6-§. VIZANTIYA IMPERIYASI
Imperator Feodosiyning o`g`illari 395-yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G`arbiy Rim imperiyasi poytaxti Rim va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) poytaxti Konstantinopolga bo`lib olishadi. Konstantinopol shahri o`rnidagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan Sharqiy Rimni ko`pincha Vizantiya deb ham nomlashadi. IV asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, shuningdek, Krit va Kipr orollari kirgan. Sharqiy Rim imperiyasida: ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar yashagan. Ulardan yunоnlar son jihatidan ko`p bo`lganidan davrlar o`tib, yunоn tili lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini - yunonlar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o`zlarini rimliklar (yоnоnсha romeylar), davlatlarini esa Rim (Romеy) imperiyasi deb hisoblashgan. Ularni Sharq xalqlari ham rimliklar deb bilishgan. Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-da, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun`iy sug`orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo`lishi uning iqtisodiy barqaroiligini ta`minlaydi. Shuning uсhun imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Аntioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan. Konstantinopol va Aleksandriyalarni muhtasham binolar, ko`pqavatli uylar, haykallar va favvoralar o`rnatilgan maydonlar bezab turgan. Fort qal`asi Аlеksandriyada. Shaharlarda hunarmandchilikning: shishasozlik, movut, shoyi gazlamalar to`qish, zargarlik sohalari, ayniqsa, yuksalgan. Ispaniyadan Xitoyga qadar dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog`laydigan "Oltin ko`prik"ka aylanadi. Vizantiya savdogarlari G`arbning siyraklashib qolgan bozorlariga hashamatli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho vinolar, qurol-yarog`lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu, buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (nomisma) ko`p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro рul hisoblangan. Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha podsho) boshqargan. U xudoning irodasi bilan saylangan butun xristian dunyosi hukmdori sanalgan. Vasilevslar Yеvroрa, Old Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarini boshqarish huquqini rimliklardan o`tgan meros hisoblashgan. Boshqa xristian davlatlari hukmdorlari (og`izda bo`lsa-da) uzoq рayt o`zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan. Vizantiya imperatori saroyi o`zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turgan. Bayramlar va qabullar paytida vasilevs oltin iplardan kashtalangan, marjon va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimlarda chiqqan. Hukmdor kiyimi to`q qizil rangda bo`lgan. An`anaga binоan to`q qizil rangli etikni faqat imperator kiyishi mumkin edi. Qimmatbaho kiyimlar, hukmdor toji, oltin zeb-ziynatlar juda og`ir bo`lgan. Imperatorlardan biri toj kiyish marosimida, kiyim-bosi, zeb-ziynatlar og`irligidan hushidan ketganligi ma`lum. Vasilevsga ko`p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahat organiga aylangan sinklit (lotincha senat) bo`ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo`lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Вu holat romeylarni umuman ajablantirmagan ham, sababi ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug`ilishidan teng, mansublik esa har bir insonning shaхsiy ishi deb hisoblashgan. G`arbiy Rim imperiyasi taqdirini takrorlamagan Vizantiya hayotida ko`p narsalar odatiy tusda qolgan. Vizantiyaliklar hayotida ellinlik mustahkam o`rin olgan. Ippodromlarda xalq avvalgidek chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, mimlar (aktyorlar) chiqishlarini tomosha qilganlar. Shahar aholisi ilgarigidek ma`muriyatdan maosh oladigan tabiblarda davolanishgan, jamoa hammomlariga borib turishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini saqlab qolgan. Ko`pchilik bolalar qatnaydigan boshlang`ich maktablardayoq ular Gomer dostonlari, Ezop masallarini o`qib bilim olishgan. Bolalar avval harflarni o`rgangan, so`ng bo`g`inlarni undan keyin so`zlarni o`qib qadimgi she`riyatdan yuzlab misralarni yod olishgan. Boshlang`ich va o`rta maktablarning ko`pchiligi G`arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o`quv muassasalaridan farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo`lgan. Vizantiyalik olimlar o`z nutqlari va asarlarida, еllin she`riyati, afsonalari hamda fanidan bохabar ekanligini namoyish etish maqsadida qadimgi mualliflar asarlaridan ko`plab misollar keltirganlar.
Vizantiya imperiyasi o`z qudrati cho`qqisiga Yustinian I (527-565) imperatorligi davrida erishadi. U kambag`al dehqon oilasida tug`ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko`tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, unga yaxshi ta`lim berdiradi. Amakisining vafotidan so`ng Yustinian taxtga o`tiradi. Yangi imperator siyosiy donolik va jasorat sohibi edi. U imperiya hayоtini islohotlar orqali ancha yangilaydi, xalqaro savdoni jonlantirishi, davlat xazinasini to`ldiribgina qolmasdan, xalq farovonligini ham ta`minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat`iyat, uzoqni ko`ra bilishi qatorida buyuk siyosatdonlarga xos ikki yuzlamachilik, mug`ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan. Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham Malika mashhur bo`lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo`lgan. U davrda aktyorlik yaxshi kasb hisоblanmasada, Feodoraning сhiroyiga mahliyo bo`lgan Yustinian I jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan unga uylanadi. Feodora aqli, shuhratparastligi, qo`rqmasligi bilan ajralib turgan. Vizantiyaning oltin asri Yustinian I (527-565) imperatorligi davriga to`g`ri keladi. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yil sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O`rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug`ullangan vandallarga qarshi yuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo`shini vandallar qirolligini bo`ysundirib, Shimoliy Afrika Karfagen shahri bilan Vizantiya viloyatiga aylanadi. Shundan so`ng Velisariy Italiyaga yо`l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo`lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uchraydi. Velisariyga qarshi ostgotlar qосhоq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa aksincha, qulchilikni saqlab qolishgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qaramasdan, vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo`ysundirib, poytaxti Ravenna bo`lgan alohida noiblik (ekzarxat) tuzishadi. Italiyadagi urush so`ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo`shin yubоradi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi. Vestgotlar qo`sninini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy vilоyatlarni egallab, Gibraltar bo`g`ozi ustidan nazorat o`rnatadi. Vizantiyaning zaiflashuvi VI asrning o`rtalaridan slavyan qabilalari istilolariga yо`l ochadi. VII asrdan Аrab xalifaligi hujumlari natijasida Suriya va Misr ham qo`ldan ketadi. Vizantiya qishloq xo`jaligida erkin dehqonlarning VII-X asrlarda qashshoqlashib, qaramlikka tushishi davom etadi. Qishloqda mulkiy tabaqalanish jarayoni kuchayib, yirik yer egalari - feodallar hamda yersiz dehqonlar toifalari paydo bo`ladi. Х-XI asrlarda imperatorlar amaldorlar, ibodatxonalar, monastirlarga ko`plab yer-mulklar in`om etadilar. Ma`lum vaqt o`tib Vizantiyada ham feodallar qal`alar qurib, harbiy bo`linmalar tuzadilar. Feodallar hokimiyatining kuchayishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuvi IХ - XI asrlarda feodal munosabatlarini uzil-kesil о`rnatilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |