Ogahiy hayoti va ijodi



Download 59,11 Kb.
bet3/11
Sana26.09.2021
Hajmi59,11 Kb.
#186441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
12-ma'ruza

Ogahiy, jahd et, musohib bol haqiqat ahliga,

Tobakay bo‘lg‘ay majoz ahli bila ulfat sango —

maqtai bilan tugallangan g'azalida Ogahiyning ham majoziy- dunyoviy, ham haqiqiy—islomiy—ilohiy ishqqa falsafiy munosabati ifoda topgan. Hattoki shoir taxallusida ilohiyot sirlariga bog‘liq ishoralami ko‘ramiz:

Ne tong, ogoh bo‘lsa Ogahiy ishqing siridinkim,

Onga behuda ermas osmondin bu laqab paydo.

Dardu dilingni so‘rg‘ali, sorig‘yuzingni ko'rgali,

Damsoz bo'lub o‘lturg‘ali, yori qadrdoning kelur.

Quyidagi baytda esa, xalq maqollaridan adabiy muddao ifodasi yo‘lida foydalanish san’ati qo‘llanilgan:

Xunob ichar vaqtimda xush kelding ko ‘ngulkim xalq aro,

Yaxshi masaldurkim: «Kelur yaxshi kishi osh ustina».

Ogahiyning «Sizmusiz» radifli g‘azali to‘liq tarzda so‘ramoq (istifhom san’ati) san’ati mevasidir. Bir bayti:

Nozi karashma bog‘ining sarvi ravoni sizjnusiz?

Oshiq xasta jismining rohati joni sizmusiz?

Mana bu baytlar ham Ogahiyning xalqning qochirim, hazil iboralarini, so‘z o‘yinlarini nechog‘li yaxshi bilib, xalq she’riyatiga xos yumoristik baytlar yaratishga mohir ekanligidan dalolat berib turadi:

Soldi o't ko‘ngluma o‘g‘rin boqishing,

Oldi jonimni qarab qosh qoqishing,

Qolmag'ay kul bo‘lmayin boru yo‘qim,

Gar bu ersa ishva o ‘tin yoqishing.

Badiiy tasvir vositalari ichida istihroj san’ati ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Istihrojning lug‘aviy ma’nosi — «qazib chiqarmoq»dir. Istilohiy ma’noda esa, badiiy matnda keltirilgan harflardan so‘z qazib chiqarmoqni anglatadi. 0‘zbek mumtoz adabiyotining iste’dodli namoyandalari bu poetik san’atga murojaat yyetishib, arabiy harflami tilga kiritishib, ishqiy-tasawufiy ma’nolami zamzama qilishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu san’at kitobat — harf san’atining xiyla murakkab ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, she’riyatda hurufiylik ta’limotining ta’siri tufayli paydo bo‘lgan. Mohir so‘z ustasi Ogahiy ham eski o‘zbek alifbosidagi ba’zi harflar shakllaridan badiiy ashyo va tasvir vositasi sifatida foydalanadi:

Dog' uzra alifdurmu ko ‘ksim uza chekmish hajr,

Yo dard sipehrida mehvarmu ekan oyo?

Bu baytda shoir «dog‘» va «dard» so‘zlarining yozilish shaklidan foydalanib, so‘z o'yini yasagan.

Quyidagi baytda esa, «jon» so'zining butunligi «alif» bilan bo‘lgani singari, sening go‘zalliging boisi ham alifdek tik qomatingdir. «Alif» harfidan ajralgan «jon» so‘zi muqarrar buzilishi kabi, sening qading (ya’ni vasling) hijronida mening hayotim ham barbod bo'lishi muqarrar» degan mazmun, fikr ifodalangan:

Qading hijronida jonim xarob o‘lsa, tong ermaskim,

Latofatda sanga zebo alifdur «jon» aro qomat.

Ogahiyning mashhur «Ustina» radifli g'azalining matla’ bayti ham shu san’atning oliy namunasidir.

Ogahiy g'azallarida, umuman, lirik she’rlarida aqlga sig'maydigan mubog'alar, uning tablig‘, ig‘roq, g'uluw kabi aqlan ishonish mumkin bo‘lgan, o‘ta kuchaytirilgan, ba’zan aql bovar qilmaydigan turlari uchraydi.

Ohimdan uchub havog'a tog'lar,

Yor yuzi sarosar o'ldi homun...

Oyia tofon xez bo'ldi ashku ohimdin bori,

Yor yuzin g‘arq aylab etdi mavj urar gardunda suv.

Ogahiy arabcha «chiroyli dalillash» ma’nosini anglatuvchi, badiiy asarlarda tasvirlanayotgan voqea-hodisaning shoirona sababini ham ko'rsatib ifodalash san’ati hisoblangan «husni ta’lil» usuliga ham tez-tez murojaat yetib, baytlar yaratadi. Bunda oy, quyosh kabi samoviy hodisalar harakati, holatidan foydalanadi.

Falak mehru bulutdin ko'zga chekmish pardai mushkin,

Magar boqib quyoshim yuziga ko‘zi qamoshibdur.

Beniqob ul mahliqoni toki ko ‘rdi, har kecha,

Infiolidin quyosh er ostida pinhon erur.

Keyingi baytni o‘qiganingizda beixtiyor Alisher Navoiyning shabob ayyomlarida yozib Mavlono Lutfiyni lol qoldirgan

Orazin yopqoch ko ‘zjimdin to‘kilur har lahza yosh,

Boyiakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh

bayti yodingizga keladi.

U istioralar qo'llaganda esa she’r tarkibida ma’lum maqsadda keltirilgan so‘zlaming majoziy ma’nolarini topib ishlatadi:

Falak mehru bulutdin ko ‘zga chekmish pardai mushkin,

Magar boqib quyoshim yuziga ko'zi qamoshibdur.

baytida husni ta’lil san’ati istiora orqali yuzaga chiqqan.

Kamol avji uza farrux yuzung mehri saodatdur,

Latofat bog'ida zebo qading sarvi nazokatdur.

bayti misralarida ham kuchli istioralar qo'llanilgan.

Ogahiy va, umuman, Munisdan e’tiboran xorazmlik shoirlaming ko‘pida she’rda muayyan so'zni takror qo'llash san’ati hisoblangan takriming ham xilma-xil ko'riinishlarini uchratamiz. Ogahiyning bir g‘azalidagi matla’dan maqta’gacha qo‘llangan takrir san’ati g‘azal baytlarining ikkinchi misralarida ifodalanayotgan ma’nolarni kuchaytirib, birinchi misralardagi oshiq dardlarini yorqinroq ochishga xizmat qiladi:

Jonitn olur, ey pari, holimg‘a boq ishtiyoqu shtiyoqu ishtiyoq.

To mani furqatda qoyding nolishim Al-firoqu al-firoqu al-firoq.
Aylamishsan qatlima agfyor ila Ittifoqu ittifoqu ittifoq.

Bovar etmassan desam yuz yolborib, Ko'nglum oqu ko‘nglim oqu ko‘nglum oq...

Takrir she’r baytlarida (boshi, o‘rtasi yoki oxirida) juft-juft so‘zlar qo'llash san’ati sanalgan mukarrar san’atidan farq qiladi.

Ogahiyning ikki ishqiy g‘azalida keltirilgan:


Download 59,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish