odatlardan sanaladi.

Tarixiy ma’lumotlaiga ko‘ra, Feruz Xorazmda 47 yil hukmdorlik qilgan, ko‘p yaxshi ishlari, ilm, san’at va adabiyotga homiyligi, talantli shoir, musiqachi bo'lganligi bilan yaxshi nom qoldiigan. Buni tasdiqlovchi dalillar yo‘q emas. Chunonchi, Ogahiy «Qobusnoma» tarjimasiga yozgan so‘zboshisida «U1 saltanat buijining muallo axtari... Saidmuhammad Rahim Bahodirxon bovujudi yigitlik ayyomi va ayshu ishrat hangomida hech bir lahvu la’bga (behuda ish, o‘yin-kulgi) moyil bo‘lmay, aksar vaqt kitobxonlik va ma’nidonlig‘ishiga mashg‘ul bo‘lib, har turluk kitobni mutolaa qilur erdi va o‘zga mashg‘ulotlardin ani a’lo va afzal bilur erdi», deb yozadi. Uning uzoq yillar saltanat boshida turishi, yaxshi ishlami amalga oshirib, o'zidan yaxshi nom qoldirishida, hech shubhasiz, uning Ogahiy nasihatlarini quloqqa olganligi ham bir sababdir. Ogahiyning Feruzga atab yozgan bu asari garchand mamlakatning yangi hukmdoriga bag'ishlangan bo‘lsa-da, qasida emas. U ikki yuz misralar atrofidagi, har bayti masnaviy yo‘li bilan qofiyalangan asardir. Ba’zi manbalarda u Feruzga bag‘ishlanganligi, kirishda ta’rif va maqtovlaming keltirilganligi sababli qasida janri namunasi sifatida tilga olinadi. Munis va Ogahiy haqida risola, maqolalar yozgan Nusratullo Jumaxo‘ja bu asarni «Ogohnoma» deb ham atagan. Chunki asar qisman madh ruhi bilan yo‘g‘rilgan, tarixiy shaxsga qaratilgan masnaviy namunasidir.


Download 59,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish