Ocr document


-§. ANGLlYADA МARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISНl



Download 0,78 Mb.
bet30/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

26-§. ANGLlYADA МARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISНl
Normandlar istilosi. Angliyada qirol hokimiyatining zaifligi uni daniyaliklarning talonchilik maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asrning 40-yillarida qo`zg`olon ko`targanida, ularga Fransiya­ning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Аmmо ko`p o`tmay bu ko`mak beg`araz bo`lmagani tasdiqlanadi. Normandiya gersogi Vilgelm qo`shinlari 1066-yili Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida nonnandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo`shinini qurshab oladi. Angliya qiroli Garold va unung qo`shini tengsiz jangda halok bo`ladi. Nonnandiya gersogi qirollik taxtini egallab, Vilgelm I nomini oldi. 1066-yili Angliya Normandiya gersogi Vilgelm I tomonidan bosib olinadi. Feodal jamiyatining uzil-kesil o`rnatilishi. Vilgelm mahalliy feodallar - angl-sakslar yerlarini bosib olib o`z ritsarlariga bo`lib beradi. Ayni paytda kichik va o`rta yer egalari o`z mulklarini saqlab qolishadi. Мam­lakatni itoatda saqlash ucnun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Vilgelm barcha feodallarni qirolga sodiqlikka qasamyod qildiradi. Ayni paytda mamlakat yerlarining 1/7 qismi, qirol mulkiga aylanadi. Qirolning eng yirik mulkdor bo`lishi, baronlarga esa yer mulklari­ning turli viloyatlardan taqdim etilishi, Fransiyadagi kabi mustaqil graf­liklarni tashkil topishiga to`sqinlik qiladi. Normandlar istilosi natijasida Angliya dehqonlariga zulm o`tkazish kuchayadi. O`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida normandlar Angliya bo`ylab ko`plab qal`alar qurdirgan. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo`lib, u hozirgacha mavjud. Angl-sakslarning doimiy qo`zg`olon ko`tarish xavfi barоnlarni qirol tevaragida yanada jipslashuviga olib keladi. Istilo qilingan mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini bilish maqsa­dida Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro`yxatini o`tkazdi. Ro`yxatga oluvchilar savollariga faqat haqiqatni aytib javob berish naqida qasamyod qildirilishi xalq orasida ro`yхal varaqalarini "Dahshatli sud kitobi" nomini olishiga sabab bo`ladi. Baronlarning aholiga zulmini cheklash uchun grafliklardagi angl-saks mahalliy sudlari saqlab qolinadi. Mamlakat grafliklarga bo`linib, ularning har biriga qirol vakili - sherif tayinlanadi. Angliyada dehqonlar kurashi ХII- ХIII asrlardan kuchayadi. Ularning bir qismi o`z xo`jayinlaridan qochib o`rmonlarda yashaganlar. Qochoqlar birlashib feodallar, yepiskoplar, amaldorlar, qirol sudyalariga hujumlar uyushtirganlar. Ularni aholi qo`llab-quvvatlagan. XIV asrda xalq og`zaki ijodining sevimli qahramoniga aylangan Robin Gud siymo­si ana shu boylarning dushmani, ezilgan mehnatkash xalqning himoyachisi sifatida tasvirlanadi. Genrix II (1154-1189) qirolligida Angliyada moliya va harbiy islohotlar o`tkazildi. Baronlar harbiy xizmat o`rniga xazinaga "qalqon puli" solig`i to`lashiga ruxsat berildi. Вu qirolga muntazam yоllanma qo`shin tuzish imkonini berdi. Normandlarning mahalliy angl-sakslar bilan aralashishi ma`lum muddatni talab etgan. Qirollar ХII asr davomida xalqqa "fransuzlar va inglizlar" deb murojaat qilganlar. Etnik va til bordsidagi farqlar XII asr oxiridan yo`qola boshlaydi. "Buyuk ozodlik xartiyasi". Genrix II ning vorislari davrida mam­lakatda qirol siyosatidan norozi zodagonlar, hukmdorning o`g`illari boshchiligida qo`zg`olonlar bо`lib turgan. Bunday kurashlar Ioann (1199-1216) qirolligi paytida yanada kuchayadi. O`z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassallaridan katta to`lovlar talab etgan. Natijada, bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo`yadi. Baronlar, ritsarlar va shaharliklar ko`magida 1215-yilning bahorida isyon ko`taradilar. Poytaxt London aholisi qo`zg`olonchilarga darvozalar­ni ochib beradilar. Qirol "Buyuk ozodlik xartiyasi" nomini olgan hujjatni imzolashga majbur bo`ladi. Uning asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar manfaatini ifo­dalagan. Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni, vassallardan odatdagidan ko`p to`lovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik shartlarini qabul qiladi. Yorliq 63 moddadan iborat bo`lib, ritsarlar va erkin dehqonlarga ham ayrim yengilliklami beradi. Xususan, ulardan belgilanganidan ko`p xizmat va to`lovlar olish taqiqlanadi. Hujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari о`zbоshimсhaliklari va qo`shimcha jarimalardan himoya va`da qilingan. Lekin unga amalda to`liq rioya qilinmagan. Angliya parlamenti. Angliyada birinchi parlament 1265-yili chaqiri­ladi. Unga o`xshash qirolga yaqin feodallar yig`ini Vilgelm davridan, ХI asrning oxirida ham chaqirilib turgan. Lekin undan farqli bu рarl`amеnt tarkibida baronlardan tashqari, ruhоniylar, har bir gratlikdan ikki ritsar, hamda yirik shaharlardan ikkitadan vakillar to`plangan. Parlament XIV asrdan lordlar va umumpalatalarga bo`linadi. Lordlar palatasida qirol taklif etgan zodagonlar, yepiskoplar, abbatlar majlis o`tkazganlar. Umumpalatada esa ritsarlar va shaharliklar vakillari qatnashgan. Hozirgi Buyuk Britaniya parlamenti joylashgan bino Vestminster saroyi deb nomlanadi. Parlament - fransuz tilidan parle - "gapirmoq" so`zidan olingan. XIV asrdan parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqiga ham erishadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish