17 – mavzu: Ovqatlanish odobi. Reja: Ovqatlanish madaniyati. Mehmon kutush qoidalari. Dasturxon bezash san`ati. Tayanch iboralar: mineral, energiya, oqsil, iste’mol, ratsion, san`at, dieta. Odob faqat gapirishda inson ozini qanaqa tutishida emas balki ovqatlanishdaham odob bor. Insonni chiroyli ovqatlanishi ham odob. Misol un ovqatni birinchi bolib uyning kattalariga suziladi, dasturhonga uyning kattasi kelib otirishini kutamiz
va ular ovqatni boshlamaslaridan oldin ovqatlanmaymiz. Ovqatni chapirlatmasdan yeymiz va albatta ong qo’lda. Ogzimiz ovqat bn tola holda gapirmaymiz va ozodalik
bn ovqatlanamiz. Eng muhimi ovqatlanishdan oldin Bismillah deb boshlab Alhamdurillah deb turishimiz lozim shuningdek ovqatni qilgan insonga
minnadorchilik bildirishimiz uni ham hursand qilishimiz lozim.
Ovqat qilishda inson gigiena qolidalariga qattiq e’tibor berishi lozim.
Bu sogligimiz un foydalidir! Ovqatni
Bismillah deb boshlaymiz qollarimizni yuvamiz va romolimizni o’raymiz ovqatga qil tushmasligi un ishlatayotgan mahsulotlarimizni yahshilab yuvib song
ishlatamiz.
Foydali va foydasiz ovqatlanish
Bazi insonlar semirish sababli dieta qilishga otishadi. Dietani ular tushunmasdan ovqatlanmay qoyishadi yoki hadan tashqari kam ovqat yeyishadi buni ular dieta
deb hisoblashadi. Ammo bu oshqaozon un juda katta zarar agar organizim oziga keralki vitaminlarni qabul qilmasa bu har hil kasalliklarga olib
keladi. Yana bazi insonlar kocha ovqatlari bolgan gamburger, chizburger, pizza vahokazo ovqatlarni doimiy tanavul qilishlik bn oshqozonlarga zarar yetkazadilar yana tez tayyor booladigan Roltin/lapsha kabi himikatga boy ovqatlarni istemol qilib ozlarini har hil kassaliklarga chalintirishadi.
Inson doimo oz saoligi haqida qaygurishi lozim togri va vitaminga boy ovqatlarni tanavul qilishlik bn soglom bolishlari lozim. Erta sahardan pazitiv bolishlik un albatta nonushta qilishlari lozim noushtaga engil lekin toyimli bolgan brinza, pishloq, pamidor, bodring, zaytun, tuhum va gosht istemol qilganlari maqul. Obedga esa baquvat ovqatlanishlarini tavsiya qilgan bolardik va kechqurunga juda ham bolishi lozim chunki kechki ovqat ogir bolsa organizim hazim qilishlgi qiyin boladi va qorin ogrigiga olib keladi. Kechgi ovqatni soat 6 dan kech qilmaslikga harakat qiling chunki qancha kech bolsa shuncha zarar. Yuqorida gapirib otganimizdek dietani notigri tushungan insonlar bor dieta aslida togri ovqatlanish degan manoni anglatadi. Inson togri ovqatlanib albatta sport bn shugurlansa soglom va baquvat boladi.
Mahsulotlar
Hayotda koplab foydali mahsulotkarni foydali ekanligini bilsakda istemol qilmaymiz misol un tvarog unda kaltsi moddasi kop u tishlarimizga judaham katta foydasi bor. Lavlagi kam qonlar un juda katta foydasi bor lavlagi tanada qon kopayishiga yordami tegadi. Bodom, shikalat kabi mahsulotlar aqilni charhlab hotirani yahshilaydi ammo ularni meyorida yeyish lozim.
Yalpizlar kokatlar vitaminga boy mahsulotlardan biridur. Zaytun, imbir kabi kuchli mahsulotlarda foyda katta. Limon, apelsin mevalari shamollashni oldini oladi shuningdek namatakham.
Ammo bazida insonlar nafsi tufayli oz sogliklariga zarar yetkazishadi ahir sogligimiz juda katta boyligimizku.
Bundan tashqari sogligimizga zarar yetkazsak iymonimizga ham zarar tegadi chunki biz Alloh aytganidek yashamayotgan bolamizda.
Toʻgʻri va oqilona ovqatlanish deganda nimani tushinamiz?! Oqilona ovqatlanish madaniyati deganda ovqatlanish tartibi va taomning xilma-xilligi tushuniladi. Bu ovqatni qancha va qachon yeyishni, dasturxonni qanday bezatishni bilish zarur demakdir. Toʻgʻri va oqilona ovqatlanish inson umrini uzaytiradi, salomatligiga ijobiy taʼsir etib, organizmning meʼyorida faoliyat yuritishiga yordam beradi. Ovqat ratsioni tegishlicha energetik qiymatga ega boʻlishi kerak. Bu esa organizm hayot faoliyati uchun sarflangan energiyasiga yeyiladigan ovqat kalloriyasi muvofiq kelishdir. Inson mehnat bilan shugʻullanganda, yurganda, turli harakatlar qilganda, gaplashganda, barcha ichki aʼzolar, ayniqsa, miya, yurak, oʻpka, meʼda-ichak tizimi buyraklar uzluksiz ishlab turadi. Buning uchun energiya kerak. Energiyaning esa biz oziq-ovqat mahsulotlari va suyuqliklardan olamiz. Ovqat ratsioni sifat jihatdan toʻyimli boʻlishi, yaʼni, barcha oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsillar, uglevodlar, yogʻlar, mineral moddalar va vitaminlar mavjud boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilish zarur. Bolalar bir kunda toʻrt mahal ovqatlanishi, ertalabki nonushta kundalik ovqatning 25 foizni, tushlik 35 foizni, peshinda 15 foizni, kechki ovqat 25 foizni tashkil qilishi kerak. Ovqatlanayotganda har qanday ishni yigʻishtirib qoʻying. Ayniqsa, koʻngilsiz voqealarni eslamang. Ovqat paytida hech narsa oʻqimang, aks holda taom yaxshi hazm boʻlmaydi. Suyuqlikni haddan tashqari koʻp ichish ham zarar qiladi. Odam koʻp terlaydi, “suyulib” qolgan qon kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Yurak, tomir va buyraklarga ogʻirlik tushadi.Dasturxon did bilan bezatilsa va ovqat chiroyli qilib qoʻyilsa, koʻrganda faqat koʻz quvonib qolmasdan, bunda meʼda shirasi ham koʻproq ajraladi, hazm tizimi ovqatlanishga tayyor turadi. Dasturxon har xil koʻkatlar: petrushka, shivit, sabzavotlar, limon, bodring, karam kabilar bilan bezatilsa maqsadga muvofiq boʻladi. Sabzavotlarni dasturxonga qoʻyishdan oldin yaxshilab yuvish kerak. Yuvilmagan mevalar yuzasida oʻtkir yuqumli meʼda-ichak kasalliklarini chaqiruvchi mikroorganizmlar boʻlishi mumkin. Ovqat juda issiq va juda sovuq boʻlmasligi lozim. Issiq ovqatlar 50-60 darajada boʻlishi, sovugʻi 10 darajadan kam boʻlmasligi kerak. Uy bekalari ovqat tayyorlanadigan mahsulotlarning sifatli boʻlishiga eʼtibor berishlari lozim. Mahsulot sal buzilgan boʻlsa ham ovqatga ishlatish mumkin emas. Sutni faqatgina qaynatib ichish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |