Boqi
Muhammadxon
Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599
Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon
Boqimuhammad — Buxoro xoni (1599 —
1605), oʻzbeklarning Ashtarxoniylar
sulolasidan. Jonibek sultonning oʻgʻli.
Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili
Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi
Muhammadxonni alohida xizmatlari
uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan
(1599). Shunday boʻlsada, Boqi
Muhammadxon tez orada oʻz mavqeini
mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga
itoat etmay qoʻygan va hatto unga qarshi
urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-yil
iyunda Pirmuhammadxon Samarqand
yaqinidagi Bogʻi Shamol degan joyda
Boqi Muhammadxon bilan jang qilib,
magʻlubiyatga uchragan. Soʻng Boqi
Muhammadxon Buxoroga kirib, xonlik
taxtini egallagan. Shu tariqa Buxoroda
yangi sulola — ashtarxoniylar xukmronligi
boshlangan. Boqi Muhammadxon oʻz
hukmronligi davrida xonlik hududi
yaxlitligini saqlab qolish va oʻziga qadar
oʻtgan xonlar qoʻldan chiqargan yerlarni
dushmandan qaytarib olish maqsadida
koʻplab urushlar qilgan. Chunonchi, Boqi
Muhammadxon Balx taxtiga daʼvo qilib
isyon koʻtargan (1601—02) ashtarxoniy
shahzodalar — Abbos sulton va
Rahmonquli sultonlarni magʻlub etgan
(1602-yil bahori). Eron shohi Abbos I
Balxni bosib olish, soʻngra Boqi
Muhammadxonni taxtdan agʻdarib, uning
oʻrniga shayboniylardan Muhammad
Salim sultonni oʻtqazish va bu bilan
Buxoro xonligida ashtarxoniylar
hukmronligiga chek qoʻyish maqsadida
katta qoʻshin bilan yurish qilganda, Boqi
Muhammadxon Amudaryo boʻyidagi Puli
Xataba degan joyda unga peshvoz chiqib
(1602-yil iyul), Eron qoʻshinini butunlay
tormor keltirgan. Shoh Abbos I esa
qolgan-qutgan askarlari bilan arang
qochib qutilgan. 1603-yil 25-martda Boqi
Muhammadxon temuriylardan Kobul
hokimi Muhammad Hakim Mirzoning
jiyani Badiuzzamon bosib olgan Qunduz
shahrini uch oy qamal qilgach, yana
qayta qoʻlga kiritgan. Boqi
Muhammadxon mamlakatni idora qilish
tizimi va soliqlarni tartibga solish,
qoʻshinni qayta tashkil qilish kabi qator
islohotlar oʻtkazgan, savdo-sotiq,
hunarmandchilik, obodonchilik ishlariga
katta eʼtibor bergan.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)
Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Boqi_Muhammadxon&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Boqi_Muhammadxon&oldid=283
5010" dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 17:39 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |