24-§. YUZ YILLIK URUSHNING BOSHLANISНI VА UNING DASTLABKI DАVRI Yuz yillik urush va uning bosqichlari. Urushning sabablari. Angliya va Fransiya o`rtasida XIV asrning 30-yillari boshlangan urushlar (1337-1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda "yuz yillik urush" nomini olgan. Filipp IV ning o`limidan ko`p o`tmay taxtga da`vogar erkak zurriyot qolmaydi. Х asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Аmmо inglizlar qiroli Eduard III Filipp IV ning qizidan nabirasi o`zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e`lon qiladi. Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi "Sali haqiqati"dan yerni meros bо`yiсha ayоl kishiga o`tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Нuquqshunoslar bu qonunni qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Eduard III ning onasi Filipp IV ning qizi o`g`liga Fransiya taxtiga o`tirish huquqini bеrishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi. Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337-yili inglizlarning mamlakatning janubi-g`arbidagi Akvitaniya yerlarini o`z e`tirofiga olganini e`lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi. Urushning borishi. Angliya va Fransiya urushi tez orada umumyevroрa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo`llaydi. Yevropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yо inglizlar, yoki fransuzlar xizmatiga o`ta boshlaydilar. Inglizlar 1340-yili Fransiya dengiz flotini yengib, quruklikda hujumga o`tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yil Kresi yaqinida bо`lib, unda fransiyaliklar qo`shini mag`lubiyatga uchraydi. Ingliz qo`shinlarining intizomi, son jihatidan ustun bo`lishi, puxta tayyorgarligi urushning dastlabki davridayoq Angliya ustunligini ta`minlaydi. Еrkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo`linmasi ham g`alaba omillaridan biri bo`ladi. lnglizlar qo`shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug`ini so`zsiz bajargan. Fransiya qo`shini alohida ritsarlik bo`linmalaridan tashkil topgan bо`lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo`shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo`lmagan. Kale portini olgan ingliz qo`shinlari 1347-yili Akvitaniyaga yurish boshlaydi. 1356-yili Fransiyaning son jihatidan ikki barayar katta qo`shini shahzoda Eduard bo`linmasini ta`qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi. Eduard fransuzlar uni o`tkazib yuborishi hisobiga barcha o`lja va asirlarni, qo`lga kiritgan hamma qal`a va qasrlarini berishga tayyоr ekanligini bildiradi. Lekin Fransiya qiroli shahzodani o`z a`yonlari bilan asirlikka tushib qamoqqa olinishiga rozi bo`lishini talab qiladi. Natijada Eduard jang qilishdan boshqa chora qolmaganiga ishonch hosil qiladi. Jang davomida fransuzlar yana birikmay harakat qilishi ularning eng sara ritsarlarini halokatiga sabab bo`ladi. Fransiya qiroli IoaanSahiy va o`g`li Filipp asirga tushadi. Jangdan so`ng inglizlarga ularning Fransiyadagi ko`plab yer-mulklari qaytariladi. Urush esa fransuzlar uchun xavfli tus ola boshlaydi. Jakeriya qo`zg`oloni. Yuz yillik urush davomida soliqlardan, ayniqsa dehqonlar aziyat chekkanlar. Yevropaga, jumladan Fransiyada XIV asrning o`rtalarida tarqalgan vabо - "qora o`lat"dan aholining deyarli yarmi qirilib ketgan. Аmmо xo`jayinlar "Sodda Jakning yelkasi keng, u hammo og`irlikni ko`taradil`, deyishgan. Oddiy dehqonga nisbatan ishlatiladigan laqab "Jak", keyinchalik qo`zg`olonning nomiga aylanadi. Fransiyaning Воvе okrugida, 1358-yil may oyida boshlangan dehqonlar qo`zg`oloni tarixda "Jakeriya" nomini oladi. Qo`shni viloyatlarga ham tarqalgan qo`zg`olonda yuz mingga yaqin kishi qatnashgan. Qo`zg`olonchilarning shiori "barcha zodagonlarni bitta ham qoldirmay qirib tashlash" edi. Bunga ularning dehqonlarga o`tkazgan og`ir zulmi sabab bo`lgan. Qo`zg`olonchilar feodallar qal`alarini talab, soliq hujjatlarini, ro`yxatlarini yondirib yuboradilar. Аmmо, odil qirolga ishongan dehqonlar bayroqlariga qirol gerbidagi - oq nilufar tasviri tushirilgan. Kо`р o`tmay feodallar birlashib Gilom Kal boshchiligidagi qo`zg`olonni bostiradi. Qo`zg`olonning yana takrorlanishidan qo`rqqan feodallar dehqonlarni to`lov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod еtislmi tezlatadilar, ular qo`zg`olondan keyin o`z xo`jaliklarini nisbatan muvaffaqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega bo`ladilar.