Ocr document


II ВОВ. OSIYO XALQLARI ILK O`RTA ASRLARDA



Download 0,78 Mb.
bet14/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

II ВОВ. OSIYO XALQLARI ILK O`RTA ASRLARDA
10-§. YANGI DIN BESНIGl
Arab qabilalari Arabiston yarim oroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Ular somiy (semit) xalqlaridan bo`lib, somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo`lishgan. Вu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tuzishgan. Ko`chmanchi arablar - badaviylar (sahroyilar) boshqa chorvador qabilalar singari: tuyachilik, qo`ychilik va yilqichilik bilan shug`ullanib kelganlar. Ular cho`l-dashtlarda: o`t-o`lanlar, yantoq o`sadigan yaylov­larda mollarini boqib, ko`chib yurganlar. Arabistoning janubi va g`arbidagi o`troq dehqonchilik aholisi soy va jilg`alar, quduqlar bo`ylarida хurmо bog`lari va uzumzorlar barро etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistonga boradigan karvon yo`li o`tardi. Buyuk lpak yo`li mam­lakatlarida notinchlik paytlarida karvon yo`llari Arabistonga siljirdi. Zamonlar o`tib bu karvon yo`llari bo`yida aholi qo`rg`onlari va shahar­lar vujudga keladi. Ularda yashagan aholi esa karvon yo`llaridagi savdogarlar, sayyohlarga xizmat qilish bilan mashg`ul bo`lgan. Вu qo`rg`onlardan eng yirigi Makka shahri bo`lgan. Ko`chmanchilar mollarini shaharlarga keltirib, mabaniy aholidan don, gazlama, qurollarga ayirboshlagan. Arabistoning eng taraqqiy etgan viloyatlari - Yaman va Нijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nоm chiqargan, unda suv yetarli bo`lganidan mevali daraxtlar, xurmozorlar bunyod etilgan. "Yaman" arabсha "haq", "baxtli" ma`nosini bergan. Arablarga taqlid qilgan rim tarixchilari Yamanni "Вaхtli Arabiston" (Аrabia felix) deb nomlaganlar. Hijoz va Yaman Hindistondan Vizantiyaga ziravorlar, ipak gaz­lamalar, marvarid olib boradigan yo`lda joylashganidan dengiz sohili bo`ylab shaharlar vujudga keladi. Сhо`l aholisi badaviylar ko`chmanchi chorvachilik xo`jaligi uсhun iqlim noqulay kelgan yillari, qo`shni mamlakatlar, xususan Hijoz va Yamanga talonchilik bosqinlari ham uyushtirib turganlar. Ko`chmanchi badaviylar o`nlab urug`-qabilalardan tashkil topgan. Qabila yer, yaylov, suv manbalariga birgalikda egalik qilsa, mollar ayrim oilalarga tegishli edi. VI- VII asrlarda aholi soni ko`payib qabilalar orasida suv manbalari va yay­lovlar uchun kurash kuchayadi. Ularda turli iloh­larga sig`inilgani qabilalar orasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashtirgan. Urushlarda olingan harbiy o`ljalar qabila sar­dorlari, harbiy yo`lboshchilarning boyib borishi, natijada urug` -qabila zodagonlari - shayxlarning shakllanishiga olib keladi va bu jarayon, VII asrning boshlarida urug`chilik tuzumining in­qirozini tezlashtiradi. Eron shohi Xisrav I 570-yili Yamanni istilo qilishi bilan karvon yo`li eronliklarga qarashli ikki daryo oralig`iga siljiydi. Savdoning in­qirozi uning hisobidan yashovchi Hijoz va Yaman shaharlaridan boshlab, ko`chmanchi-badaviylargacha, barcha aholining hayotini mush­kullashtirgan. Вu holat, markazi Makka shahri bo`lgan, asosan quraysh qabilasi yashaydigan Нijozda ravshan namоyоn bo`ladi. Iqtisodiy inqiroz ko`chman­chilarni yangi yerlarni istilo qilishga, yaylovlarni kengaytirishga undaydi. Вu paytda arablarga qo`shni Vizantiya, Eron kabi davlatlarda iqtisodiy tanglik, kuchli qo`shinning bo`lmasligi ham arablarga qo`l keladi. Vu­judga kelgan vaziyatda arablarning birlashuviga yangi - Islom dini xizmat qiladi. Islom (arab tilida "itoat", "tobelik") - jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Unga e`tiqod qiluvchilar musul­monlar deb ataladi. Arablar istilosi va targ`iboti natijasida: Old, Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va G`arbiy Afrikada keng tarqalgan. Islom tarixchilari uning asoschisi bo`lajak payg`ambar Muhammad alayhissalomni 570-yili Makkada tavallud topganini yozadilar. Otalari Abdulloh bu paytda savdo ishlari bilan Suriyada bo`lib, Makkaga qaytishida qo`qqisdan vafot etadi. lkki oylik chaqaloq qolgan Muhammad (s.a.v.)ga otasidan 5 ta tuya, bir necha qo`y va habashistonlik Barakat ismli cho`ri ayоl merosga qoladi. An`anaga binоan, makkaliklar jaziramadan asrash uchun har yili yosh bolalarni tog`dagi yaylovlarda yashovchi banu sa`d qabilasiga mansub ayollarga berib yuborganlar. Мu­hammad (s.a.v.) ham 6 oyligidan banu sa`dlik Halima ismli ayоl tarbi­yasiga o`tib, ko`chmanchilar orasida 4 yil yashaydi. Uning keyingi hayoti bobosi Abdulmutallib homiyligi ostida o`ta boshladi. Onasi va bobosining o`limidan so`ng u amakisi Аbu Tolib tarbiyasida qoladi. Islom dini manbalarida yozilishicha, Мuhammad alayhissalomga 610-yildan boshlab Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayоn bo`la boshlaydi. U qudratli yakka-yu yagona xudodan, ya`ni Alloh taolodan o`zga hech qanday xudo yo`q deb, o`zini rasulullоh- xudoning elchisi, payg`ambari deb e`lon qildi. Qur`on (arab tilida "qiroat", "o`qish") - islom diniga e`tiqod etuvchilarning muqaddas kitobi bo`lib Alloh taolo tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga vahiy orqali nozil qilingan. Kitob Alloh taoloning payg`ambar alayhissalom orqali insonlarga buyurgan amallar majmuasidan iborat. Qur`on yigirma uch yil davomida nozil qilingan bo`lib, 114 suradan tashkil topgan. Dastlab Makka qurayshlari to­monidan yangi din yaxshi qarshilan­maydi. Natijada 622-yili Muhammad (s.a.v.) o`z tarafdorlari bilan Yasrib (Madina)ga keladi. Вu voqea hijrat (ko`chish) nomini olib, musulmon yil hisobining boshlanish sanasi hisoblanadi. Yasrib Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi kutib oladi. Musulmon bo`l­gan madinaliklar va ularga qo`shil­gan ko`plab arab qabilalarining Makka uchun kurashi muvaffaqiyatli tugaydi. Shahar jangsiz olinib, muqaddas dargohlar qabila diniy sanamlari, ma`budalaridan tozalanadi. Makkadagi Ka`ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi. Muhammad (s.a.v.) arab qabilalarining o`zaro urushlariga chek qo`yib, islom dinini qabul qilishga chaqiradi. Keyingi 10-12 yil davomida Arabiston shaharlari va ko`chmanchi qabilalar birin-ketin Muhammad payg`ambarga itoat etadi. 630-yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo`ladi. Makka islom dinining markazi, barcha musulmonlar uchun muqaddas shahar­a aylanadi. Islom dini asosida Arabiston yarim orolida ko`chmanchi va o`troq qabilalami birlashtirgan yagona davlat vujudga keladi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish