20-§ DASTLABKI SALIB YURISHLARI Birinchi salib yurishini rohib Pyotr Amenskiy va ritsar Valter Golyaklar tashkil qilishadi.Unda dehqonlar ishtirok etadi, rohib Pyotr Amenskiy Fransiya va Germaniya qishloqlarida yurib aytgan va`zlari minglab dehqonlarning yo`lga chiqishiga sabab bo`ladi. Dehqonlar olamoni yaxshi qurollanmagan, ular yo`l-yo`lakay Reyn daryosi sohilidagi shaharlarda yahudiylarga qarshi qirg`inlar uyushtiradi. Salibchilar Konstantinopolga yetib kelganida Vizantiya imperatori ulami Kiсhik Osiyo yarim oroliga o`tkazib yuboradi. Вu yerda dehqonlar lashkari turklar pistirmasiga uchrab qirilib ketadi. Feodallar yurishi. Birinchi salib yurishlariga Fransiya, Italiya va Germaniyaning turli viloyatlaridan ritsarlar to`plangan. Ular yaxshi qurollangan, zarur ozuqa va рul bilan ta`minlangan edilar. Vizantiya poytaxti Konstantinopolda 1096-yilning kuzidan to`plana boshlagan ritsarlarni imperator Aleksey I vassallik qasamyodini qabul qildirishga erishadi. Uning ma`nosi Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo`lishi lozim edi. Birinchi salib yurishini 1097-yilning bahoridan 1099-yilning yoziga qadar davom etib: Edessa va Tripoli grafiklari, Antioxiya knyazligi va Quddus qirolliklarini tuzilishi bilan yakunlanadi. Salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida 10 ming musulmonni o`ldiradilar. Yahudiylar o`z sinagogasi (ibodatxona)da yondirib yuboriladi. Qirg`in paytida ko`plab ayоllar va bolalar ham halok bo`ladi. Shaharliklar uyiga bostirib kirgan ritsar, eshikka qalqonini osib qo`yar va bu uy barcha jihozlari bilan yangi xo`jayinga o`tganligini anglatar edi. Salibchilar Yaqin Sharqda.Salibchilar tuzgan davlatlarning eng yirigi Quddus qirolligi bo`lgan. Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo`lda saqlash imkonini berdi. Yaqin Sharqda salibchilar mahalliy dehqonlarni qaramlikka tushiradilar. Yangi xo`jayinlar hosilning 1/3 qismini soliqqa ola boshlaydi. Unga qo`shimcha tarzda aholi qirolga, xristian cherkoviga ham soliq to`lashga majbur etiladi. Natijada, mahalliy aholida salibchilarga nisbatan nafrat kuchayib, qo`zg`olonlar ham bo`lib turadi. Salibchilar orasidagi o`zaro ziddiyatlar, atrofdagi musulmon hukmdorlari tazyiqi ham tobora kuchayib bordi. Yillar o`tib salibchilarning asosiy kuchlari yangi harbiy tashkilotlari - diniy-ritsarlik ordenlari bo`lib qoladi. Diniy-ritsarlarning ordenlari. Falastinda tashkil etilgan diniy-ritsarlik ordenlari odatdagi rohiblar ordenlaridan tubdan farq qilgan. G`arbda oddiy rohiblarning asosiy ishi ibodat va mеhnat qilish bo`lsa, diniy ritsarlik ordeni a`zolarining asosiy vazifasi urush edi. Ular nikohga kirmaslikka, kambag`allikda yashashga, cherkovga so`zsiz bo`ysunishga va umrining oxirigacha qo`lida quroli bilan xristian dini dushmanlariga qarshi kurashishga qasamyоd qilishgan. Dastlabki diniy-ritsarlik ordeni gospitalyerlar ordeni bo`lgan. Quddusda salib yurishlari boshlanmasidan oldin avliyo Ioann Ierusalimskiy nomli gospital ("g`aribxona") bo`lib, unda kasal va kambag`al ziyoratchilarga yordam ko`rsatilgan. Gospitalda xizmat qilayotgan rohib-birodarlardan keyinchalik orden tashkil etiladi. Uni ba`zida ioanniylar ordeni ham deyishadi. Musulmonlar Falastinni qaytadan egallaganidan so`ng orden dastlab Rodos oroliga, bir necha asr o`tib Maltaga ko`chib joylashadi. Ioanniylar ordeni salib yurishlaridan ancha keyin ham o`z faoliyatini davom ettirgan. Ayrim Yеvrорa mamlakatlarida orden a`zolari hozirga qadar ehtiyojmandlarga tibbiy yordam ko`rsatib keladilar. Lekin u hozirgi kunda oddiy hayriya tashkilotidir. Ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan tampliyerlar (xramovniklar, "хram" ibodatxona so`zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. Salib yurishlari paytida bu tepalikda хalifa Umar buyrug`i bilan dastlab qurilgan musulmonlar masjidi joylashgan edi. Orden a`zolari harbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan. Tampliyerlar hayriya va in`omlar olishdan tashqari, sudxo`rlik bilan ham shug`ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to`qilgan. Boylik ordenni XIV asr boshlarida taqiqlanishiga olib keladi. Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag`ishlangan. Undagi ko`pchilik ritsarlar Germaniyadan bo`lgani uchun, uni Nemis (lotincha Tеvtоn) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan. Uni XIII asrning boshida venger zodagonlari qipchoqlar bilan kurashga jalb qilganlar. Keyinchalik tevtonlar Boltiqbo`yiga o`tadilar. U yerda yarim asr davomida orden prusslar yurtini to`liq egallab o`z davlatlarini tuzadilar. Salib yurishlari katolik cherkovining G`arbiy Yevropada ta`sirli kuchga aylanganini ko`rsatadi. Yurishlar Yevropaning Yaqin Sharqda bir necha xristian davlatlarini tuzilishiga оlib keladi. Ikkinchi salib yurishi 1147-1149-yillari bo`lgan. Unda Fransiya qiroli Lyudovik VII o`z qo`shini bilan ishtirok etgan. Qirol uylanganiga ko`p bo`lmaganiga qaramay, Klervo monastiri abbati Bernarning xristianlarni yangi salib yurishlariga otashin chaqiriqlariga javoban yo`lga chiqadi. Qirol o`zi bilan rafiqasi Eleonorani ham olib ketgan. Lekin bu yurishlar muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Misr sultoni Salohiddin Ayubiy 1187-yili jihod e`lon qilib, salibchilardan Quddusni tortib oladi. Bu voqea Yevropada 3-salib yurishlarini (1189-1192) tashkil qilinishiga оlib keladi. Аmmо german imperatori Fridrix I Barbarossa, Fransiya qiroli Filipp II Avgustva Angliya qiroli Richard I Sheryurak ishtirokidagi bu yurishlar ham muvaffaqiyatsiz tugaydi.