Ey yuzung burji sabohat axtari,
Har so(zung durji fasohat gavhari...
Ishqing g'amida diydai giryonima rahm et,
Hajring tunida nolai afg^onima rahm et...
kabi baytlarda badoega oid asarlarda lafziy san’atlar turiga kiritiluvchi tarse’ muvozana deb nomlanmish san’at mohirlik bilan qo‘llanilgan. Bu san’at baytdagi so'zlarning o‘zaro vazndoshligiga, ohangdoshligiga, qofiyadoshligiga asoslanadi. Baytdagi barcha so‘zlar vazn jihatidan o‘zaro teng, o'xshash bo‘lishi lozim. Ogahiyning yuqoridagi baytlarida shu talabga rioya qilingan va u, o‘z navbatida, shoir o‘ylagan poetik niyatni yuzaga chiqarishga xizmat yetib, she’rdagi badiiylikni kuchaytirgan.
Professor A.Hojiahmedovning «She’riy san’atlar va mumtoz qofiya» risolasida qofiya san’atlari xususida juda muhim nazariy ma’lumotlar, tahliliy sharhlar keltirilib, shu san’atda Ogahiyning o‘zgacha o‘mi borligi qayd etilgan. Binobarin, Ogahiy she’riyati o‘z mavzularining zamonaviyligi, dolzarbligi, ma’no va mazmunining chuqurligi bilan bixga, badiiy-estetik jihatdan go'zalligi bilan ham ibratli adabiy maktabdir. Uning she’rlarida vazn, qofiya noqisliklari umuman uchramaydi.
Toki ul qotilg‘adur sandon ko‘ngul, xunxor ko’z,
Jabru zulmidin manga vayron ko ‘ngul, xunbor ko ‘z
bayti bilan boshlanuvchi oshiqona g‘azalida shoir g‘azalning oxirigacha har bir baytda ikki so‘zni qofiyadosh qilib keltirish (yuqoridagi baytda «sandon, xunxor — vayron, xunbor») san’ati hisoblangan zulqofiyatayn (qo‘sh qofiya)ni mohirlik bilan ishlatgan. U tasawufiy ruhda yaratgan mustazodlarida ham original qofiyalar topib ishlatishga muvaffaq bo‘ladi.
Jumladan uning
Ey yor, sango ushbu jahon bog‘i aro gul bir
oshiqi hayron,
diydoringa shaydo.
Bir sheftadur kokuli mushkuninga sunbul ham
holi parishon,
ham boshida savdo
matla’li mustazodida shunday she’rlarda qofiya ishlatish usulini yangilashga, takomillishtirishga harakat qilib, har qaysi to'liq misra (to‘rt ruknli)dan so'ng bir emas, balki ikkita (ikki, ikki ruknli — mafulu faulun) orttirma misra keltiradi. Bunday orttirma yarim misralar qo'llash Ogahiygacha bo‘lgan fors va ozarbayjon adabiyotida uchrasa ham o‘zbek adabiyotida kuzatilmagan edi. Shu bois, ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmidan yuksak bosqichga ko‘tarilgan, ayrimlariga Feruz va Komil Xorazmiy tomonidan kuylar bastalanib, notalarda aks ettirilgan Xorazm shashmaqom va suvora turkumidagi mumtoz qo'shiqlarning asosiy qismini Ogahiy g'azallari, muxammaslari tashkil etdi. Masalan, Ogahiyning «Ustuna» radifli mashhur ishqiy-orifona g'azali «Peshravi Feruz» deb ataladi. Uni Komil Xorazmiy notaga olgan. Olti jilddan iborat «Xorazm maqomlari» kitobidagi shunday qo‘shiqlaming ko‘plari Ogahiy she’riyatiga bastalangan qo‘shiqlardir. Ulami Xorazmning mashhur hofizlari Madraim Sheroziy, Komiljon Otaniyozov kabilar ijro etganlar.
Ogahiyning muxammas va masnaviylari. Ogahiy o‘zbek shoirlari ichida eng ko‘p musammatlar yaratgan shoirlardan biridir. «Ta’viz ul-oshiqin» devonida ikkita murabba’, 89 muxammas, besh musaddas, to'rt musamman keltirilgan. Ko‘rinadiki, Ogahiy muxammaslar yaratishga alohida e’tibor bergan. U hatto muxammaslarini devoniga alifbo tartibida joylashtirishni lozim ko‘rgan. Ulami bir joyga jamlagudek bo'lsa, muxammaslardan iborat bir she’riy majmua, muxammas she’rlar devoni» paydo bo‘lishi mumkin. Ummat To‘ychiev «Muxammas janrining asoschisi Ogahiy» deganlarida (garchand, bu fikr to'g'ri bo‘lmasa-da) Ogahiyning bu janrga ayricha qiziqish va e’tibor bilan qaraganligini nazarda tutgandek. Sakson to'qqiz muxammas ichida Navoiy g‘azallariga bog‘langanlari o'ttizta. Shulardan yigirma oltitasi «Ta’viz ul-oshiqin»ning 1960 yildagi nashriga kiritilgan. Ayrim tasawuf ruhidagi namunalar bu nashrga kiritilmay qolgan bo‘lishi mumkin. Ogahiy Mavlono Fuzuliyning beshta, Munisning to‘rtta, zamondoshlaridan Rojiy Xorazmiyning uchta, shoh va shoir Feruzning beshta, Dilovorning bitta, Amiriy (Umarxonning) bitta, G‘oziyning bitta g'azaliga tazmin muxammaslar bog‘lagan. Ogahiyning qolgan qirqdan ortiq muxammasi o'zining mustaqil va bir nechasi o‘z g‘azallariga o‘zi yozgan muxammaslardir. Aytish mumkinki, Ogahiy muxammas she’rlar ijod qilishda birinchi navbatda Navoiy tajribalariga, qo‘llagan usullariga murojaat etdi. U Navoiydan so‘ng shu janmi eng yuksak bosqichga ko‘tara olgan shoir bo'ldi.
Buyuk Alisher Navoiy, soni unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, bu janming etuk namunalarini yaratdi. Ayniqsa, boshqa shoirlar, shu jumladan o£z g:azallariga tazmin muxammaslar yozish an’anasiga ham asos qo‘ydi. Ogahiy shu nuqtada Navoiy dahosidan nihoyatda kuchli ta’sirlandi. Shu an’anani yangi xususiyatlar bilan boyitdi. Bejiz u
Do'stlaringiz bilan baham: |