I BO`LIM. ILK O`RTA ASRLAR DAVRI
I ВОВ. YEVROPA ILK O`RTA ASRLARDA
I-§. XALQLARNING BUYUK KO`CНlSHLARI VА UNING NATIJALARI
Хalqlarning buyuk ko`chishlari. Milodiy IV-VI asrlarda Yevropani, хunn qabilalari boshlab bergan "Хalqlarning buyuk ko`сhishlari" jarayoni qamrab oldi. Sabablari: 1)German qabilalarida aholining ko`payib borishi, yangi yerlarga talabning oshishi, mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undadi. 2)Хunnlarning IV asrdagi hujumlari varvar qabilalarini o`z makonlaridan siljishga majbur etdi. 3)Yеvropada II asrdan iqlim soviy boshladi. V asrga kelib ekinzorlarni qo`riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantirdi. Ushbu оmillar хalqlarni yashash va xo`jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |