Dunyoda tillar kop, shevalar, lahjalar bisyor. Lekin shunday bolsa-da, har birining ozgacha tarovati, ozgacha jozibasi bor. Bugun biz fikr yuritmoqchi bolgan tilimiz arab tilidir



Download 17,96 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi17,96 Kb.
#433935
Bog'liq
...(1)

Ayubxon 3:


Dunyoda tillar kop, shevalar , lahjalar bisyor. Lekin shunday bolsa-da , har birining ozgacha tarovati, ozgacha jozibasi bor. Bugun biz fikr yuritmoqchi bolgan tilimiz – arab tilidir. Qadimiy tillar sarasiga kiruvchi ushbu Arab tili, boshqa qadimiy tillardan soz boyligi, yozilish uslublarining gozalligi bilan ajamiy tillardan ajralibgina qolmay, Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karim ham ushbu tilda nozil bolgan. Shu orinda arab tilining asosiy manbasi bolgan Qur’oni karimning, shu’aro surasi 195- oyatida arab tilining bayon etilish uslubiga kora: “ Ochiq-oydin arab tilida.”- deb ta’rif berilgan.
Arab tili kelib chiqishi jihatidan “somiy” tillar oilasiga mansub tillardan hisoblanib, bugungi kunimizda yigirmadan oshiqroq mamlakatlarning davlat tilidir. Arab tilida Yaqin va Orta Sharq (Saudiya Arabistoni yarim oroli, Suriya, Iroq, Livan,Yaman va hokazo), Afrikaning Shimolidagi (Misr, Niger, Kamerun va hokazo) aholisi sozlashadi. Klassik arab tili hozirgi zamonaviy sozlashuv arab tilidan anchagina farq qilsa-da, rasmiy telekanallar, nashrlarda hamon mumtoz arab tilidan foydalaniladi.
Mumtoz arab tili haqida gap borar ekan, shu orinda buyuk bobokalonimiz Abu Qosim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlarini arab tilining rivojlanishiga qoshgan ulkan hissalarini, yozgan buyuk ilmiy kitoblarini eslab otsak va naqadar Allohning rahmati yogilgan bir gozal yurtda tugulibgina qolmasdan, mana shunday zabardast, ulug va mutafakkir zotlarning avlodi bolib dunyoga kelganimizga har qancha shukur qilib otsak ozdir.
Qosimning otasi deya nisbat berilgan bu ulug zotning asl ismi Abu Qosim Mahmud ibn Umar Az-Zamaxshariydir. Olim hozirgi Xorazm viloyati Qoshkopir tumani hududida bolgan, eskitda Zamaxshar deb atalgan qishloqda, 1075-yilning 19-mart kuni dunyoga kelgan.
Uning otasining ismi Umar bolib, osha davrning boy bolmagan ortahol kishilaridan edi. Kop vaqtini Qur’on tilovati ila mashgul bolishidan uning savodli, diyonatli, taqvoli ekanligi sezilib turardi. Namozlarini Zamaxshardagi bir masjidda imom bolgan holida qoyim qilardi. Farzandiga kelajakda olim bolib yetishishiga tamal toshini qoyib bergan, uni haqqiga kopdan-kop va uzundan-uzun duolar qilgan kishilardan biri edi. Onasi ham otasiga monand taqvoli, dindor, soliha ayollardan edi.
Mahmud Az-Zamaxshariy bolalik choglaridanoq ilmga tashna, aqlli, ziyrak bola bolib osdi. Yoshligida roy bergan baxtsiz hodisa tufayli, u bir oyogidan ayrilib qoldi. Bolgan voqeadan uning ota-onasi juda ta’sirlanib, bolasining kelajagi haqida qaygurishar edi. Otasi: “endi oglim ogir mehnatga yaramaydi, mendan song muhtojlik kormasin”- deb, Mahmudni kiyim tikish ustaxonasiga , shogirdlikka bermoqchi boladi. Ammo bolajak alloma otasidan, “ta’lim olish uchun meni madrasaga bersangiz”- deb iltimos qiladi. Shu tariqa, Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari otasining roziligi bilan, Buxoroi sharifdagi madrasaga oqishga jonaydi.
Tarix kitoblarida, tarixchilar Mahmud Az-Zamaxshariy haqlarida shunday deb keltirishadi: “Bir oyogi yogochdan edi, uzun yaktak kiygani uchun , korgan odam uni choloq deb oylardi”. Haqiqatda bolajak olimni bir oyogi kesilishi, uni ilm deb atalgan mashaqqatli yolda, zafar quchib yurishdan charchatmadi va ozi orzu qilgan martabaga erishdi.
Mahmud Az-Zamaxshariy madrasaga oqishga kirgungacha ham, tolibi ilmlar ichida, ozining fanlarning turli sohalariga bolgan qiziqishi va otilgan darslarning puxta ozlashtirishi orqali ham tengqurlari ichida e’tiborli edi. U, ayniqsa, diniy fanlarga, xususan arab tili va adabiyotiga ozgacha mehr, bor kuch va quvvatini sarfladi. Hattoki, osha paytlarda xattotlikni yaxshi organganidan, hayotiy ehtiyojlari uchun kerak boladigan mablagni ham ozi ishlab topardi. Uni tirishqoqligi, ilmga bolgan muhabbati va sarflayotgan kuch-quvvati besamar ketmayotganidan dalolat berib turar edi. Mana shu intilishlari, orzu va umidlari, uni, balki Buxoroi sharifdagi madrasaga boshlab kelgan bo`lsa ajab emas!
Mahmud Az-Zamaxshariy madrasada diniy bilim oldi va ozida bor bolgan bilimlarini mukammallashtirib bordi. Madrasani tugatib qaytgan yillari u Xorazmshohlar xizmatiga bel bogladi. Hukmdorlar bilan yaqin munosabat shakllantirishga urinib kordi. Lekin Mahmudning bilimiga, korgan shuncha yillik ta’limiga hukumat raislari tarafidan, kotiblikdan boshqasi e’tiborli korilmagach, bir necha yillik xizmatdan keyin u saroydan bosh olib ketdi. 1118-yilda qattiq betob bolib qoldi. Kasallikdan forig bolgach, hukmdorlarning xizmati-yu, hashamatli saroylarda hayot kechirishdan batamom voz kechdi.
Umrining qolgan qismini ilm olishga, komil inson siymosida ozini korishga, fanlarni rivojlantirishga, yozilgan asarlarni sinchiklab organishga astoydil qasd qildi.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Buxoroi sharifdagi madrasani tamomlagandan song, ilk bor ilm talabida, avval Marv, song Nishopur, Isfahon, Shom (hozzirgi Suriya davlati), osha davrning markaz shaharlaridan bolgan Bagdod, Hirot ( hozzirgi Afgoniston islom respublikasi), Hijoz ( ikki marta) va Makkai mukarramaga safar qildi va osha yurtlarda umr guzaronlik qilib, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar: aqoid, fiqh, balogat, hadis kabi va yana xattotlik san’atini mukammal darajada organdi. Arab tili va adabiyotiga bolgan kuchli muhabbati tufayli, arab dunyosida avloddan avlodga otib kelayotgan maqollar, urf-odatlarni chuqur tahlil qilishiga sababchi boldi. Alloma juda koplab ilmiy ishlar, tahliliy izlanishlar olib borib, 50 dan ortiq turli sohalarga bogliq bolgan ilmiy kitoblar yaratdi.
Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahrida yashagan vaqtlarida, sermahsul ijod qildi. Mintaqa geografiyasiga oid juda koplab, xilma-xil ma’lumotlarni topladi. Alloma bundan tashqari, mahalliy qabilalarning lahjalarini organib chiqdi. U Makkada 5 yil hayot kechirdi va koplab asarlari aynan shu yerda dunyo yuzini kordi. Shu boisdan ham Makka tuprogi olimning konglida juda chuqur iz qoldirgan va insonlar tarafidan “Jarullohi”, ya’ni “Allohning qoshnisi ” degan yuksak nomga sazovor boladi.
Hazratning asarlari haqida suhbatlashishdan oldin, bu ulug zotning ustozlari haqida ham qisqacha ma’lumot olsak.
Albatta, allomaning mana shunday yuksak marralarni zabt etishida, oz davrining ilmlarini puxta egallashida va kelajakda yetuk olim bolib yetishib chiqishida uning ustozlarini orni benihoya katta bolgan.
Ana shunday ustozlaridan biri – til, lugat va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jarir Dabbiy Isfahoniydir. Isfahoniy ham Xorazmda bir qancha muddat yashagan. Bu olkada mu’taziliylar ta’limotining joriy bolishi ham ana osha Isfahoniy nomi bilan bogliqdir. Isfahoniy Urganchda kuchli mu’tazila maktabini ochgan. Mahmud esa ustozining diniy qarashlarini qollab-quvvatlagan.
Mahmud Az-Zamaxshariyning yana bir qancha ustozlari Abu Mansur Nasr Xorisiy, Abu Saad Shaqqoniy, Abul Xattob ibn Batar kabi oz davrining mashhur olimlaridan hadis ilmidan tahsil oldi. Makka shahrida oqib yurgan davrlarida esa naxv va fiqh boyicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh Yabiriy Andalusiy, shayh Sadid Xayatiy, lugat ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn Xadar Javloqiydek mashhur olimlardan oldi.
O’z davrining yirik olimi darajasiga kotarilgach, Zamaxshariy hazratlarining Xorazmda ham, Sharqning boshqa kopgina shaharlarida ham kopdan-kop shogirdlar bor edi va alloma kop vaqtini ular bilan otkazar edi. Qarindosh- uruglarninga tanqid va qistovlariga qaramasdan, umri davomida bir marta ham uylanmadi. Ilmiy asarlar yaratishni va munosib shogirdlar tayyorlashni, farzand ostirishdan muhim deb hisobladi.
Shuning uchun bolsa kerak,Maxmud Az-Zamaxshariy hazratlari “Arab va arab bolmaganlarning ustozi”, “ Xorazm faxri” kabi sharafli nomlar bilan ulug`langan.
Olim arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bagishlangan “Al-Mufassal”, Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” kabi asarlari, butun musulmon dunyosida juda ham mashhurdir. Qohiradagi mashhur Al-Azhar diniy dorulfununining tolibi ilmlari ayni vaqtgacha ham “Al-Kashshof” asari asosida Qur’oni karimni organib kelishmoqda.

Buyuk olim, filolog va jugrofiy fanlar bilimdoni Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari Makka shahridan Xorazm diyoriga qaytib, bir necha yil shu yerda yashadi. Alloma 1144-yil 14-aprelda bu yorug olamni tark etadi.Lekin shunday bolsada,Mahmud Az-Zamaxshariyning hayoti tarix sahifalarida, buyuk asarlari bilan ochmas iz qoldirdi. Kelajak avlodga haqiqiy olim qanday bolishi kerakligini, ozining sa’y-harakatlari bilan, ilm yolidagi chekkan mashaqqatlari bilan, oz yurtidan ayro bolsa ham maqsadlari tomon olga qadam bosishi bilan korsatib bera oldi.


1333- yilda Xorazmga safar qilgan, mashhur arab sayyohi ibn Battuta (1304-1377) “Ar-Rixla”, ya’ni “Sayohatnoma” asarida, Zamaxshariyning ustida qubbasi bolgan maqbarasini korganligi haqida yozadi.Buyuk mutafakkir olim Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari arab tili grammatikasi, lugatshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga doir ellikdan ortiq asarlar yozgan. Ammo ushbu asarlardan kam sonlisi bizning davrgacha yetib kelgan. Zamaxshariy hazratlari “Al-Mufassal” asarini 1121- yilda Makka shahrida istiqomat qilgan paytlari, bir yarim yil mobaynida yozib tugatgan.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bolgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bagishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, ozi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bolsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bagishlab yozdi.“Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bolingan bolib, oz ichiga otlar, fe’llar, boglovchilar, ot ozgarishlari va fe’l ozgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.
Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari oz asarlarida osha davrdagi arab tilida iste’molda bolgan barcha sozlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. Sozlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yonalishdagi dastlabki asarlardan deyishga tola haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, moguliy lugatlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.
Alloma Makka amiri, olim va adib Abul Hasan ibn Hamza ibn Vaxxos As-Sulaymoniy bilan dost edi. Ibn Vaxxosdan olgan ma’lumotlariga asoslanib, Hijozga qilgan safari davomida “Kitob ul-jibol val-amkina val-miyoh”, ya’ni “Toglar, joylar va suvlar haqida kitob” nomli asar yozib, unda joylar, toglar va dengizlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.Olim adabiyot, tafsir, hadis, fiqhga doir mukammal asarlar yaratdi.

Allomaning “Asos ul-baloga”, ya’ni “Balogat asoslari” asari, asosan lugatshunoslikka bagishlanadi. Ushbu asarda arab tilining mukammalligi, fasoxati borasida soz boradi. Fikrni chiroyli tarzda ifodalash, soz boyligidan togri foydalanish uchun kishida fasoxat, balogat ilmlari bolishi kerak. Buning uchun sozni oz ornida ishlata bilish va qoidalarga muvofiq yozish ham kerak bolgan. Bu asarda badiiylikning asosiy qismi frazeologik soz birikmalari va ularni amalda tatbiq etish yollari chuqur tahlil qilingan.“ Atvoq uz-zahab fil-mavoiz val-xutab”, ya’ni “Ogit va nasihatlarning oltin shodalari” asari nasihatomuz maqolalar toplamidan iborat. Asar birinchi marta 1885-yil Olmoniya olimi Fon Xomir tomonidan nemischaga tarjima qilinib, arabcha matni bilan birga keltiradi.


Zamaxshariy hazratlarining “Robi ul-abror va nusus ul-axyor”,ya’ni “ Yaxshilar bahori va fozillar axbori” asarida adabiyot, tarix va boshqa fanlarga oid hikoyalar, latifalar, suhbatlarning eng saralari jamlangan, 97 bobdan iborat bu asarning nodir bir qolyozma nusxasi Toshkentda, OzR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Bundan tashqari, Leydin, Berlin kutubxonalarida ham qolyozmalari mavjud.
Mahmud Az-Zamaxshariyning goyatda keng tarqalgan mashhur “Kashshof an xaqoiq it-tanzil va uyun laqovil fiy vujuh it-tavil”,ya’ni “Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali sozlar kozlarini ochish” asari Qur’on tafsiriga bagishlangan. “Kashshof” asarini Mahmud Az-Zamaxshariy Makkada turgan paytida, uch yil davomida 1132 - yildan boshlab, 1134 - yilgacha yozib tugatadi.
Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimiz Az-Zamaxshariy hazratlari chin ma’noda, bizlar uchun katta ibrat maktabini yaratdi. Minglab ozbek yoshlarining qalbida ilmga bolgan intilishini yanada jonlantirishiga turtki boladigan, benazir ilmiy meros qoldirdi. Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, kop allomalar qatori Az-Zamaxshariy hazratlarining nomlari ham abadiylashtirildi. U zotning yozgan asarlarini o`rganish bugungi kunimizda ham davom etmoqda.
Download 17,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish