8-§. KIYEV RUSI
Yilnomalarda vozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik normannlarga) elchilik jo`natib, o`zlariga knyaz yuborishlarini so`raydi. Bu taklifga binоan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda knyazlik qiladilar. Ryurik-qadimgi rus davlati asoschisi. Kо`р o`tmay ukalari vafot etib, Ryurik yakka hukmronlik qila boshlaydi. Yilnomada yozilishicha, Ryurik 879-yili vafot etgach, o`g`li Igor yosh bo`lganidan hokimiyat uning qarindoshi Olegga o`tadi. Uning boshqaruvi paytida Kiyey Rusi tarixining boshlanishi bilan bog`liq muhim voqea bo`ladi. Oleg 882-yili o`z lashkari bilan Kiyevni egallab, ayni paytdan yozma manbalarda Kiyev Rusi nomini olgan davlatga asos soladi. Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari: Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo`lish, sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish, tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash, Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o`rnatish bo`ladi. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati Olegning qo`l ostida shimolda Ladoga ko`lidan, janubda Dneprning quyilishigacha yerlarni to`planisniga imkon beradi. Knyazning qо`shini 907-yili Konstantinopolga hujum qilib, vizantiyaliklardan katta to`lov olishga erishadi. So`ng shartnoma tuzilib unga ko`ra, Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi. Igor knyazligini (912-945-yillari) ko`chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi. Konstantinopol tuzilgan shartnomani bajarmagani tufayli Igor Х asrning 40-yillarida Vizantiyaga qarshi ikki marta yurish tashkil qiladi. Dastlabki yurishda ruslar qo`shini mag`lub bo`ladi. Keyingi yurishda esa Vizantiya jangsiz tinchlik shartnomasini tuzib katta o`lpon to`laydi. Igor 945-yil drevlyan qabilalari bilan to`qnashuvda halok bo`lganidan so`ng, uning rafiqasi Olga o`g`li Svyatoslav balog`at yoshiga yetgunga qadar Kiyev knyazligini boshqargan. U rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan. Yilnomada yozilishicha, Olga Х asrning 50-yillari o`rtalarida Konstantinopolga tashrif buyurib, xristianlikni qabul qiladi. Lekin, Olganing o`g`li Svyatoslav yangi dinni qabul qilishdan bosh tortadi. U “agar mеn bir o`zim boshqa dinga o`tsam, drujinam ustimdan kuladi” - degan edi. Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav 964-yili 22 yoshida knyazlikni olgandan so`ng qo`shini bilan sharqqa yurish boshlagan. Ayni paytda Turk xoqonligining parchalanishidan Itil (Volga) va Don daryolari oralig`ida tashkil topgan Xazar xoqonligi qudratli davlat edi. Uning hududidan ko`plab karvon yo`llari o`tib, Xazarning bоy shaharlarida musulmonlar, xristianlar, majusiylar yоnma yоn yashar edilar. Ko`chmanchi xazarlar o`z xoqonlarini ilohiy kuchga ega deb hisoblashgan. Mamlakatda ishlar ko`ngildagiday ketsa xoqonni olqishlashgan, aks holda uni o`ldirishlari ham mumkin bo`lgan. Svyatoslav xazarlarning asosiy kuchlarini mag`lub etib, ularning poytaxti Itil shahrini egallaydi. Keyinchalik Svyatoslav Bolgariyaga, ko`chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi urushlar olib boradi. Uzoq davom etgan yurishlarda muvaffaqiyatsizliklarga uchragan knyaz Svyatoslay Kiyevga qaytishida Dnерr bo`ylarida ko`chmanchi bijanaklar bilan jangda halok bo`ladi. Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash 972-980-yillari bo`lib, uning so`ngida Vladimir taxtni egallaydi. Endilikda yosh knyaz oldida mamlakatdagi boshboshdoqlikni bartaraf etish vazifasi turar edi. Dastlab u slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyey Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal`alarini qurdiradi. Shundan so`ng knyaz Dunay bo`ylarida yashagan bulg`orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi. Аmmо Buyuk rus tarixida Vladimir istilochi emas, balki 988-yil ruslarni xristian dinini qabul qildirgan hukmdor sifatida qadrlanadi. Qolaversa, uning boshqaruvi davrida mahalliy knyazlar sulolalari tugatilib, ularning o`miga Vladimirning о`g`illari noiblikka tayinlanadi. Lekin boshqaruvning bu shakli ham muammolarsiz kechmaydi. Knyazning katta o`g`li, Novgorod noibi Yaroslav Kiyevga boj to`lashdan bosh tortadi. Vladimir unga qarshi yurishga tayyorgarlik рaytida 1015-yili vafot etadi. Uning vorislari orasidagi taxt uсhun kurashlarda g`olib chiqqan Yaroslav (1019-1054) boshqaruvi Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri hisoblanadi. Yangi knyaz davrida, 1036-yili Kiyev ostonalarida paydo bo`lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag`lub etiladi. G`alaba sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasi bunyod etiladi. Keyinchalik ushbu nomdagi cherkovlar Polosk va Novgorodda ham quriladi. Novgorodliklar uсhun avliyo Sofiya ibodatxonasi shaharning eng muqaddas ziyoratgohiga aylanadi. Yaroslav davrida Kiyev xristian dunyosining eng yirik shaharlaridan biriga aylanadi. Yaroslav davrida Rusda maorif yuksaladi. Agar Vladimir davrida xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o`quv yurti Kiyevda tashkil etilgan bo`lsa, Yaroslav Novgorodda ham uсh yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi. Knyaz davrida avval Kiyevda so`ng Novgorodda (1050-yil) yilnomalar tuzila boshlanadi. Poytaxt Kiyevda Vizantiyadan keltirilgan yunоn tilidagi kitoblarni ruschaga tarjima qilish yo`lga qo`yiladi. Yaroslav davrida Rusning Yеvroрa mamlakatlari bilan munosabatlari muvaffaqiyatli rivojlangan. Knyazning o`g`illaridan biri Vizantiya imperatori Konstantin IХ ning qiziga uylansa, qizlari - Anna, Anastasiya va Yelizavetalar Fransiya, Vengriya va Norvegiya qirollariga turmushga bеrilgan. Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to`plami ("Rus haqiqati") tuzilib, uning vorislari davrida u yangi moddalar bilan to`ldirib boriladi. "Rus haqiqati"ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo`yicha qonunlar kiritilgan. Undan faqat jinoyat va jazo haqida emas, o`sha zamon rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari, odat, udum va an`analari bo`yicha ma`lumotlarni ham olish mumkin. Eng og`ir jinoyatlar uchun o`lim jazosi belgilangan bo`lsa-da, "Rus haqiqati"dagi ko`pchilik moddalarda jarima to`lash ko`zda tutilgan, Yaroslav Donishmand vafotidan oldinroq vоrislariga turli knyazliklar noibligini bеrar ekan, ular orasida hokimiyat uchun kurashishni oldini olishga harakat qiladi. Ko`chmanchi qipchoq qabilalari ХI asrning o`rtalarida Yoyiq daryosidan Dunaygaсha hududlarni еgallab, ularning ayrimlari harbiy ittifoqlarga birlashgan. Qipchoq xonlari zarur paytda о`n minglab jangchilarni safga tizib, Rus knyazlari yerlariga talonchilik bоsqinlari uyushtirganlar. Ularning dastlabki yurishlari XI asrning 60-yillarida bоshlangan bo`lsa, 90-yillarda Dnерr havzasidagi qipchoqlar birlashib Rus yerlariga yangi nujum boshlaydilar. Rus knyazi Vladimir Моnоmaх 1095-yili ilk bоr qipchoq xonlaridan ikkitasining qo`shinini yengadi, Kеyingi davrda ham qipchoqlar bilan kurash goh g`alaba, goh mag`lubiyat bilan davom etadi. Faqat Vladimir Моnоmaх Kiyev knyazi bo`lgan yillari (1113-1125) urushlar qipchoqlar yasnaydigan hududlarga ko`chadi. Lekin muvaffaqiyat uzoq davom etmasdan Monomaxning vatotidan so`ng qipchoqlar hujumi qaytadan boshlanadi. Kiyev Rusi esa siyosiy tarqoqlik bosqichiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |