Ocr document


Franklarda xristianlikning qabul qilinishi



Download 0,78 Mb.
bet4/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

Franklarda xristianlikning qabul qilinishi. Rim cherkovi uning sodiq ittifoqchisi bo`lishi mumkinligini anglagan Xlodvig varvar qabilalari yo`lboshchilari ichida birinchi bo`lib xristianlikni Rimdan qabul qildi. Uning ketidan sekin-asta boshqa franklar ham xristianlikka o`tdi. Franklarning ko`pchiligi Xlodvigning bu qarorini yoqlamagan. Ammo ular o`z qirollaridan qo`rqqanlar. Lekin rimliklar bu ishdan xursand bo`lishgan. Ulardan biri "sizning yangi diningiz, bu bizning g`alabaтiz" - deb bejiz yozmagan edi.
Xlodvig xristian ta`limotini tushungan deyish mushkin, u namunali xristian bo`lmagani ham aniq. Аmmо amalga oshirilgan tadbir dono ekanligi shubhasiz: shu paytdan franklar va rimliklar asta-sekin yaqin­lashib yagona xalqqa aylana boshlaydi. Endi ularni din ajratmas, xristianlik bilan tanishuv esa franklarga rim madaniyatining turli sohalarini o`zlasntirish imkonini berdi. Xlodvigning xristianlikka o`tishi esa unga aholi orasida ta`siri kuchli gall yepiskopligi qo`llashini ta`minlaydi. Xristianlikning "har qanday hokimiyat xudodan" deb uqdirishi Xlodvig va uning vorislariga mos kelardi. Qadimgi germanlar diniy e`tiqodlarida еsa bu kabi fikrlar bo`lmagan. Shu tariqa xris­tianlikning qabul qilinishi qirolni kuchay­tirib, o`z qabiladoshlari orasida yangi cho`q­qilarga ko`taradi. Franklar istilo qilgan hududlarda rimlik quldorlaning hashamatli saroylari-yu ulkan yer-mulklari saqlanib qolgan. Mahalliy aholining asosiy qismini rim-gallar tashkil qilgan. Franklar qullikni bekor qilmaydilar. Mamlakatda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo`lib qolaveradi. Dastlabki paytda franklar gallardan alohida yasnaganlar. Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug` jamoa bo`lib yashashda davom etdi. Mamlakat janubidagi gallar esa son jihatidan german qabilalari: burgundlar, vestgotlardan, keyin­chalik hukmronlikni o`rnatgan franklardan ham ko`proq bo`lgan. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar - alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer mulklar - benefitsiylar taqdim еtgishgan.
(Xlodvigning o`g`illari - Xildebert, Xlotar, Xlodomer va Teodorix). Senor (lot. katta) - O`rta asrlarda G`arbiy Yеvroрada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo`lgan yer egasi. Vassallik ­- G`arbiy Yеvroрa mamlakatlarida bir feodalning boshqa feodalga bo`ysunish tartibi. Benefitsiy (lot.) - senorning o`z vassaliga harbiy xizmati evaziga in`om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto` deb nomlangan.
Shu tariqa qirol va uning jangchilari; ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-gall zodagonlari, quldorlardan yangi yirik yer egalari ­ feodallar toifasi vujudga keladi. Ularning yerlarida VI asr oxiridan qullar, kolonlardan tashqari o`z erkinligini yo`qotgan franklar ham ishlaganlar. Natijada yangi jamiyatning asosiy toifalari: feodallar va qaram dehqonlar tashkil topadi. Feodal jamiyatiga o`tish Yеvrорa, Osiyo va Afrikaning deyarlik barcha mamlakatlarida ham shu taх­litda rо`y bergan.
Qirol hokimiyatning barcha sohalarini o`z qo`liga olib davlatni o`zining shaxsiy mulki sifatida boshqargan. Ilgari jamoa mulki hisob­langan ekinzorlarni va boshqa yerlarni xohlagan kishisiga in`om etar, davlat xazinasidagi mablag`larni ham istaganicha sarflardi. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida 534-yili Burgundiyani va 536-yili Provansni istilo qildi. Franklar germanlarning: tyuring, alemann, bayar qabilalarini ham bo`ysundirib, ularni har yili o`lpon to`lashga majbur etadilar. Qirollar hokimiyati kuchayib borishi bilan muhim qonunlar, qaror­lar qabul qilish uchun xalq yig`inlarini chaqirmay qo`yadilar. Qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar esa xususiy mulkchilik va tengsizlikni mustahkamlab borgan. Yirik yer egalari - feodallar toifasi esa qirol hokimiyatining tayan­chiga aylanadi. Davlat qirol boshchiligida yirik mulk egalarining yangi yerlarni istilo qilishini qo`llab quvvatlar edi. Franklarda Xlodvig davridayoq mamlakat viloyatlarga bo`linib, ular­ni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlaydi. U o`z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig`ib olish, harbiy qo`shinga boshchilik qilish, sud qilish kabi ishlarni bajargan. Sudning qarori bilan yig`ilgan jarimalarni 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilar edi. Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar. Urug` jamoachilik an`analari esa har yili o`tkaziladigan ko`rik (mart maydoni) tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qoladi. Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig`inlari tashkil etib, uning boshlig`i, yuzboshisi - tungin deb nomlangan. VI asr oxiridan - franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in`om etishi mumkin bo`lgan mulki - allodga aylanadi. Qirollar tomonidan chiqarilgan yangi qonunlar yerni xususiy mulkka aylanishini tezlashtiradi. Qirol Xilperik (561-584) davrida yangi qonun chiqarilib u o`g`il voris bo`lmasa yerni avvalgidek jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o`tish huquqini tasdiqlaydi.
Yerning xususiy mulkka aylanishi, mulkiy tabaqalanishni tezlashtirib, yirik yer egaligining o`sishiga оlib keladi. Galliyadagi Rim im­peratoriga tegishli yerlarni o`z mulkiga aylantirgan frank qirollari, uning bir qismini o`z yaqinlari va cherkovga ham in`om etganlar.
Allod (yunonсha) - yerga to`la egalik qilish: G`arbiy Yеvroрa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadigan yer-mulk.
Yirik yer egaligi jamoa yerlari hisobiga ham kengaya boradi. Tabiiy ofatlar, qurg`oqchilik, hosilsizlikning tez-tez takrorlanib turishi dehqon­larni o`z yerlaridan ajralishiga, so`ng feodaldan ijaraga yer olib isn­lashga majbur etadi. Soliq to`lashdan tashqari, yirik yer egasi ekinzor­larida ishlab berishga majbur bo`lgan dehqon sekin-asta qaram kishiga aylana borgan. "Sali haqiqati", Xlodvig buyrug`iga binоan yozilgan franklarning an`anaviy odatlari to`plami Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi. U "Sali haqiqati" deb nomlangan, to`plamning nomi unga faqat franklarning Sali qabilasi qonunlari kiritilganligini anglatadi.
Qirolning maqsadi barcha franklar qirol qo`llagan "Sali haqiqati" bo`yicha sudlanishi kerak edi. Вu qoidalarda birоr narsa izoh talab bo`lsa, uning uchun qirolga murojaat qilinishi, u esa o`z manfaatlari yuzasidan javob berishi mo`ljallangan. Ulardan tashqari qirol "Sali haqiqati"ga qadimgi odatlardan o`ziga foyda keltiradiganlarini kiritgan. Natijada qadimgi odatlardan qirolni qoniqtirmaganlari unutilib, foyda­lilari to`plamda batafsil yoritiladi. "Sali haqiqati" frank qiroli hokimiyatining kuchayganini ko`rsatadi. To`plamda franklar hayoti, xo`jaligi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari haqida ko`plab ma`lumotlar mavjud. Xususan franklar biror oldi-sotdida, jumladan yer, bir xo`jayindan boshqa xo`jayinga o`tishida hujjat tuzma­ganlar. Ushbu holatda franklar guvohlar huzurida ma`lum udum – ma`rosim o`tkazganlar. Masalan, "sotuvchi"ning yeridagi daraxt shoxidan bir bo`lagini "oluvchi" maydoniga berilgan. Shartnomani buzish hech kim­ning xayoliga ham kelmagan. Farzandlar ham, nabiralar ham mazkur yer maydoni boshqa xo`jayinga "qonuniy" tartibda o`tganligini bilganlar.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish