Karimova fotima



Download 0,51 Mb.
Sana28.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#414995
Bog'liq
Karimova Fotima.Insho




Matematika fakulteti
3 - bosqich talabasi




KARIMOVA FOTIMA
#mening_universitetim

“Ulkan ilmiy salohiyatga ega oliygoh”


Reja:

  1. Kirish:

Samarqand Davlat Universitetining tarixiy ildizlari.

  1. Asosiy qism:



  1. Jonkuyar ustozlarimizning mashaqqatli va sharafli faoliyatlari



  1. Universitetimizning shijoatli talaba-yoshlari



  1. Universitetim – faxrim



  1. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi buyuk ajdodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirishga ulkan hissalarini qo’shishgan hamda, jahon tamadduniga tamal toshlarini qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz.
Ana shunday Oliy ta’lim muassasalaridan biri bizning Samarqand Davlat Universitetimizdir.
Samarqand Davlat Universitetining tarixi buyuk olim Muhammad Xavofiy 100 dan ortiq tinglovchilar oldida Ptolemey nazariyasi bo’yicha ilmiy ma’ruza, 1420-yilning 21-sentyabridan Mirzo Ulug’bek madrasasi tashkil etilgan kundan boshlanadi. O’sha kundan e’tiboran ish boshlagan Mirzo Ulug’bek madrasasida talabalar diniy bilimlar bilan bir qatorda algebra(al-jabr), geometriya (handasa), huquq(fiqh) va boshqa fundamental fanlardan saboq ola boshladi.
Yozma manbalar va ilmiy izlanishlar Samarqand Davlat Universiteti Mirzo Ulug’bek madrasasining bevosita vorisi ekanligini tasdiqlaydi.
Samarqand Davlat Universiteti 1927-yil 22- yanvardan O’zbekiston Hukumati qarori bilan Oliy pedagogika instituti nomi bilan tashkil qilingan(1927-1933),1930-yili O’zbekiston davlat Pedagogika akademiyasiga(1930-1933) va 1933-yilda esa O’bekiston Davlat Universitetiga aylantirilgan.
XIV asrning 60- yillarida Mirzo Ulug’bek madrasasida tahsil olgan shoir, faylasuf va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan 1942-yilda O’zbekiston davlat Universietiga ulug’ allomaning nomi berildi. Xuddi shu yili ikkinchi Jahon urushi boshlanishi munosabati bilan universitet faoliyati vaqtincha to’xtatildi. 1941-1944-yillarda Samarqand Universiteti vaqtincha Toshkent Davlat Universiteti bilan birlashtirildi.
1944- yilda rektor Musa Mo’minov tashabbusi va mamlakat rahbariyati ko’magi bilan universitet faoliyati qayta tiklandi.
1960-yildan buyon O’zbek davlat Universitetining nomi Samarqand davlat Universiteti deb atalib kelinmoqda.
Qo’shimcha ma’lumot o’rnida keltirib o’tsak, 1992-yilda S.Ayniy nomidagi Samarqand pedagogika institiuti Samarand tarkibiga kiritildi. Hamda,1994-yilda Samarqand davlat Universitetining chet tililari fakulteti negizida Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil etildi.
Samarqand Davlat Universiteti bugungi kunda O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohalarida olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo’libgina qolmay, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish, tayyorlanadigan mutaxasis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish,ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlarni ustuvorligi va dolzarbligini taminlash ishlarida tashabuskorlik ko’rsatayotgan, Oliygohlar ichida o’z qadri va obru-e’tiborga ega bo’lgan Universitetdir.
Universitetimiz nafaqat O’zbekistonda, balki, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashhur qadimiy va navqiron Oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasasimizning rasman tashkil topishi 1927- yil bilan belgilangan bo’lsada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi Temuriylar davri, xususan ,Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liqdir.
Bir narsani ta’kidlab o’tish joizki, Universitetimizning shu darajada gullab yashnashi hamda, O’zbekistonda o’z o’rni va obru-e’tiborga ega bo’lishida qanchadan qancha jonkuyar ustozlarimizning o’rni beqiyos albatta. Ularning bir necha yillardan beri shogirdlariga berib kelayotgan beminnat ta’lim, qolaversa tarbiyalari sabab Universitetimizning bugunggi kunda reytingi ancha yuqori.
Yuqorida aytib o’tganimizdek Universitetimizda 800 dan ortiq professor - o’qituvchilar, fan doktorlari, fan nomzodlari, falsafa doktorlari(PHD) faoliyat yuritmoqdalar.
Ularning beqiyos xizmatlari tahsinga loyiq.Qilayotgan mashaqqatli mehnatlari haqida qancha gapirsak oz albatta. Yurtimizda Ustozlarimiz uchun juda katta e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilmoqda. Bugungi kunda universitetimiz professor- o’qituvchilaridan 1 nafari “Buyuk xizmatlari uchun”, 5 nafari “Mehnat shuhrati” ordenlari, 3 nafari “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan. Qolaversa, qanchadan-qancha o’qituvchilarimiz o’z shogirdlariga namuna maktabini o’tab kelmoqdalar. Jonkuyar ustozlarimiz kelajak bunyodkori bo’lgan biz yoshlarni sifatli bilim olishimiz uchun hormay, tolmay mehnat qilib kelishmoqda. Ularning biz shogirtlar hayotida tutgan o’rni beqiyos. Yurtimiz ravnaqi, yoshlar kelajagi yo’lida qilayotgan sharafli hamda mashaqqatli mehnatlari haqida qancha gapirsak, qancha maqtasak kam.

Ustozlarimizning biz shogirtlarga berayotgan ta’lim- tarbiyalarni hamda yuksak ishonchlarini oqlab, berayotgan bilimlariga javoban ulkan marralarga erishish biz shogirdlarning oldida turgan katta vazifa desak mubolag’a bo’lmaydi.


Mustaqillik yillarida Universitetimiz talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi Davlat stipendiyalari, 98 nafari esa atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalarimiz Osiyo chempioni, 170 nafardan ortiq talabalar O’zbekiston chempioni, 300 nafardan ortiq talabalarimiz universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan. Bundan tashqari fan olimpiadalari hamda chet elga o’qish uchun ta’lim grantini qo’lga kiritib, o’qishini chet elda davom ettirayotgan talabalarimiz ham talaygina. Ularning barchasini oldida birgina maqsad, Universitetimizning faxrli va jonkuyar o’qituvchilariga munosib shogirdlar bo’lib yetishish, Ustozlari bergan ishonchlarini oqlash, hamda, Yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shishdir.
Shijoatli universitetimiz talaba - yoshlari o’z zimmalaridagi vazifalarni to’la- to’kis ado etishlari uchun tinimsiz izlanish va harakatdalar.

Universitetimiz kutubxunoasida jami yigirma uchmingdan ortiqroq(23289) turli adabiyotlar mavjud bo’lib bu adabiyotlar: o’quv kitoblar, badiiy, hamda ilmiy kitoblarni o’z ichiga oladi. Kutubxona universitet talabalari bilan har doim gavjum.


Talabalar o’zlari uchun kerakli bo’lgan bilimlarni olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talaba-yoshlar bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Yurtimizga foydasi tegadigan farzand bo’lish uchun chin dildan harakat qilishlari, Universitetimiz, Yurtimiz dovrug’ini dunyoga tanitishlari lozim.
Men, mana shunday ulkan ilmiy saloyihatga ega bo’lgan univerisitet talabasi ekanligimdan, qolaversa vazifalarini sitqi-dildan bajarib kelayotgan professor-o’qituvchilarning shogirdlaridan biri ekanligimdan doim faxr va g’urur tuyg’uyisini tuyaman. Universitetimiz faxrlanishga arziydigan tarixiy-ulkan ilmiy salohiyatga ega bo’lgan universitet deya bemalol aytishimiz mumkin.
Mamlakatimizda ta’lim sifatini obektiv va shaffof baholab borish, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda o’rin olishlariga ko’maklashish maqsadida milliy reyting tizimi joriy etilgan.
Yana shu narsani faxrlanib, ta’kidlanib o’tishim joizki, Samarqand Davlat Universiteti Respublika oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingida 3-o’rinni egallab turibdi.
Bularning barchasi meni shu universitet talabasi sifatida katta g’urur va iftixorga to’ldiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Universitetimiz ta’lim-tarbiya, professor-o’qituvchilari, shijoatkor va ilmga chanqoq talabalari, qolaversa, tarixda tutgan o’rni bo’yicha ham Respublikamizda o’z o’rni va mavqe’ga ega. Universitetimiz ravnaqi biz yoshlarga, bizning ilm salohiyatimizga bog’liq. Respublikamizda, qolaversa dunyoda bundanda yuqori reytingni egallashi aynan bizga, universitet talabalariga bo’liq. Shunday ekan, biz zimmamizdagi ulkan ma’suliyatni anglagan holda dadil qadam tashlashimiz lozim.
Mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, uchunchi renasansni drayverlaridan biri sifatida, bor kuch va ilmini, jonajon O’zbekiston va universitetimizni taraqqiyoti va ravnaqi yo’lida sarf etish, men va men kabi yoshlarning asosiy maqsadidir!
Shunday ekan, men ham jonajon Vatanimizga kerakli kadr bo’lib yetishish va universitetimiz gullab yashnashiga o’z hisamni qo’shishga va’da beraman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:




  1. ”Samarqand Davlat Universiteti ilmiy axborotnomasi” ilmiy uslubiy jurnali



  1. ”Samarqand Universiteti” gazetasi



  1. Internet saytlari: www.samdu.uz,



  1. http://new.samdu.uz

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish