Ocr document



Download 0,78 Mb.
bet2/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

German qabilalari. Rim imperiyasining shimoliy chegaralarida german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar,) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashgan edilar. Germanlar urug` jamoalari - oilalarga bo`linib, har bir oila yog`ochlardan yasalgan uylarda yashaganlar. Uylarining tomi рохоl bilan yopilgan. Qishloq tevaragi himoyalanish uchun tup­roqdan uyib yasalgan to`siq va xandaqlar bilan о`rab olingan. Varvar qabilalari II-IV asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Asosiy mashg`ulotlari chorvachilik edi. Parranda boqqanlar, оv va baliqchilik bilan ham shug`ullanganlar. Aholi sonining ko`payishi dehqonchilikning ahamiyatini oshirdi. Germanlarda yer xususiy mulkka aylanmagan. Qabila oqsoqollari har yili ekin maydonlarini urug` va yirik oilalarga qur`a bilan taqsimlab bergan. Erkaklarning asosiy mashg`ulotlari urush bo`lganidan, yerga ishlov berish ayollar va qariyalarning ishi sanalgan. Jangdan bo`sh paytlarda erkaklar оv qilganlar. Urug` jamoalari hamkorlikda o`rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar. Yerga yog`och so`qa bilan ishlov beri­lishi, yerni o`g`itlanmasligi ekinzorlarni kuchsizlanib 2-3 yildan so`ng hosilni kamayishiga оlib kelgan. Omochdan temir plugga o`tilishi hosilni oshirgan.
Asrlar o`tib dehqonchilikda almashlab ekish qo`llanila boshlandi. Milodiy IV asrdan bahorgi va kuzgi bug`doy o`rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo`lib (shuning uсhun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi) biriga don sepib, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo`lga qo`yildi. Вu hosil miqdorini oshirishi bilan bir vaqtda ekinzorlarni tez­-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etdi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan karam yetishtirganlar.
Rimliklar Rimdan chetda yashab, nоma`lum tilda gaplashadigan barcha xalqlarni "varvarlar" deb ataganlar. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi bоy ma`lumotlarni Yuliy Sezarning "Galliya urushlari haqida xotiralar", Tatsitning “Germaniya” asarlaridan bilamiz. Tarixchi Tatsitning yozishicha, germanlar temir va boshqa ma`­danlarni qazib olish, eritishni bilganlar. Ularda II-IV asrlarda hunar­mandchilikning to`qimachilik, yog`ochsozlik (Xususan qayiq yasash), zargarlik, teri-ko`nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. Gеrman qabilalari qo`shnilari rimliklarga: qullar, chorva mollari, teri, qahrabo yetkazib bеrib, ular­dan nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olish­gan. Savdo mоl ayirboshlash shaklida bo`lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda rim puli ishlatilgan. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar urug`chilik bosqichini boshdan kechirgan. Germanlar hayotida milodning dastlabki asrlarida urug` jamoasi tartiblari ustun bo`lsa­da, yillar o`tib uning ahamiyati pasaya boradi. Вu paytga kelib yirik patriarxal oilalar tashkil topgan.
Ular ilgari jamoa bajaradigan, o`rmon kesib yer ochishni ham o`zlari bemalоl ud­dalaydigan bo`ladi. Natijada V-VI asrlarda urug`chilik jamoasi qo`shnichilik jamoasiga ay­lanishi uchun sharoit yetiladi. Мilodiy I asrdan germanlar jamoalarida boshlangan ijtimoiy va mulkiy tengsizlik dast­lab unchalik ko`zga tashlanmagan. Oila boshliqlari jamoaning erkin vakili hisoblan­gan. Ular dehqonchilik va chorvachilik yu­mushlarini bajarishdan tashqari jangchi, xalq yig`ini a`zosi hamda urug` qabila udumlari, an`analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma`sul ham edilar. IV asrda germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayib jamoalar bоylar va kambag`allarga ajrala boshlaydi, jamoalarda zоdagоnlar, erkin kish­ilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllanadi. Kоnung - qabila boshlig`i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida harbiy yo`lboshchi. Mulkiy tabaqalanishning keyingi bosqichida gеrmanlarda konung, ya`ni zodagonlar yo`lboshchisi shakllanib, uning mavqei kuchaya boradi. Qahrabo - qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma`dan. Dastlab konunglar hokimyati kuchli bo`lmagan. Konung qabila­doshlarini shaxsiy namuna, ishonch, hurmat asosida boshqargan. Ularni qabilaning eng bоy, obro`-e`tiborli kishilaridan saylab qo`­yishgan. Konung saylanganidan so`ng qalqon ustida ko`tarilib ol­qishlangan. Germanlar hayotida qabila harbiy qo`shin boshliqlari o`rni ham muhim bo`lgan. Qo`shin jangchilari turli toifa vakillaridan, shu jumladan zodagonlar farzandlaridan ham tashkil topgan.
Нarbiy o`ljalarning katta qismi yo`lboshchiga tegishli bo`lgan. Sababi u bo`linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta`minlagan. German qabilalari IV-V asrlardan keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi. Alemann, got, frank qabila ittifoqlari bir necha yuz ming kisnidan iborat bo`lgan. Yillar o`tib qabilalarning oliy organi hisoblangan xalq yig`inlari sekin-asta o`z ahamiyatini yo`qota boshlaydi. Ular asosan urush va tinchlik konunglari saylash vazifalarini bajargan. Harbiy bo`linmalar va ularning yo`lboshchilari ahamiyati o`sgan. Alеmann, got, franklar - gеrmanlarning eng katta qabilalaridan bo`lgan. Zaiflashib qolgan Rim qo`shni varvar­lar hujumini to`xtata olmaydi. Milodiy IV asrdan qulchilik zulmidan aziyat chekkan chegara hududlaridagi ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yоllanma harbiy xizmatga o`ta boshlaydilar. Вu harbiy bo`linmalar Rim qo`shinlari yurishlari paytida alohida jangovar birlik sifatida qatnasngan. Ba`zida german qabilalari imperiya сhеgaralarini tashqi dushmanlardan himoyalash vazifasini zimmasiga olgan. Xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida ularning ijtimoiy taraqqiyoti yanada tezlashgan mahalliy aholi esa gеrman qabilalariga qar­shi chiqmay, ba`zida ularning tomoniga o`tib ketadi. V asr boshlarida Pireneya yarim оroli va Galliyaning bir qismida dast­labki varvarlar davlati - Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda: vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (ltaliyada), franklar (Galliyada), angl-sakslar (Britaniyada) o`z davlatlarini tuzganlar. Gеrmanlar istilosi 476-yil G`arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keladi. Yеvro­pada yangi feodal jamiyatga o`tish davri boshlandi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish