25-§. URUSHNING KEYINGI DAYRLARI. FRANSIYANI MARKAZLASHTlRISHNING YAKUNLARI Yuz yillik urushning davomi. Angliya Fransiyaga 1360-yil taklif etgan tinchlik sulhi bo`yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o`tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o`tkazib, kucnli to`pchilar qo`shini va flot tuzishga kirishadi. Yagona qo`mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarni inglizlardan ozod qiladi. Lekin urushdagi g`alabalar uzoqqa cho`zilmaydi. Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan inglizlar 1415 yilning kuzida Normandiyaga qo`shin tushiradi. Azenkur jangida yana fransuzlar qo`shini tor-mor etiladi. Mamlakatning yarmi Angliya qo`liga o`tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi. Burgundiya gersogi ham inglizlar tomoniga o`tadi. Uning ko`magida inglizlar Parijni egallaydi. 1420-yilgi shartnomaga ko`ra, Angliya qiroli GenrixV ning o`g`li taxtga kelganda, birlashgan Angliya va Fransiyaning qiroli bo`lishi ko`rsatiladi. Аmmо 36 yoshli Genrix V 1422-yili vafot etganida uning vafot etishi hokimiyat uning 10 oylik o`g`li Genrix VI taxtda qoladi. Fransiya qiroli Karl VI ning o`g`li dofin (shahzoda, taxt vorisi) Karlga o`tishini ta`minlaydi. Yuz yillik urushning xususiyati o`zgarib, ingliz qo`shinlariga qarshi oddiy xalq ko`tariladi. Dofin Karl uchun muhim bo`lgan mamlakat janubiga yо`l ochuvchi Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi 200 kunlik qamalda taslim bo`lishmaydi. Orlean qizi. Ingliz qo`shinlari Оrleanga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko`rayotgan bir paytda Karl huzuriga 16 yoshli oddiy denqon qizi Janna d` Ark kelib, uni fransuzlar g`alabasi muqarrar ekanligiga ishontiradi. Jannaga ritsarlar bo`linmasi bеrilib, Orleanni ozod qilish uchun yo`llangan qo`shin tarkibiga kiritiladi. Bir necha kun davomida inglizlar qurgan istehkomlar yanchib tashlanib, shahar qamaldan ozod qilinadi. Вu voqeadan so`ng Jannani "Orlean qizi" deb atay boshlaydilar. Jannaning qahramonligidan ilhomlangan fransuzlar barcha hududlarda bosqinchilarga qarshi urush boshlaydilar. Reymsda - Fransiya qirollarining an`anaviy toj kiyadigan shahrida Karlning toj kiyish imkoniyati paydo bo`ladi. Karl VII (1422-1461) Fransiya qiroli bo`lgach, uning mamlakat va Yevropadagi nufuzi keskin oshadi. Janna d`Arkning shuhrati oshib borishi, qirol saroyi a`yonlarining hasadini kuchaytiradi. 1430-yili Kоmреnqal`asi uchun janglarda Janna burgundlar tomonidan asirga olinib, inglizlarga topshiriladi. Fransiya qiroli qahramon qizni qutqarishga urinib ham ko`rmaydi. Cherkov sudi Jannani o`limga hukm etib, 1431-yilning 30-mayida Ruan shahri maydonida gulxanda yondiradi. Urushning yakunlari. Jannaning qahramonligi fransuzlarning vatanparvarlik tuyg`usini kuchaytirib, ozodlik urushida keskin burilish yasaydi. Inglizlarning ketma-ket mag`lubiyatlari 1453-yilda sulh tuzilishi bilan tugaydi. Ular ixtiyorida faqat Kale porti qoladi. G`alaba qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. Qirolning muntazam qo`shini tuzila boshlangan. Soliqlarning muntazam yig`ilishi orqali davlat daromadlari oshirilgan. 1451-yili urush bo`lgan hududlardagi dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Вu dehqonlami o`z xo`jaligini tiklashiga yо`l ochgan. Markazlashtirish yakunlari.Qirolning mustaqil gersog va graflarga qarshi kurashi yanada kuchayadi. Xususan, Burgundiya gersoglari qirol vassallari hisоblansa-da, amalda mustaqil siyosat olib borganlar. Karl VII o`limidan so`ng taxtga o`tirgan o`g`li Lyudovik ХI (1461-1483) o`z siyosatini Brеtan va Anju gersoglarini bo`ysundirishdan boshlaydi. Bunga javoban 1465-yili yirik feodallar "Jamiyat baxt-saodati ittifoqi"ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik Lotaringiya gersogi va shveysariyalik yollanma qo`shinni jalb etadi. Karl Jasur 1477-yilda shveysariyaliklar bilan jangda halok bo`lgach, Burgundiyaning g`arbiy qismi Fransiyaga qo`shib olingan. Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan 1481 yili qirol hukmiga o`tadi. Lyudovikning vorisi Karl VIII ning 1491-yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markazlashuvi yakunlanadi.