Ocr document



Download 0,78 Mb.
bet13/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

Vizantiya madaniyati. O`rta asrlarning asosiy ko`pchilik davrida Vizantiya o`ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg`or mamlakati bo`lib qoladi. Sababi german qabilalari istilosi natijasida in­qirozga uchragan G`arbiy Rimdan farqliroq Vizantiyada antik madaniyat an`analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida, yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi - ellinizm muhim o`rin tutgan. Ilm-fan eng rivojlangan shahar, «fanlar onasi» - Аfina edi. Platon (mil. av. IV asrda) asos solgan Afina akademiyasida mashhur faylasuf­lar ta`lim berardi.
Afinada o`qigan talabalar o`z bilimlari сhuqurligi va kengligi bilan faxrlanganlar. Bu haqda V asrda yashagan tarixchi: “Ular o`zlarini yarim xudo, qolgalarni esa yarim eshak deb hisoblaydilar" deya kinoya bilan bilan yozgan edi. Keyinchalik imperator Yustinian o`z siyosatiga qarshi bo`lgan Afina akademiyasini yopish haqida farmоn chiqaradi. Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o`quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IХ asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yili huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi. Vizantiyada tabiiy fanlar ham rivojlangan, matematika va astro­nomiya singari ular ham hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq xo`jaligi taraqqiyotining amaliy ehtiyojlari uchun xizmat qilgan. Vizantiyaliklar tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishganlar. Tibbiyot va hunarmandchilik talablari kimyoning yuksalishiga yordam beradi. O`rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo`yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlanib kelingan. VII asrda ixtiro qilingan "grek olovi" Vizan­tiyaning dengiz janglaridagi muvaffa­qiyatlarini ta`minlagan. "Grek olovi" uloqtiriladigan yоnuyсhi modda bo`lib, uni nеft, oltingugurt, selitra, turli qatronlar aralashmasidan tayyorlash­gan. Vizantiya harbiy kemalarida foydalanilgan. Uni amalda ishlatishning o`ziga xos sirlari bo`lib, raqiblar bu sirni uzoq рayt ocha olmaganlar. Vizantiya madaniyatining eng mashhur sohasi tasviriy san`at: mozaika, freska va ikonalar yasash bо`lgan. Mozaika (frans. mosaique - muzalarga bag`ishlangan) – bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog`och, marmar va metall) bo`laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san`atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san`at asarlarini bezashda qo`llanadi. Freska (Ital. fresco - yangi) - nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan rasm. Ikona (yun. eikon - tasvir, siymo) - xristian diniga mansub dindorlar sajda qiladigan, cho`qinadigan Iso, Bibi Мaryam va avliyolarning rangtasvir yoki bo`rtma tasviri. Diniy ikonaning eng qadimgisi II asrga mansub, IV asrdan bu soha ayniqsa taraqqiy eta boshlagan. Tasvirning vizantiyacha uslubi: surat­lar uyg`unligi, bo`yoqlar serjiloligi bilan ajralib turadi. Rassomlar cherkov qonun­lari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli kishilarni tasvirlash­ga intilganlar. Mozaika va freskalari bilan Xori monastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) o`z davrining ajoyib me`morchilik yodgorliklaridan hisoblanadi. Yustinian I davrida Konstantinopolda barрo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi­ni hech shubhasiz ilk o`rta asrlarning eng mahobatli me`morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi (diametri 31,5 m) bo`lib, 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Osmon gumbazi kabi ushbu gumbaz go`yo havo­da muallaq turgandek tuyuladi. Turli хil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan. Х - ХI asrlarda to`g`ri burchakli ibodatxonalar o`rniga ko`rinishidan xochsifat, o`rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barро qilingan. Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblan­gan. lbodatxonalarni bezatishda qat`iy cherkov qonunlariga - Iso рay­g`ambar, Bibi Мaryam, avliyolar va Bibliyadan manzaralarni tasvirlash qonunlariga rioya qilingan. Xristian diniga oid san`atning maqsadi o`lgandan keyin jannatning rohat-farog`atiga qanday erishish yo`l-yo`ri­g`ini dindorlarga targ`ib qilishdan iborat edi. Ibodatxonalarga va yashash joylariga - Isoning, Bibi Maryamning chiroyli rasmlari, muqaddas ki­toblardan manzaralar tasvirlangan silliq taxtachalar qo`yilgan. O`rta asr Yevropasiga Vizantiya asosiy madaniyat tarqatuvchi edi: uning ustalari, musavvirlari, me`morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, shuningdek, ustalar va olimlar qo`lida Yеvroрa yoshlari tahsil оlganlar. Janubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga Vizantiya kuchli ta`sir ko`rsatadi. Vizantiyadan Kiyev Rusi xristianlik dinini qabul qiladi. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar ham vizantiyalik ustalar tomonidan qurilib jihozlangan. G`arbiy Yevropada ham ilk o`rta asrlarda ibodatxonalar, monastirlar qurilishiga alohida e`tibor qaratiladi. Me`morchilikda rоman uslubi ayniqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari gumbaz­lari, qalin ustunlari, unchalik katta bo`lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilgani bilan ajralib turadi. Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi Puate, Klyuni, Аrl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi. G`arbiy Yevropada ilk o`rta asrlar madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan. Cherkov ilm, maorif, adabiyot va san`atga bevosita ta`sir o`tkazgan. Shuning uсhun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta`limotiga asоslangan edi. Воshqa mamlakatlar haqidagi ma`lumotlar yetarli bо`lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko`p bo`lardi. Fan-tехni­ka taraqqiyоtining pastligi, insоnlarning qurg`oqchilik, suv tоshqinlari va yuqumli kasalliklardan jabrlanishiga olib kеlgan. Zarurat bo`lma­ganidan faqat dehqonlar emas, hatto feodallar orasida ham savodli kishilar kam bo`lgan. Ritsarlar imzo o`rniga ko`pincha ikki chiziq tortib qo`yishgan. Ibodatxona va mоnastirlar qoshidagi boshlang`ich maktablar quyi martabadagi ruhoniylami tayyorlagan. Вu kabi maktabarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o`qish tartiblari ham о`rgatilgan. Katta ibоdatхоnalar qoshida tashkil etilgan o`rta maktablarda esa dunyoviy ilmlar ham o`qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi maktablar, asrlar o`tib universitetlar uchun asos bo`ladi. Ibodatxona maktablarida turli yoshdagi bolalar bо`lgan. Ularni yoshiga qarab sinflarga bo`lmasdan aralash o`qitishgan. Aksari maktab­larda bittagina kitob bo`lib, o`qituvchi uni naybat bilan bolalarga berib, parchalar o`qitgan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O`quv­chilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o`quvchilar qattiq jazolangan. Maktablarda antik davrdan mavjud "yetti erkin san`at" deb nоm­langan fanlar o`rgatilgan. O`quvchilar dastlab trivium - grammatika, dialektika va ritorikani o`zlashtirganlar. Grammatika - tilshunoslik ilmi, bolalarni o`qishga o`rgatgan. Dialektika - hozirgi mantiqqa o`xshash fan bo`lib, unda o`quvchilar munozara olib borishga, o`z fikrini isbotlashga o`rgatilgan. Ritorika - she`r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san`atini, huquq asoslarini o`rgatgan. Nisbatan murakkab fanlar tarkibi - kvadriumda o`quvchilar: arif­metika, geometriya, musiqa va astronomiya asoslarini o`zlashtirganlar. Astronomiyaga о`sha asrlarda mashhur bo`lgan astrologiya - munajjim­likka oid ma`lumotlar kiritilgan. Munajjimlar sayyohlar va yulduzlarga qarab odamlar taqdirini aytib berishga intilganlar. Polyanlar - VII asr slavyan qabila ittifoqi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish